Umumiy nazorat savollari «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan tayyorlangan umumiy nazorat savollari



Download 0,55 Mb.
bet4/38
Sana11.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#777263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi yakuniy ............777 — копия

Moddiy ehtiyoj – moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida

Qondiriluvchi zarurat.




Ma’naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan

Nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.



  1. Ehtiyojlarning yuksalishi va uning jihatlari.

Tayanch iboralar: ehtiyojlar yuksalishining tushunchasi, ehtiyojlar miqdorining o’sishi, yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishi, o’rinbosar ehtiyojlar,ehtiyojlar nisbatining o’zgarishi, ehtiyojlarning yuksalish qonuni.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.

Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.


Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.


Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.



  1. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.

Tayanch iboralar: merkantalizm, fiziokratlar, klassik iqtisodiy g’oyalar, marjinalizm.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab “Siyosiy iqtisod” nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining “Siyosiy iqtisod xaqida traktat” asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi “Iqtisodiy jadvallar” kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.


19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.


Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.


Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.



  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi xozirgi zamon iqtisodiy oqimlari.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish