Bog'liq Umumiy muvozanatlik va samaradorlik Umumiy muvozanatlik-fayllar.org
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi. To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi.

Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga qo`yish mumkin. Jamg`arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi. Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija multiplikator samarasi