Umumiy ma’lumotlar



Download 330,79 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi330,79 Kb.
#641391
Bog'liq
1 (1)




Umumiy ma’lumotlar
Fazodagi narsalarni qandaydir manbadan chiqqan yorug’lik nurlari bilan kerakli darajada yoritilgandagina ko’ra olishimiz mumkin. Misol uchun qorong’u tunda yoritilgan hududda turib narsalarning tashqi shakllarini arang farqlay olamiz, ularning kichik elementlarini va shuningdek, fazoda olgan hajmlarini hajmlarini anglashimiz qiyin bo’ladi.
Har tamondan bir xilda kuchli yoritilgan narsalar ham tekisga o’xshab ko’rinadi. Masalan, kunduz kuni quyosh yorug’ida asfalt yo’llar, har xil qoplamalar bilan qoplangan maydaonlar, tomlar va devorlar tekis bo’lib ko’rinadi. Aksincha, avtomobil chirog’i yoki sun’iy yoritgichlardan
1-rasm taralayotgan nurlar bo’ylab qarasak past–balandliklar va g’adir–budirliklarni ko’ramiz.
Narsa sirtining yorig’lik nurlari to’g’ridan-to’g’ri tushmagan pana qismida o’z soyasi bo’ladi. Yorug’lik nurlarining yo’nalishida turgan narsalardan qandaydir tekislikda hosil bo’lgan soya tushgan soya deyiladi.
Narsalarning o’z soyalarini aniqlashda va ularning tushgan soyalarini yasashda asosan ikki xil yoritish bo’lishi mumkin.

  1. Yorug’lik manbai narsadan unga uzoq bo’lmagan masofada joylashgan bo’lishi mumkin. Bunga sun’iy yoritish manbalari (lampa, fonar, sham) kiradi. Bu holda yorug’lik nurlari bir nuqtadan chiqqan deb qaraladi va bundan yoritish markaziy yoritish deyiladi. Markaziy yoritishda narsaning sirtiga urinma bo’lib o’tayotgan yorug’lik nurlarining yig’indisi, narsaning sirtiga qarab, konus yoki piramida sirtiga hosil bo’ladi (1-rasm).

Bir nuqtadan chiqqan sun’iy yoritishdan asosan bino ichki ko’rinishlarining perspektiv (interyer) tasvirlaridagi soyalarni yasashda foydalaniladi.
Yorug’lik nurlarining narsa sirtiga urinma bo’lgan nuqtalarining geometrik o’rni narsaning o’z soyasi konturi yoki sirtni yoritilgan va soya qismlariga bo’luvchi chiziq deyiladi (1, 2-rasmlarda A B C D E F A chiziq).

  1. Yorug’lik manbai narsadan juda olis masofada joylashgan bo’lishi mumkin. Bunga misol qilib, quyosh yoki oy bilan (tabiiy) yoritishda ulardan taralayotgan nurlarni parallel nurlar deb qabul qilinadi va bunday yoritish parallel yoritish deyiladi. Tabiiy yoritish manbai bilan yoritilganda narsaga urinma bo’lib o’tayotgan nurlarning yig’indisi silindr yoki prizma sirti hosil bo’ladi (2-rasm).

Narsaning sirtiga urinma bo’lib o’tgan yorug’lik nurlarining boshqa sirt bilan uchrashgan nuqtalarining yig’indisi narsadan tekis sirtga tushgan soyasining konturini hosil qiladi (1,2-rasmlarda AC BC CC DC EC FC AC chiziq). Shunday qilib, tushgan soyaning konturi narsaning o’z soyasi konturidan tushgan soyasidir.
Bir jismdan ikkinchi jismga tushgan soya, odatda, jismlarning shaklini bildiradi. Tekis shakldan unga parallel bo’lgan tekislikka tushgan soyaning konturi shaklning konturiga o’xshash bo’ladi (uchburchakning soyasi uchburchak, kvadratning soyasi kvadrat, doiraning soyasi doira va hakozo). Parallel nurlar bilan yoritlganda tekis shakldan unga parallel bo’lgan tekislikka tushgan soya shaklning o’ziga teng (конгруэнт) bo’ladi.
Texnikaviy chizmalardagi soyalarni yasashda asosan parallel nurlar bilan yoritishda foydalaniladi. Yorug’lik nurlarining yo’nalishi ixtiyoriy olinishi mumkin. Ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda soyalar yasash uchun yorug’lik nurlarining yo’nalishi ko’pincha, yoqlari proyeksiya tekisliklarida joylashgan kubning dioganallaridan biriga, odatda S (S', S'', S''') dioganaliga parallel kub olinadi (3-rasm).
2-rasm

3-rasm
Shunday joylashgan kub dioganalning ortogonal proyeksiyalaridan har biri proyeksiyalar o’qiga 450 qiya bo’ladi. Kubning dioganali yoqlarining har qaysi bilan 36016' burchak tashkil qiladi. Yorug’lik nurlarining bu og’ish burchagi quyoshning Toshkent viloyatida mart oyining o’rtasida soat 11 lardagi vaziyatiga to’g’ri keladi.
Download 330,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish