Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
12.3. Moliya tizimi 
 
 
Moliya  tizimi  deganda  jamiyatdagi  moliya  munosabatlari  yig’indisi,  ularni 
ifodalovchi  moliya  mexanizmlari,  vositalari  hamda  moliya  siyosatini  tushunish 
kerak. 
Mikroiqtisod  va  makroiqtisod  mavjud  bo’lganidek  moliya  tizimida  ham 
mikromoliya  va  makromoliya  mavjuddir. 
Mikromoliya 
birlamchi  bo’lib,  u  korxona, 
firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashqi moliyaviy, pul 
bilan  bog’langan  munosabat  aloqalari  yotadi.  Bunda  o’zlari  pul  topib,  o’zlari 
taqsimlab, o’zlari ishlatadilar. 
Mikromoliyadagi  ichki  aloqalar  shu  jumladan  ichidagi  pul  taqsimoti  va  uni 
ishlatish  jarayonini  o’z  ichiga  olsa,  tashqi  aloqalar  pul  sarmoyalari  bilan  aloqador 
boshqa  korxona,  firmalar,  birjalar,  banklar  va  davlat  moliya  idoralari  bilan  bo’lgan 
munosabatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Mikromoliyada  xo’jaliklar  o’z  moliyalarini 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
89 
shakllantiradilar  va  tashqi  moliyaviy  majburiyatlarini  bajaradilar.  Bunday  moliya 
amortizatsiya  ajratmasi,  iqtisodiy  faoliyatdan  olingan  foyda,  korxona  sotib  olingan 
bo’lsa,  o’z  ishchi  va  xizmatchilaridan  tushadigan  pul,  shuningdek,  firma  sotgan 
aktsiya  va  obligatsiyalardan  tushumlar,  qarzga  olingan  pul  mablag’lari,  davlat 
subsidiyasi kabilardan tarkib topadi. 
Korxona, firma moliyasi albatta, o’z faoliyatlari natijasi bo’lib, avvalo u foyda 
darajasi  va  miqdoriga  bog’liqdir.  Ko’rinib  turibdiki,  bu  xo’jaliklarning  iqtisodiy 
samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o’z hissasining 
ortib borishi, o’zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko’paytirib o’z 
ishini  o’zi  moliyalashtirish  darajasida  bo’lishi  mustaqil  ish  olib  borish,  tez 
rivojlanish  imkonini  tug’diradi.  Moliyaviy  qaramlik  har  bir  firma  uchun  doimo 
qiyinchilik  tug’diradi.  Mikromoliyadagi  tashqi  majburiyatlarni  olsak,  bular  soliqlar 
va boshqa majburiy to’lovlar, sug’urta pulini to’lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz 
qismi hamda foizini to’lash kabilarni o’z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani 
rivojlantirish  hamda  asosiy  kapital  qismini  yangilab  borish  aylanma  kapitaliga 
qo’shilish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida 
imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o’z ishchi va 
xizmatchilarini  rag’batlantirish  uchun,  sarmoyalarni  ko’paytirish  uchun  harakat 
qilinadi. 
Mikromoliyada  aktsiya  va  obligatsiyalarning  ta’siri  katta  bo’lishi  mumkin. 
Aktsiya  qimmatbaho  qog’oz
 
bo’lib,  u  korxona  kapitalida  ishtiroklilikni  bildiruvchi 
hujjatdir.  Aktsiya  daromad  keltiradi.  Bu  dividend  deyiladi.  Obligatsiya  esa 
qarzdorlikni  bildiruvchi  qimmatbaho  qog’oz
 
bo’lib,  bu  ham  foiz  turida  daromad 
keltiradi. 
Keyingi  vaqtlarda  hissadorlik  jamiyatlari  ko’payib,  aktsiyalarning  korxonalar 
iqtisodiy  faoliyatiga  ta’siri  ortib  bormoqda.  Aktsiyalar  oddiy  va  imtiyozli  bo’ladi. 
Oddiy  aktsiyada  dividend  foyda  darajasiga  qarab  turli  bo’ladi  va  aktsioner  ovoz 
berish  xuquqiga  ega  bo’ladi.  Imtiyozli  aktsiyada  esa  daromad  oddindan  belgilanib, 
kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas. 
Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo’lib, bozorda uning xaridorlari ko’p, bahosi esa 
oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga 
keltiradi.  Bozor  kursi  kotirovka  deyilib,  u  fond  birjasida  amalga  oshiriladi.  Aktsiya 
kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega. 
Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar 
ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash 
uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat 
moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o’z 
ichiga  oladi,  ya’ni  bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib  ketadi.  Aralash 
iqtisodiyot  xususiyatiga  ega  bo’lgan  davlat  iqtisodiyotining  moliyasi  ham  bozor  va 
nobozor  munosa-batlaridan  iborat  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  davlat  moliyasi 
tarkibi  murakkab  bo’lib,  davlat  byudjeti,  uyushtirilgan  fondlar,  davlat,  kredit  va 
korxonalar moliyasi kabilarni o’z ichiga oladi. 
O’tgan  davr  mobaynida  bank  tizimi  iqtisodiyotimizning  ustuvor  tarmoqlaridan 
hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
90 
rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi. 
Jumladan, Buxoro va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko’kdumaloq neft 
koni,  kimyo  sanoatida  “Navoiyazot”  Qizilqum  fosfor  zavodi,  Sho’rtan  gaz-kimyo 
kombinati,  YAngiyo’l  tsellyuloza-qog’oz  fabrikasi,  Asaka  avtomobil  zavodi  va  unga 
tutash  bo’lgan  butlovchi  qismlarni  ishlab  chiqaruvchi  o’ndan  ortiq  qo’shma  korxona 
qayta qurilib, ishga tushirildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish