Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish tadbirlari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

16.3. Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish tadbirlari 
 
Bozor  iqtisodiyoti
 
tasodiflardan  xoli  emas.  Bozorda  faoliyat  ko’rsatayotgan 
firmalar har xil vaziyatga tushib qolishi mumkin. Firmaning ishi yurishib, tezda boy 
firmaga  aylanishi  yoki  zararga  yo’liqib,  bor-budidan  ayrilib  qolishi  ham  hech  gap 
emas. Tadbirkorlik xatari ham mana shunda. Bu xatarni bartaraf etib bo’lmaydi, ammo 
uni kamaytirish mumkin. Buning uchun biron ishga qo’l urishdan avval uning ijobiy 
va salbiy tomonlarini hisobga olish talab qilinadi. 
Doimiy  xatar  xavfi  firmalarni  hushyor  tortishga  majbur  qilib,  ziyraklik  talab 
qiladi. 
Firmaning  o’z  foydasi,  hatto  kapitaldan  ajralib  qolishi  ehtimoli  tadbirkorlik 
xatari deyiladi. 
Х
atar,  birinchidan,  firma  ishini  o’quvsiz  yuritishdan,  ikkinchidan,  firmaga 
bog’liq  bo’lmagan  holda  vaziyatning  o’zgarishidan,  ya’ni  bozorda  noaniqlik 
bo’lishidan  kelib  chiqadi.  Bozordagi  resurslar  va  tovarlar  narxining  kutilmaganda 
o’zgarishi,  iste’molchi  va  sheriklarning  aynib  ketishi,  soliqlar  va  boj  pulining 
o’zgarishi,  xalqaro  vaziyatning  keskinlashuvi  kabilar  xatarni  yuzaga  chiqaradi. 
Х
atarni  oldindan  bilish  yoki  uni  engib  o’tish  hamma  firmaning  ham  qo’lidan 
kelavermaydn. Firmalar xatarini uch turga bo’lish mumkin. 
1. Ishlab chiqarish xatari. Bu mo’ljallangai hajmda va kerakli turdagi tovarlarni 
yaratishga raxna soluvchi xavf-xatar, masalan, firma bozorga 10 million so’mlik mol 
chiqarishga  jazm  qilgan  bo’lsa,  vaziyat  o’zgarishi  bilan  u  8  million  so’mlik  tovar 
chiqara oladi. 
2.  Tijorat  xatari.  Bu  mo’ljallangan  resurslarni  bozordan  ola  bilmaslik  va 
tovarlarni kutilgan miqdor va narxda sota bilmaslik xatari. Masalan, firma 100 ming 
dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so’mdan sotishni ko’zlagan bo’lsayu, 
tovarni 100 ming o’rniga 40 ming dona chiqarsa yoki uni 5 ming so’m o’rniga 4,5 
ming so’mdan sotsa, natijada faqat savdoning o’zida ma’lum bir ziyon ko’rdi. 
3.  Moliyaviy  xatar.  Bu  firma  moliya  bozorida  va  soliq  to’lash  soxasida 
yo’liqadigan  xavf-xatardir.  Aytaylik,  firma  mo’ljallagan  kreditni  ola  bilmaydi, foizi 
ortib  ketadi,  firma  aktsiyasining  narxi  tushadi,  davlatdan  moliyaviy  yordam  tegmay 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
119 
qoladi, natijada firma xatar girdobiga tushib qoladi va hokazo. 
Yuqorida  aytilganidek,  bozorda  faoliyat  ko’rsatayotgan  har  qanday  firmaga 
xatar  soya  tashlab  turadi.  Undan  tamoman  qutulish  mumkin  bo’lmasada,  uning 
ta’sirini  kamaytirish  imkoni  bor  va  bu  firmaning  o’ziga  bog’liq. 
Х
atarning  eng 
halokatlisi bankrot bo’lish, sinish xavf-xataridir. 
Bironta  ishga  pul  sarflashdan  oldin  zarar  ehtimolini  imkoni  boricha 
kamaytirishning  har  xil  yo’l-yo’riqlari  ishlab  chiqiladi.  Eng  avval  firma  xatarini 
chetlab  o’tish  yo’llarini  axtaradi,  qaerga,  qancha  pul  qo’yish,  qaysi  sohada  ish 
boshlashdan  oldin  qayerlarda  ish  qanday  ketayotganligi  o’rganiladi,  axborot 
to’planadi.  Axborot  tovar  narxi,  savdo  hajmi,  raqobatchilik  vaziyati,  xarajatlar 
darajasi, bozorning kengayishi imkoniyati, resurslar narxi, reklama holati va boshqa 
sohalarni  qamraydi,  Shularni  tahlil  etib,  pul  qo’yish  yoki  qo’ymaslikka  qaror 
qilinadi. Bunda sinalgan yo’llardan biri - pul foyda ko’p bo’lmasada, xatari eng kam 
ishga  qo’yiladi.  Boshqa  yo’l  tadbirkorlik  xatarini  sug’urtalash  hisoblanadi.  Bu  yo’l 
tanlanganida sug’urta puli kutiladigan foydadan ma’lum darajada kamroq bo’lishi 
lozim, aks holda zarar qilish mumkin. Masalan, firma 5 million so’m kapital sarflab, 
shundan  500  ming  so’m  (foyda  ko’rsa,  sug’urta  puli  300  ming  so’m  bo’lishi  kerak. 
Shunda biror hol ro’y berganda firma 200 ming so’m (500-300-200) foyda ko’radi. 
Agar  sug’urta  puli  foydani  yo’qqa  chiqarsa,  xatar  saqlanib  qoladi.  hozirgi 
sharoitlarda investitsiya diversifikatsiya etiladi, ya’ni pul har xil sohalarga qo’yiladi. 
Chunki, bir ishda zarar ko’rilsa, boshqasida foyda tegishi mumkin. Bu usul ayniqsa 
aktsiya sotib olishda qo’l keladi. Masalan, 100 million so’m pulga 5 ta firma aktsiyasini 
olish mumkin. 
 
  
Х
atarni qisqartirish uchun firmalar o’z faoliyatini chegaralaydilar, ish hajmi 
va  sarf-xarajatini  ma’lum  me’yordan  oshirmaslikka  intiladilar.  Masalan,  firma 
vaziyatni  hisobga  olib,  har  bir  tovar  uchun  ketgan  sarf-xarajatni  500  so’m  bilan 
chegaralangan  holda  5  million  dona  tovar  chiqaradi  va  ularnnng  har  birini  750 
so’mdan sotadi. Agar xarajat oshib ketsa yoki tovar ko’p chiqarilib, sotilmay qolsa, 
zarariga ishlash mumkin. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish