Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

16.2. Investitsiya faoliyati 
 
Tadbirkorlik ishining rivoji investitsiya talab qiladi. Investitsiya bironta ishga 
mablag’ qo’shishni, sarflashni bildiradi. Investitsiya qilishdan maqsad foyda ko’rish. 
Investitsiya  keng  ma’noda  pul  chiqadigan  har  qanday  ishga  mablag’  qo’yish,  tor 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
117 
ma’noda  ishlab  chiqarishning  moddiy  bazasini  rivojlantirish,  masalan,  mashina-
uskunalarni  sotib  olish,  o’rnatish,  yangi  texnikani  joriy  etish,  yangi  bino-
inshoatlarni  qurish  uchun  mablag’  sarflashdir.  Bu  bizning  mamlakatda  kapital 
mablag’lar, kapital sarflar deb yuritiladi. 
Investitsiya sifatida pul, qimmatbaho qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat, 
veksel),  er,  bino,  inshoat  kabi  boyliklar,  intellektual  mulk  bo’lgan  ilmiy  kashfiyotlar, 
texnikaviy yangiliklar, ixtirolar ishlatiladi. Muhimi, hamma mablag’lar pulga chaqilgan 
holda  investitsiyalanadi.  Investitsiya  ikki  turga  bo’linadi.  Birinchisi—to’g’ridan-
to’g’ri  investitsiyalash,  ya’ni  uni  korxona  ishiga  kapital  sifatida qo’yish. Ikkinchisi 
—  mablag’ni  korxonalar  aktsiyalarini  sotib  olishga  sarflash  bo’lib,  portfel 
investitsiyalar deb ataladi. 
Investitsiyalash muqobil tanlov qoidasiga asoslanadi, ya’ni investitsiyalashningg 
eng foydalisi tanlab olinadi. Tadbirkorlik ishida  xatarni  kamaytirish  uchun  investitsiya 
bir vaqtning o’zida bir necha ishga qo’yiladi, bu bilan bir erda ko’riladigan zararnn 
boshqa  erda  ko’rilgan  foyda  bilan  qoplash  mumkin.  Bunday  mablag’  qo’yish 
diversifikatsiyalashgan investitsiya deb yuritiladi. Odatda buning uchun turli korxonalar 
aktsiyasi  sotib  olinadi.  Masalan,  100  ming  so’m  pulga  avtopark,  to’qimachilik 
fabrikasi,  turistik  firma,  non  zavodi,  tikuvchilik  firmasi,  sug’urta  kompaniyasi  va  bank 
aktsiyalari sotib olinishi mumkin. 
Mablag’ni investitsiyalashda uning tezda qaytim berishi, o’zini» tez oqlanishi 
hisobga  olinadi,  investitsiyalangan  -  mablag’  keltirgan  foydasi  bilan  taqqoslanadi, 
ya’ni  foyda  normasi  (rsntabellik)  hisoblab  chiqiladi.  Masalan,  10  million  so’m  pul 
investitsiyalanishdan oldin turli muqobil
 
 usullar o’zaro solishtiriladi, aytaylik, bu yo’l 
har  yili  tikuvchilik  ishida  2  million  so’m  foyda  bersa,  o’zini  5  yilda,  agar 
mashinasozlik zavodida yiliga  1  million  so’m  foyda  bersa, 10 yilda oqlaydi. Bunda 
albatta birinchi usul tanlanadi. Chunki, u kapital sarfini 2 marta tez oqlaydi. 
Investitsiya  samaradorligini  oshirish  uchun  quyidagilar  talab  qilinadi: 
birinchidan,  investitsiya  keltiradigan  foyda  bank  beradigan  foizdan  yuqori  bo’lishi 
kerak.  Agar  shunday  bo’lmasa  ovora  bo’lib,  pulni  investitsiyalagandan  ko’ra,  uni 
bankka  qo’yib,  bemalol  foiz  olib  yotish  qulay.  Masalan,  bank  foizi  yiliga  8  foiz 
bo’lsa, investitsiyadan keladigan foyda bundan ortiqcha - 9, 10 yoki 11 foiz bo’lishi 
kerak;  ikkinchidan,  investitsiyadan  keladigan  foyda  inflyatsiya  darajasidan  yuqori 
bo’lishi talab qilinadi. Agar yillik inflyatsiya 5 foiz bo’lsayu, investitsiya beradigan 
foyda  normasi  2  foiz  bo’lsa,  zarar  ko’riladi,  Shuning  uchun  foydaning  o’sishi  hech 
bo’lmasa  inflyatsiya  shiddatidan  yuqori  bo’lishi  kerak.  Aytilgan  5  foiz  inflyatsiya 
sharoitida foyda 15 foiz bo’lsa, inflyatsiyadan keladigan 5 foiz zarar qoplanib, 10 foiz 
foyda  olingan  bo’ladi;  uchinchidan,  nnvestitsiya  eng  yuqori  foyda  normasini 
ta’minlaydigan  sohalarga  qo’yilishi  lozim.  Masalan,  investitsiyaning  uch  sohasi 
bo’lib,  ulardan  birinchisi  12  foiz,  ikkinchisi  13  foiz,  uchinchisi  15  foiz  foyda 
beradigan bo’lsa, albatta, uchinchi yo’l tanlanadi. Investitsiya yo’li tanlanganda foyda 
normasining pasayishiga moyil bo’lishi nazarda tutiladi. 
Foyda  miqdorini  kamaytirmaslik  uchun  foyda  normasi  pasaygan  chog’da 
olingan  foydani  qaytadan  pul  topish  uchun  qo’yish  kerakki,  bu  reinvestitsiya 
deyiladi.  Reinvestitsiya  qo’yilgan  kapital  summasini  oshirish  orqali  foyda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
118 
mmiqdorini  kamaytirishga  yo’l  qo’ymaydi.  Masalan,  100  mln.  so’m  investitsiya 
xozir  10  mln.  so’m  foyda  beradi,  demak,  foyda  normasi  10  foiz,  3  yildan  so’ng 
foyda normasi 8 foizga tushib qolsa, 100 mln. so’mdan 8 mln. foyda ko’rilib, foyda 
miqdori 2 mln. so’mga qisqargan bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun 3 yilda har 
yili 10 milliondan jami 30 mln. so’mga teng foyda reinvestitsiya qilinib, kapital 130 
mln. so’mga etkaziladi. Foyda normasi 8 foiz tushgan taqdirda ham 10,4 mln. so’m 
foyda ko’riladi. 
Binobarin, olingan foyda miqdori o’sadi, chunki 10,4>10,0 bo’ladi. 
Investitsiya ishining ham o’z xatari bor. Uning oldini olish uchun iivestitsiyalar 
sug’urtalanadi.  Masalan,  O’zbekistonga  keladigan  xorijiy  investitsiyalarni  xatardan 
sug’urtalash ishini «O’zbekinvest» sug’urta kompaniyasi olib boradi, uning dastlabki 
kapitali 10 million dollar hisobida belgilangan. 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish