Umumiy kimyo va fizika



Download 12,67 Mb.
bet44/91
Sana01.07.2023
Hajmi12,67 Mb.
#953491
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
umumiy kimyo va fizika (biologiya-kunduzgi o\'zbek)

KOMPLEKS BIRIKMALAR.
Kompleks birikmalarning hosil bo’lishi va xossalari
1. Ag+, Cu2+, Ni2+, Zn2+ tuzlari eritmalariga NH4OH eritmasidan tomchilab qo’shing. Hosil bo’lgan gidroksidlar cho’kmasini ortiqcha NH4OH da eriting. Bunda quyidagicha kompleks ionli birikmalar hosil bo’ladi: [Ag(NH3)2+], [Cu(NH3)4]2+, Ni(NH3)6]2+, va [Zn(NH3)4]2+. Hosil bo’lgan kompleks eritmalarga ishqor eritmasidan qo’shing. Metall gidroksidlari cho’kmaga tushadimi?
2. CoCl2·6H2O, CuSO4·5H2O, CrCl3·6H2O va NiSO4·7H2O kristalgidratlarni tigelda qizdiring. Tuzlarning rangi o’zgaradi. Bunda [Co(H2O)6]2+, [Cu(H2O)4]2’, [Cr(H2O)4]3+ va [Ni(H2O)6]2+ kompleks ionlar tutgan kristalgidratlar hosil bo’ladi.
3. 2 ml AgNO3 eritmasiga NaCl ni to’yingan eritmasidan tomchilab qo’shing. Hosil bo’lgan AgCl cho’kmasi NaCl eritmasini ortiqchasida erib ketadi va beqaror Na[AgCI2] kompleks birikmasi hosil bo’ladi. Bu eritmaga NaOH eritmasi qo’shilganda kumush gidroksidi cho’kmaga tushmasligi kompleks birkma hosil bo’lganini isbot qiladi. Solishtirish uchun AgNO3 va NaOH eritmalarini qo’shib sinab ko’ring.
4. 2 ml Hg(NO3)2 eritmasiga KJ ni konsentrlangan eritmasidan tomchilab qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kma KJ ortiqchasida K2[HgJ4] kompleks birikmasi hosil bo’lishi sababli erib ketadi. Eritmaga NaOH eritmasi qo’shilsa HgO cho’kmaga tushadimi? NaOH o’rniga Na2S eritmasini olib sinab ko’ring.
5. Cd2+, Hg2+ tuzlari eritmalariga Na2SO3 ni to’yingan eritmasidan tomchilab qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmalar Na2SO3 ortiqchasida erib ketadi. Bunda M2+[M2+(SO4)2], tarkibli kompleks birikma hosil bo’ladi. Eritmaga NaOH eritmasini ta’sir ettirib bunga ishonch hosil qilish mumkin. Metali gidroksidlari cho’kmaga tushadimi? Na2S eritmasini ham qo’shib ko’ring, u komplekslarni parchalaydi.
6. Hg(NO3)2 eritmasiga tomchilab konsentrlangan Na2S eritmasidan qoshing. Hosil bo’lgan cho’kma reaktivning ortiqchasida Na2[HgS2] kompleks birikmasi hosil bo’lgani sababli erib ketadi.
7. MgCI2 eritmasiga tomchilatib (NH4),CO3 eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kma reaktivning ortiqchasida [Mg(CO3)7]2- kompleks ioni hosil bo’Iganligi sababli erib ketadi.
8. PbSO4 cho’kmasini oling va unga konsentrlangan natriy atsetat eritmasini ta’sir ettiring, [Pb(CH3COO)4]2 kompleks ioni hosil bo’ladi. Nima kuzatiladi?
9. Zn2+, AI3+, Sn2+, Pb2+ va Cr3+ tuzlari eritmasiga ishqor eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmalar ishqorning mo’1 miqdorida erib ketadi (qo’rg’oshin gidroksidi konsentrlangan ishqorda eriydi). Bu jarayonlarda [Zn(OH)4]2+ AI(OH)4+ [Sn(OH)4]2+, [Pb(OH)4]2+ va [Cr(OH)5]3+ kompleks ionlari hosi! bo’ladi.
10. Temir(III) gidroksidiga oksalat -COOH-COOH, vino-COOH-CHOH-CHOH-COOH va limon -CH2(COOH)-C(OH)(COOH)-CH2(COOH) kislotalar eritmalaridan qo’shing. Nima kuzatiladi? Xelat tipidagi kompleks birikma hosil bo’ladi. Oksalat kislotasi hosil qilgan kompleks birikma quyidagi tarkibga ega:

Vino- va limon kislotalari ham karboksil guruhlari orqali temir ionga boglanadilar.
Hosil bo’lgan eritmalarga KSCN va K4[Fe(CN)6] eritmalardan ta’sir ettiring. Fe3+ ionlarini aniqlash mumkinmi?



Download 12,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish