Umumiy kimyo va fizika


MA'RUZA № 6 METALLAR VA METALLMASLAR ULARNING UMUMIY XOSSALARI



Download 12,67 Mb.
bet10/91
Sana01.07.2023
Hajmi12,67 Mb.
#953491
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
umumiy kimyo va fizika (biologiya-kunduzgi o\'zbek)

MA'RUZA № 6
METALLAR VA METALLMASLAR ULARNING UMUMIY XOSSALARI.
REJA:
1.Metallar olinishi va fizik kimyoviy xossalari.
2. Metallmaslar olinishi va fizik kimyoviy xossalari.
3. Metallar va metallmaslar ularning umumiy xossalari.
Metallarning atomlari valent elektronlarini ancha oson beradi va musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Shuning uchun metallar qaytaruvchilar hisoblanadi. Ularning asosiy va eng umumiy kimyoviy xossasi ana shundan iborat. Ravshanki, metallar qaytaruvchilar sifatida turli xil oksidlovchilar bilan, jumladan, oddiy moddalar, kislotalar, aktivligi kamroq bo‘lgan metallarning tuzlari va ba’zi boshqa birikmalar bilan reaksiyalarga kirishadi. Metallarning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari galogenidlar, oltingugurtli birikmalari — sulfidlar, azotli birikmalari — nitridlar, fosforli birikmalari — fosfidlar, uglerodli birikmalari — karbidlar, kremniyli birikmalari — silitsidlar, bromli birikmalari — bromidlar, vodorodli birikmalari —gidridlar deyiladi va h.k. Bu birikmalarning ko‘pchiligi yangi texnikada muhim sohalarda ishlatiladi. Masalan, metallarning boridlaridan radiotexnikada, shuningdek, yadro texnikasida neytronli nurlanishni rostlovchi va undan muhofaza qiluvchi materiallar sifatida foydalaniladi. Metallarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Vodorod ioni oksidlovchi bo'lib, metalldan elektronni biriktirib oladi: Shunday qilib, metallarning metallmaslar, kislotalar, aktivligi kamroq metallar tuzlarining eritmalari, suv va ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri ularning asosiy kimyoviy xossasi — qaytaruvchilik xususiyatini tasdiqlaydi. Metallar bir-biri bilan ham kimyoviy birikmalar hosil qilishi mumkin. Ularning umumiy nomi — intermetall birikmalar yoki intermetallidlar. Bularga ba’zi metallarning surma bilan hosil qilgan birikmalari misol bo‘la oladi: Na2Sb, Ca3Sb2, NiSb, Ni4Sb, FeSb (x= 0,72-0,92). Ularda ko'pincha metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalariga xos bo'lgan oksidlanish darajasiga rioya qilinmaydi. Odatda, bular bertollidlar bo'ladi. Intermetallidlarda kimyoviy bog'lanish asosan, metall bog'lanishdan iborat bo'ladi. Ular tashqi ko'rinishidan metallarga o'xsliaydi. Intermetallidlarning qattiqligi, odatda, ularni hosil qilgan metallarnikidan yuqori, plastikligi esa ancha kam bo'ladi. Ko'pchilik intermetallidlar amalda ishlatiladi. Masalan, surma-aluminiy AISb, surma-indiy JnSb va boshqalardan yarimo'tkazgichlar sifatida ko'p foydalaniladi. Metallmaslar — metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. M.ga 22 element kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor P, mishyak As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg , astat At, vodorod H, inert gazlar — argon Ag , geliy Ne, kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. M. davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va M.ga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir. Metallar guruhi bilan M. guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, koʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. M. atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga teng boʻladi. M. atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. M.dan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda M. kislorod bilan kislotali oksidlar — kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlorat angidrid S12O7 va boshqalar) M.ning baʼzi oksidlari (mas, SO, N0) betaraf oksidlar deyiladi. M.ning kislorod bilan birikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). M. vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik M. vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa M. yuqori elektr manfiylikka ega. M.ning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta (M. haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ularga tegishli har bir element toʻgʻrisidagi maqolalarga

Download 12,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish