Oleum tarkibidagi oltingugurtning massa ulushi 0,35. 1,52 g shu oleum bilan 26% li bariy xlorid eritmasining (zichligi 1,28 g/ml) qanday hajmi (ml) reaksiyaga kirishadi?
20 ml 0,2 M li HCl eritmasiga 10 ml 0,4 M li NaOH eritmasi qo'shilsa, eritmaning temperaturasi 10 K ga qizidi. 20 ml HCl eritmasi o'rniga 5 ml HCl eritmasi qo'shilsa, hosil bo'lgan eritmaning temperaturasi necha K ga o'zgaradi.
Oleumga, shu oleum tarkibidagi sulfat kislota miqdoriga (mol) teng miqdorda natriy gidroksid qo'shildi va H2SO4^0,5SO3 tarkibli oleum olindi. Shu oleumni dastlabki tarkibli oleumga aylantirish uchun SO3 qo'shildi. Qo' shilgan natriy gidroksid va SO3 ning umumiy massasi 41,6 g bo'lsa, dastlabki oleumni tarkibini (%) aniqlang.
xH2SO4-ySO3 ning noma'lum massasi 72 ml (p = 1,18 g/ml) 40% li natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallandi. Hosil bo'lgan eritma 48,87% li bo'lgan. Agar shu oleum 100 g suvda eritilsa, hosil bo'lgan eritmani foiz konsentratsiyasi qanday bo'ladi?
Natriy gidrokarbonat va natriy karbonatdan iborat aralashmani to'la neytrallash uchun 20% li sulfat kislotadan 196 g sarflandi. Hosil bo'lgan eritmadagi moddaning massa ulushi 25,5% ga teng bo'lsa, dastlabki tuzlar aralashmasini miqdorini (mol) aniqlang.
Na2S2O3 va H2SO4 reaksiyalari quyuqroq bo'lsa, hosil bo'lgan zarrachalar o'zaro yopishib yirikroq bo'lgan loyqalar holiga o'tishi va cho'kma tushishi kuzatiladi. Shunday hodisa ro'y bermasligi uchun eritmaga zarrachalar orasidagi tortishuv kuchlarini zaiflashtirish xossasiga ega bo'lgan elektrolitlar qo'shiladi. Bunday elektrolitlar qanday umumiy no bilan ataladi?
Temir plastinkasi dastlab suyultirilgan sulfat kislota eritmasiga, keyin esa mis(II) eritmasiga botirildi. Birinchi holatda 1,12 l (n.sh) gaz ajraldi. Ikkala jarayon natijasida plastinkaning massasi 2,4 g ga ortdi. Ikkala reaksiya natijasida temirning 25% i sarflangan bo'lsa, dastlab temir plastinkasining massasi necha gramm bo'lgan?
Mis(II) xlorid va alyuminiy xlorid bo'lgan eritma har biri 100 ml dan bo'lgan ikkita qismga ajratildi. Birinchi qismga mo'l miqdorda ishqor qo'shildi, cho'kma ajratildi va qizdirilganda quruq qoldiqning massasi 1,6 g ga teng bo'ldi. Ikkinchi qismga mo'l miqdorda ammiak eritmasi qo'shildi, cho'kma ajratildi va qizdirilganda quruq qoldiqning massasi 2,55 g bo'ldi. Dastlabki eritmadagi tuzlarning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Kaliy bromidning 20 va 80C da 100 g suvdagi eruvchanligi 65 va 95 g ga teng. Necha gramm 80C dagi to'yingan eritma 20C gacha sovutilsa, 150 g tuz cho'kmaga tushadi? Shu eritmani tayyorlash uchun kerak bo'ladigan tuz va suvni massasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |