7. (01-4-45) 15 minut davomida 1,25 A kuchga ega bo'lgan tok mis (II) sulfat eritmasidan o'tkazilsa, katodda qancha (g) mis ajralib chiqadi? A) 0,037 B) 0,37 C) 0,75 D) 0,073 E) 0,40
8. (01-4-46) Kuchi 3 A bo'lgan tok 40 min, davomida kumush nitrat eritmasidan o'tkazilganda, katodda qancha (g) kumush ajralib chiqadi? A) 8,06 B) 28,02 C) 16,10 D) 4,03 E) 18,05 9. (01-4-48) Kuchi 15 A bo'lgan tok 15 minut davomida mis (II) xlorid eritmasidan o'tkazilganda, qancha (I, n. sh.) xlor ajraladi? A) 2,24 B) 1,9 C) 1,57 D) 1,30 E) 4,7
10. (01-4-49) Kumush nitrat eritmasidan massasi 6,72 g bo'lgan kumushni ajratib olish uchun 18 A kuchga ega bo'lgan tokni eritmadan qancha vaqt (s) davomida o'tkazish kerak? A) 500,4 B) 193,2 C)931,8 D) 913,0 E) 333,6
11. (01-4-50) Qo'rg'oshin (II) xlorid suyuqlanmasdan katodda 15 g qo'rg'oshin ajralib chiqishi uchun kuchi 2,75 A bo'lgan tokni necha soat davomida o'tkazish kerak? A) 1,41 B) 2,15 C) 2,51 D) 1,52 E) 2,85
12. (01-4-52) Kadmiy sulfat eritmasidan katodda 3,36 g kadmiy ajralib chiqishi uchun kuchi 1,08 A ga teng bo'lgan tokni necha soat davomida o'tkazish kerak? A) 4,46 B) 6,45 C) 4,86 D) 1,49 E) 3,93
13. (01-4-53) Tok kuchi 8 A ga teng bo'lganda, 2 mol suvni parchalashga qancha vaqt (soat) kerak bo'ladi?
A) 44,8 B) 35,74 C) 29,6 D) 33,6 E) 13,4 14. (01-4-54) 8 minut davomida xrom (III) nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda 1,56 g xrom ajralgan bo'lsa tok kuchini toping? A) 6 B) 18,1 C) 14,4 D) 13,6 E) 12,1
15. (01-4-55) 45 minut davomida katodda 15 g mis ajralishi uchun mis (II) sulfat eritmasi orqali o'tkazilishi lozim bo'lgan tokning kuchini hisoblang? A) 15,92 B) 15,50 C) 16,8 D) 5,84 E) 5,66
16. (01-6-22) Mis (II) nitrat va kumush nitrat aralashmasining 200 ml eritmasidan 4 soat davomida 0,402 A kuchga ega bo'lgan elektr toki o'tkazilganda, katodda har ikki metaldan hammasi bo lib 3,44 g ajralib chiqdi. Eritmadagi tuzlaming molyar konsentratsiyalarini aniqlang. A) 0,1 va 0,1 B) 0,1 va 0,2 C) 0,2 va 0,2 D) 1 va 1 E) 1 va 0,2
17. (01-6-25) Suvsiz rux sulfat bilan kadmiy sulfatdan iborat 2,65 g aralashma suvda eritildi. Rux bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 90 minut davomida 0,536 A kuchga ega bo'lgan elektr toki o'tkazildi. Sulfatlar aralashmasining tarkibini (g) aniqlang. A) 1,9 va 0,65 B) 1,5 va 1,15 C) 1,3 va 1,35 D) 1,8 va 0,85 E) 1,61 va 1,04
18. (01-7-6) 40 g Na2S 04 va CdSO< tuzlar aralashmasi 400 ml suvda eritildi. Agar kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 2,144 A kuchga ega bo'lgan doimiy tok 4 soat davomida o'tkazilgan bo'lsa, elektrolizdan keyin eritmada qolgan tuzning konsentratsiyasini (%) toping. A) 0,5 B) 2 C)1,1 D) 1,61 E) 1,82
19. (01-7-46) Valentligi 3 ga teng bo'lgan metall xloridi eritmasi orqali 30 min davomida 1,5 A kuchli doimiy tok o'tkazilganda, katodda 1,071 g metall ajralib chiqqan. Shu metalni aniqlang. A) Y B) In C) Ln D) Ga E) Cr
Do'stlaringiz bilan baham: |