Baliqlarning yashash muhiti va tashqi ko‘rinishi. Baliq tanasi- ning shakli va tuzilishi suvda yashashga moslashgan. U suvda harakatlanayotganida suv uning tanasiga ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatadi. Sazan va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi suyri shakl- da, ikki yon tomondan yassilangan, bosh va dum qismlari ingich- karoq bo‘ladi.
Sazan (zog‘ora), karp va uning gibridlari Markaziy Osiy davlatla- rining tog‘ daryolaridan tashqari barcha suv havzalarida hayot ke- chiradi. Uni ko‘l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqa- digan daryolar o‘zanida uchratish mumkin. Sazan baliqlarning kat- taligi 1 m gacha, og‘irligi 8–16 kg gacha boradi.
Baliqlarning tanasi suvda suzish uchun moslashgan bo‘lib, tashqi tomondan juda xilma-xildir. Ularning tana tuzilishi yashash sharoitiga moslashuvchanligi, harakat qilishi, tashqi dushmandan himoyalanishi va ozuqalarni tutib iste’mol qilishi kabi xususiyat- lari bilan bog‘liq.
Baliqlarning tana tuzilishi va boshqa belgilarini inobatga olib ular birnecha xilga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |