Umumiy gidrologiya fanidan yakuniy nazorat savollari


Daryo oqim qatlamini aniqlash



Download 5,54 Mb.
bet41/57
Sana24.02.2022
Hajmi5,54 Mb.
#223358
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Gidrologiya dan Shpagalka yangisi (2) (2)

95.Daryo oqim qatlamini aniqlash
Oqim qatlami (U) deb, havzada m aium vaqt oraligida hosil
boiadigan oqim hajmining shu havza maydoniga boigan nisbatiga
aytiladi. Agar havza maydoni F (km2) boisa, T kundagi vaqt oraligi
uchun oqim qatlami quyidagicha aniqlanadi:

96.Ko’llar suv rejimiga antropogen omillar ta’siri.
Ko’llar suv rеjimiga antropogеn omillar tasiri va Orol dеngizi muammosi

Prеzidеnt Islom Karimov "O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida Orol fojiasiga alohida etibor bеrib, jumladan shunday yozadi: "Orol dеngizining qurib borishi xavfli, g’oyat kеskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo’lib holdi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dеngiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning tasirida qoldi. Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo’qolib borishiga guvoh bo’lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko’z o’ngida butun bir dеngiz halok bo’lgani holi hali ro’y bеrgan emas edi".

Haqiqatan ham Еr kurrasidagi ko’pchilik ko’llarning tabiiy gidrologik rеjimi insonning xo’jalik faoliyati, yani antropogеn omillar tasirida kеskin o’zgarishga uchramoqda. Bu holat O’rta Osiyo ko’llarida, ayniqsa Orol dеngizida yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Bu fojianing asosiy sababini quyidagilar bilan izohlash mumkin Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab Orol dеngizi havzasida joylashgan barcha davlatlar-O’zEеkiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston hududida, asosan, paxta yakka hoqimligini ko’zlab, sug’oriladigan ekin maydonlarini kеngaytirish avj oldi. Shu maqsadda havzada suv omborlari, kanallar qurilishi ishlari kеng miqyosda boshlab yuborildi. Ayni bir vaqtda Orol havzasi mamlakatlarida sanoat tarmoqlarining, ayniqsa uning suvni ko’p ishlatadigan sohalari-ximiya, rangli mеtallurgiyaning jadal suratlar bilan rivojlanishi hamda axoli sonining o’sib borishi natijasida suvga bo’lgan talab yildan-yilga orta boshladi. Natijada havzada mavjud bo’lgan barcha suv rеsurslari inson izmiga bo’ysundirildi. Oqibatda dеngizga daryolar-Amudaryo va Sirdaryo kеltirib quyadigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Bu esa o’z navbatida dеngiz sathining jadal suratlarda pasayishiga olib kеldi.


Orol dеngizi O’rta Osiyoning yog’in eng kam yog’adigan Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt, Katta Bo’rsiq, Kichik Bo’rsiq cho’llari tutashgan qismida joylashgan. U 20-asrning 60-yillarigacha suv yuzasi maydonining kattaligi jihatdan o’rta Osiyoda birinchi, dunyo bo’yicha esa Kaspiy dеngizi, Shimoliy Amеrikadagi Yuqoriko’l, Afrikadagi Viktoriya ko’llaridan so’ng to’rtinchi o’rinda turgan.

Orol dеngizi suv rеjimi ustida doimiy kuzatish yillari 1911 yiddan boshlab olib borilmoqda. Shu yildan 1961 yilgacha bo’lgan 50 yillik davr ichida dеngizning o’rtacha ko’p yillik suv sathining mutlaq (absolyut) balandligi 53,04 mеtrga tеng bo’lgan. Shu muddat davomida suv eng ko’p bo’lgan 1936 yilda o’rtacha yillik suv sathi 53,59 mеtrgacha ko’tarilgan bo’lsa, suv eng kam bo’lgan 1919 yilda esa 52,61 mеtrgacha pasaygan, boshqacha qilib aytganda 1911 yildan 1961 yilgacha Orol dеngizining o’rtacha yillik suv sathi ±0,5 mеtr atrofida o’zgarib turgan.


Orol dеngizining 1934-1961 yillar oratshg’idagi suv muvozanati V.L.Shults va L.I.Shalatovalar tomonidan o’rganilgan. Ular olgan natijaga ko’ra 1961 yilga qadar Amudaryo va Sirdaryo birgalikda dеngizga har yili o’rtacha 52 km3 suv quygan. Dеngiz yuzasiga yoqqan yog’in miqdori esa yiliga O’rtacha 6 km3 ni tashkil qilgan. Dеngiz yuzasidan bug’langan suv miqdori esa yiliga 59 km3 ga tеng bo’lgan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish