1.2§ Zamonaviy tabiiy fanlar kosepsiyasi kursida fizik modellar
Ilmiy rasionallik turlari haqidagi tushunchalarni shakllantirish “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Rasional fikrlashning shakli holat, jarayonning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari, tadqiqot obyekti tuzilishi va tashkillanishi haqidagi tushunchalar tizimi sifatida nazariy model hisoblanadi. Fizik modellar eksperimental ishonchliligi, nazariy puxta ishlanganligi tufayli etalon rasional fikrlash namunasi hamda ilmiy bilishning boshqa barcha oblastlarida modellashtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ularning vazifasi faqat materiya harakati oddiy shakllarini yozishdan ancha chetga chiqadi. “Har qanday nazariya yoki model o’zining fundamentida fizik model hisoblanadi, chunki, faqat fizika o’z arsenalida moddiy olamning obyektiv etalonlariga ega”.
Fanlar namunasi sifatida deterministik qonunlar asosida qurilgan klassik fizika, ilmiylik kriteriyalari, eksperimental aniqlik, gipotezalar isbotlanishligi haqida tushunchalar beradi va matematikani ilmiy bilishning universal tili sifatidagi rolini mustahkamlaydi. Moddiy nuqta va kontinuum modellari fundamental klassik modellar (qolgan barchasi shular asosida qurilgan) hisoblanadi. Moddiy nuqta modeli o’lchamlari berilgan masala sharoitida hisobga olinmaydigan obyektlarga nisbatan qo’llaniladi, kontinuum modeli esa bu fazoning qaysidir oblastini uzluksiz to’ldiruvchi moddiy substansiya (mohiyat) haqidagi tushunchadir. Birinchi model Nyutonning klassik mexanikasi asosida, ikkinchisi Maksvellning elektromagnit nazariyasi asosida yotadi. Bu modellar ilmiy abstraksiyaning yorqin misoli hisoblanadi. Ularni o’rganish talabalarda jiddiy ilmiy fikrlash, tadqiq qilinayotgan predmetlarning belgilarini ajratish, ko’nikma qobiliyatini va bular asosida ongli xulosalashni rivojlantiradi.
Makroholatlarni statistik modellashtirish asosida berilgan makroholatni hosil qiluvchi teng ehtimolli mikroholatlar mavjudligi haqidagi ergodik gipoteza yotadi. Ko’p sonli bir xil bo’lgan elementlardan iborat tizimlarni tadqiq qilishdan termodinamikada, keyinchalik populyasiyali genetikada o’zining eddoktivligini tasdiqlagan ehtimolli yondoshuv va statistik usul g’oyasi bugungi kunda ijtimoiy tizimdagi (Vasilkova V.V, Xlebapros R.S. va b.q.) jarayonlarni yozishda qo’llanilmoqda.
Statistik termodinamika tushunchalaridan (ochiq tizim, fluktuasiya, teng vaznlilik, entropiya va boshqalar) jamiyatda yuz beruvchi jarayonlarni modellashtirishda foydalanilmoqda.
Kvantomexanik modellashtirish ilmiy bilimlar tizimiga antinomiyani olib kiradi va tabiatdagi tasodif va zaruriyat, bilishning subyekti va obyekti munosabatlari haqidagi yangi tushunchalarni beradi. Formal munozara mantiqi nuqtai nazaridan moddiy zarralarning korpuskulyar va to’lqin tabiati haqidagi ikkita bir-birini inkor qiluvchining ikkalasi ham to’g’ri bo’lib chiqdi va qaysi birining o’rinliligi o’rganilayotgan hodisa orqali aniqlanadi. Kvantomexanik modellarni o’rganish talabalarning ilmiy, kundalik va odatiy bo’lgan bilimlari munosabatlariga bo’lgan qarashlarini o’zgartiradi. Ular obyektiv reallikni yozish har doim formal mantiq doirasiga mos kelmasligini va bir-birini rad qiluvchi konsepsiyalarning ikkalasi ham o’zlarida haqiqat elementlarini mujassamlashtirganliklarini tushuna boshlaydilar. Tadqiqotchining roli obyektning tashqaridan kuzatuvchisi sifatida emas, kuzatish jarayonida xususiyatlari o’zgaruvchi obyekt holatini tayyorlovchisi sifatida tushuniladi.
O’z-o’zidan tashkillanish konsepsiyasi, nochiziqli dinamika g’oyalari tabiat va jamiyat evolyusiyasi tizimlari ko’plab hodisalarini yaxlit yondashuv bilan yoritish imkonini beradi. Agar chiziqli tizimlar dinamikasi va holati faqat tashqi parametrlar va ichki tuzilishi orqali aniqlansa (masalan, ideal gaz), u holda nochiziqli tizim dinamikasi va holati, birinchidan, o’zida tizimning avvalgi holatini aks ettiradi, ikkinchidan, bir jinsli holda aniqlana olmaydi. Ochiq nochiziqli tizimlarda o’z-o’zidan tashkillanish, xaos, falokat, turg’unlik yo’qolishi, tortilishi va boshqalar yuz berishi mumkin.
Nochiziqli tizimlar modellarining universal xususiyatga ega ekanligi keyingi paytlarda chop qilingan bir necha ishlardan ma’lum. Masalan, zamonaviy ekologiya, iqtisod va an’anaviy gumanitar fanlar predmeti hisoblanuvchi sosiologiya yoki biologiyaning dolzarb muammolarini miqdor jihatdan baholashni taklif qilishadi. Fazoviy portret usuli yordamida muhitning sanoat ta’sirida ifloslanishi muammolarini, jarimalar effektivligini oshirish hamda faqat bir marta e’lon qilingan ma’ulmotlar asosida ularning yaxshi falsifikasiyasini aniqlashga imkon beruvchi saylov jarayoni tahlilini yechishni taklif qiladi.
Devid Ryuel “Iqtisodning texnologik rivojlanishining turli xil darajadagi, tashqi kuchlar ta’siridagi dissipativ fizik tizim bilan parallel hamjamiyatni tasavvur qilish” ni taklif qiladi va quyidagicha xulosaga keladi: “texnologik jarayonning juda yuqori bo’lgan bosqichida biz regulyar bo’lmagan o’zgarishlarga ega turbulent iqtisodga duch kelamiz.”
N.A.Sisoyeva o’zining “Elektron holat boshqaruvi: imkoniyatlar va cheklashlar” mavzuidagi nomzodlik ishida saylov va hukumat organlarini o’z-o’zidan tashkillanish nazariyasi pozisiyasidan qarashni taklif qiladi. U: ”Aksariyat saylovchilar xulqi dissipativ tuzilish modeli doirasida qaralishi mumkin” ligini ta’kidlaydi. U o’z modelida tasodifiy tashqi omillar turli xil energetik holatlarda joylashgan atomlar kabi, o’z ta’sirlari tufayli faollashadi “tanlash diterminantlari”ni qo’llaydi. Bu model lazer ishlashidagi modellar raqobatini eslatadi.
Shunday qilib, nochiziqli tizimlar modellari ilmiy bilimlarning turli xil oblastiga kiradi. “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursini mutaxasisligi matematik bo’lmagan talabalar murakkab tizimlar nochiziqli dinamikasining asosiy g’oyalarini qabul qilishi va o’zlashtirishligi muammo hisoblanadi. Talabalarga “differensial tenglamalar” tahlili metodlarini emas, faqat uning tushunchasinigina o’rgatish mumkin. Bu muammoni ta’lim vositasi sifatida ishlatiladigan kompyuterlardan foydalanish asosida yechish mumkin.
1.3§ Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi kursida transdissiplinar konsepsiya
Yaxlit dunyoqarash qaysidir uzoq masofada joylashgan yagona, umumiy tartibli tuzilishni ko’rishdan vujudga keladi. U umumiy yo’naltiruvchilari mavjudligida tashkil topgan transdissiplinar g’oyalar sifatda namoyon bo’ladi. Ular har bir tabiiy fanda namoyon bo’lsada, ammo hamma tabiiy bilimlar uchun universal xarakterga ega bo’ladi.
Transdissiplinarlik fanlararo bog’lanishga qaraganda universallikning nisbatan yuqori darajasi sifatida tushuniladi. Fanlararo munosabat alohida fanlar (masalan, fizika va ximiya, ximiya va biologiya kabilar va boshqalar) o’rtasida mavjud bo’lgan juft bog’liqlikni nazarda tutadi. Bu yerda bir fan qonuniyatlarining boshqasi doirasida namoyon bo’lishi tushuniladi (masalan, termodinamikaning ikkinchi qonuni fizik qonun sifatida ximiyaviy reaksiyalarda yoki biologik hujayralarning hayotiy faoliyati jarayonida).
Bu vaqtda barcha tabiiy fanlarda o’zini global namoyon qiluvchi, transdissiplinar deb ataluvchi «chegaradan tashqaridagi g’oyalar» mavjud bo’ladi. Ular umumiy falsafiy metodologik prinsiplarga (qo’shimchalik, moslik, simmetriklik kabi) o’xshash bo’lmasdan, shunday yuqori darajadagi umumiylikka egaki, shu tufayli u barcha tabiiy bilimlar tuzilish o’qini tashkil qiladi. Eng asosiysi, ularning kelib chiqishi sof tabiiy-ilmiydir.
“Konseptual tushunchalar nazariya yaratilishida aprior hisoblanib, uning holatlarini umumlashtirish hisoblanmaydi”. “Bularga eng avvalo, tabiiy-ilmiy bilimlar va tadqiqotchi mentalitetining ajratib bo’lmasligi haqidagi, tadqiqot obyektiga atrof olamning ta’siri xarakteri haqidagi, modellashtirish kogerentlik, o’lchashlar, evolyusiya va boshqa tushunchalar taalluqlidir”.
Gumanitarlarning tabiiy ilmiy ta’lim konsepsiyasi mualliflari (V.M.Filippov, A.D.Suxanov, A.F.Xoxlov, R.G.Strongin) tabiiy bilimlarni o’zining predmet va tadqiqot metodlariga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida qarashni taklif qiladi. «Tabbiy bilimlar – bu tabiiy fanlar o’rtasidagi transdissiplinar munosabatlarni tadqiq qiluvchi (tabiat haqidagi bilimlar sohasidir)».
«Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi» kursining spesifik predmeti tabiat haqidagi umumlashgan tushunchalar bo’lmasdan, transdissiplinar g’oyalar va ularni tabiiy-ilmiy fikrlashning klassik va klassik bo’lmagan strategiyalari kontekstida alohida fanlar konsepsiyalari shaklida amalga oshirish hisoblanadi .
Ilmiy tasavvurlar bilishning obyektiv va subyektiv munosabatlarini tahlil qilishga asosan quyidagi klassik, noklassik va postnoklassik turlarga bo’linadi (M.Mamardashvili , V.S.Stepin , V.V.Ilin , V.P.Koxanovskiy va boshqalar):
1. Klassik ta’lim Nyuton mexanikasi asosida yaratilgan bo’lib, u o’z obyektlarini tadqiq qilib, ularni bayon qilish va nazariy tushuntirishda imkon qadar subyektga, uning faoliyat vositalarining usul va operasiyalariga taalluqli bo’lgan vositalaridan voz kechishga intiladi. Bunday tuzilma mavjud obyektiv olam to’g’risida obyektiv bilimlar olishning zaruriy sharti deb qaraladi.
2. Noklassik ta’lim, boshlanishi relyativistik va kvant nazariyalari ishlanmalari bilan bog’liq, obyektiv reallik tushunchasini uni bilish vositalaridan bog’liq bo’lmagan narsa sifatida qarab chiqarib tashlaydi, obyekt bilimlari bilan subyekt faoliyati hamda narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik haqida fikrlaydi.
3. Postnoklassik ta’limot, o’z-o’zidan tashkillanish va nochiziqli tizimlar dinamikasi asosida qurilgan bilimlar majmui bo’lib, obyekt haqida olinadigan bilimlar xarakteri nafakat turli xil fikrlar qo’shilishi o’rganuvchi subyekt faoliyati narsa va hodisalari xususiyatlari bilan, balki uning yaxlit, bebaho tuzilishlari bilan birga hisobga oladi.
Transdissiplinar goyalarni integrasiyasi fikrlash strategiyasini tanlashdan bog’lik: dastlabki transdissiplinar g’oya (yoki bir qancha g’oyalar) tabiiy-ilmiy fikrlashning klassik va klassik bo’lmagan strategiyalari doirasida turli xil mazmunli xususiy dissiplinar konsepsiyalarni nomoyon qiladi .
Transdissiplinar konsepsiyalarini tanlash va ifodalashda kuyidagi shartlar taklif qilinadi :
1) ta’limga ahamiyatliligi; 2) tor doiradagi mutaxassislarga emas, o’qimishli insonlarning keng sinfiga mo’ljallanganligi; 3) olamning alohida bo’laklarining emas, uning umumiy tabiiy-ilmiy manzarasini ko’rish uchun zaruriyligi.
Klassik va klassik bo’lmagan tabiiy-ilmiy bilimlarda 17-ishdan olingan ba’zi transdissiplinar konsepsiya va ularning interpretasiyasi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval Tabiiy bilimlarning klassik [TBKS] va klassik bo’lmagan [TBKBS] strategiyalari doirasida transdissiplinar konsepsiyalari va ularning interpretasiyasi
Konsepsiya
|
Konsepsiya interpretasiyasi
|
Umumiy
|
Obyektning yaxlitligi va uning atrofi
|
Obyekt boshqa obyektlardan ajralgan holda aniqlanishi mumkin emas. Bu tizimda teskari aloqalar, o’zaro reaksiyalarning kelishilgan mexanizmlari mavjud.
|
Obyekt butunligi
|
Tabiatdagi har bir obyekt uning zarralar orasidagi ichki bog’liqlikning maxsus «mexanizmi» tufayli qandaydir mustaqil butunlik hisoblanadi.
|
Fazo va vaqt munosabatlari
|
Nyuton paradigmasiga asosan sistemaning holati vaqtning faqat shu paytdagi momenti orqali aniqlanadi. Darvin paradigmasi bo’yicha tirik organizm individual rivojlanish yo’lini bosib o’tadi va u erda tur va biosferaning birgalikdagi evolyusiyasi haqidagi xotirani tashiydi.
|
Eksperimental ishonchlilik
|
Bashoratlarining ko’rinishi deb hisoblash mumkin nazariya bo’lgan faktlar topilgunga qadar har qanday nazariya gipoteza bo’lib qoladi. Ammo tabiatda kuzatish mumkin bo’lgan narsalarni absalyutlashtirishdan extiyot bo’lish kerak.
|
Mavjud turli xil interpretasiyalar
|
Modellashtirish (TBKS dagi obyektlarni va TBKBS dagi xolatlari)
|
Tabiatni bilish adekvat bo’lgan ilmiy modellarni ko’rishdan iborat, yaratishda qabul qilingan gipoteza doirasida ongli ravishda obyektning eng ahamiyatli xususiyatlari olinib, muhim emaslari tashlab yuboriladi. TBKS: Materiyaning eng umumiy (fundamental) modellari: 1) material nuqta; 2) absalyut qora jism;
TBKBS: Ikkita fundamental model: kvantomexanik va termodinamik Ikkalasi xam tug’rilab bo’lmaydigan fluktizasiyali extimolliyat xarakterga ega.
|
Sababiy asoslanganlik
|
Sababiyat munosabatlarini talqin qilishning ikkita chegaraviy tipi-qattik dipperliniz [TBKS] va extimoliy bashorat [TBKBS]. Birinchi holda gap fundamental darajada klassik dinamika (Nyuton va Maksvell tenglamalari) ikkinchi holda klassik bo’lmagan dinamika (Shredinger va Liuvillya tenglamalari) haqida boradi.
|
O’lchash
|
TBKS: o’lchash asbobi tadkikot obyektiga nisbatan tashqi hisoblanadi. U obyektning ma’lum xarakteristikalarini o’zgarishini sezishga qodir, ammo uning uzi uning holatiga prinsipial ta’sir ko’rsata olmaydi. Sezgirligi yuqori bo’lgan asbobni tanlab, hamma chetlanishlar nolga yaqinlashtirib, ulchashni absalyut aniq bajarish mumkin.
TBKBS: Ulchash jarayoni obyektga nazorat qilib bo’lmaydigan darajada ta’sir ko’rsatishga qodir, kaysikim bir tomondan aniq miqdoriy xarakteristika ko’rinishda yozish mumkin emas, ikkinchi tomondan interpretasiya qilishda obyekt holatini qabul qilish zarur hisoblanadi.
|
Nazorat qilinuvchi ta’sir (TBKS) yoki nazorat qilib bo’lmaydigan ta’sir ko’rsatish va fluktuasiyalar (TBKBS)
|
TBKS: Kuzatuvchi u yoki oy ta’sir kursatish qonuniyatini kuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
TBKBS: 1. Obyekt fiksirovan makroatrof bilan nazorat qilib bo’lmaydigan ta’sirlashuvda bo’ladi.
2. Hamma hisoblashlarni extimollar nazariyasi doirasida bajarish zarur va ular faqat turli xil statistik modellarni tanlash Bilan farklanadi. 3. Fluktasiyalar muhim rol o’ynaganligi uchun ularni asboblarni mukammallashtirish orqali chiqarib tashlash mumkin emas.
|
Faqat klassik bo’lmagan
|
|
Mikrodarajadagi ta’sirlashuv cheklanishi
|
Plank doimiysi bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlashuvga minimal ruxsat etilgan cheklash mavjud bo’ladi, - tabiat shunday tuzilganki, unda ta’sirning minimal porsiyasi mavjud bo’ladi.
|
ish mualliflari postklassik bo’lmagan transdisiplinar konsepsiyalar, ba’zi bir transdisiplinar g’oyalarning postklassik bo’lmagan xarakterini ajratishmaydi: obyekt va uning atrofidagi o’zaro munosabatlar nochiziqligi va teskari a’loqa, muvozanat, muvozanatsizlik va kuchli muvozanatsizlik jarayoni haqidagi tushunchalar, o’z-o’zidan tashkillanish haqida va ekologiya va b. “Transdisiplinar konsepsiya ” va “transdiseplinar g’oya” tushunchalari o’rtasida aniq chegara yo’qligi o’z e’tiborini tortadi, yana aytish mumkinki, “transdiseplinar g’oya” bir tomondan postklassik bo’lmagan tushunchalarga ta’luqli bo’lib, ikkinchi tomondan yanada kengroq ma’noda ishlatiladi.
Transdisiplinar konsepsiya olamning a’lohida bo’laklarining emas, umumiy tabiiy-ilmiy manzarasini kurishning asosi hisoblanadi deganimizda quyidagilarni ta’kidlab o’tamiz. Olamning ilmiy manzarasi tushunchasi zamonaviy tabiiy-ilmiy yutuqlar, ta’limning maqsad va vazifalari hamda pedagogik reallik darajalarida mavjud bo’ladi. Har bir darajada u o’zining ma’lum funksiyasini bajaradi.
Zamonoviy tabiiy bilimlar darajasidagi olamning ilmiy manzarasi o’zining ma’lum tadqiqot pog’onasidagi tabiatni bilishning integral natijalarini mujassamlashtirgan bo’ladi. (Stepen V.S. , Mixaylovskiy V.N. , Dishleviy P.S. , Mostepanenko A.M. , Mostepanenko M.V. ). U asosiy tushuncha, prinsip va fanlar nazariyasini umumlashtirilib ma’lum falsafiy holat va g’oyalar yordamida quriladi . Bunday holatda, olamning ilmiy manzarasi “bir-biri bilan o’zaro bog’liq ontologik, evristik, integrativ- tizimlashtiruvchi va dunyoqarash funksiyalarini bajaradi va tizimli – tashkillangan hususiyatga ega bo’ladi ”.
Ta’limning maqsad va vazifalari darajasida olamning ilmiy manzarasi o’zida tabiiy fanlarni o’qitishning ideal yakuniy natijalarini mujassamlashtirgan.
U talaba o’zlashtirishi kerak bo’lgan materiyaning umumiy tuzilishi va uning mavjudlik shakllari hamda bilish jarayoni qonuniyatlari haqidagi tizimiy bilimlar sifatida aniqlanadi. “Olamning ilmiy manzarasi ta’lim mazmunida bir vaqtning o’zida bir nechta funksiyalarni bajaradi: dunyoqarashli, bilimlarni tizimlashtirish va ta’limning kelgusi rivojiga ko’rsatmalar ”.
Olamning manzarasi (har doim ilmiy emas) pedogogik reallik darajasida o’zida shaxsga ko’rsatilgan hamma tashqi omillar, shular qatorida ta’lim mazmuni ta’sirining integral natijasini mujassamlashtirgan.
O’quvchilar tomonidan bilimlar to’plami orqali o’zlashtirilgan olamning manzarasi, ular shaxsiy dunyoqarashining asosi bo’lib hizmat qiladi.
Transdiseplinar konsepsiya tushunchasi “tabiatni bilishning integral natijasi” darajasida uning tadqiqotlari zamonaviy bosqichida bir qator savollar keltirib chiqaradi.
Birinchidan, transdiseplinar konsepsiyalar va metodologik prinsiplar munosabati noaniq bo’lib qolmoqda. Har qanday ahamiyatli bo’lgan ilmiy - nazariy konsepsiyada metodologik holatlar organi ravishda predmet mazmuni bilan qo’shiladi va oxir oqibatda u bilan asoslanadi. Gegelning fikricha metod degani mazmun harakatining aynan o’zi hisoblanadi va shuning uchun u mazmunga bog’liq bo’lmagan holda qarala olmaydi. Prigojin metodologiya tadqiqot obyektining tabiati haqidagi masaladan ajralmasdir deb ta’kidlaydiki .
Metologiyani “ insonning nazariy va amaliy faoliyatini yaratish va tashkil qilish usullari haqidagi talimot” sifatida aniqlanishi bo’yicha birinchi jadvalda keltirilgan konsepsiyalar ichida metodologik ahamiyatga ega bo’lmaganini uchratish mumkinmi axir?
Ikkinchidan, ba’zi transdisiplinar konsepsiyalar aniqlanishi bo’yicha fanlararo munosabatlarga mos keladi. Masalan, o’lchash konsepsiyasi.
Klassik talqinda u olamga determinizmli mexanik tizim sifatida qarashning aksi hisoblanadi, klassik bo’lmagan talqinda u Geyzenbergning noaniqlik munosabatlarini, materiyaning korpuskulyar-to’lqin tuzilishi haqidagi tushunchalarni o’zida nomoyon qiladi. Ko’rsatilgan qarama-qarshiliklarga qaramasdan, zamonaviy tabiiy bilimlarda XXI asr talabalarida yagona dunyoqarash shakllanishi uchun asos bo’luvchi ilmiy bilimlar umumlashtirilishi va sintezining yangi qatlami hosil bo’ladi.
Muammo shundan iboratki, fizika mutaxasisligida bo’lmagan (gumanitar, ijtimoiy- iqtisodiy) talabalarda kelib chiqishi bo’yicha sof fizikaviy hisoblanuvchi transdiseplinar g’oya va konsepsiyalarni ongli va qiziqtirgan holda qabul qilishni ta’minlash hisoblanadi.
“Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi” kursini yaratishda transdisiplinar konsepsiyalari mazmunini ochish uchun xususiy-ilmiy va umummetologik materiallarni tanlashning chegaralari haqidagi masala ochiqligicha qolmoqda. Ular shaxsga yo’naltirilgan bo’lishligi kerak. Bir tomondan, tabiiy- ilmiy bilimlarning subyekt sifatida uning intelektual kasbiy va ma’naviy o’sishi nuqtai nazaridan bu bilimlarga ega bo’luvchi shaxsga ta’sirini hisobga olish zarur. Boshqa tomondan, qabul qilish xususiyatlarini hisobga olish zarur: bilim olish tushunarli, ularni o’zlashtirilishiga bo’lgan qiziqish ta’minlangan bo’lishi kerak. “ Ta’lim mazmun mohiyatini aniqlashga qaratilgan shaxsga yo’naltirilgan yondoshuvda absalyut qadriyat bo’lib, shaxsdan ajratib olingan bilimlar, emas insonning o’zi hisoblaanadi” .
I1 BOB. FIZIK TADQIQOTLAR MЕTODINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Ushbu ishda dunyoqarashning ba'zi eng muhim masalalari: ilmiy tadqiqot mеtodining vujudga kеlishi, olamga ilmiy qarashning mohiyati va ilmiy bilimlarning amaliy maqsadlar uchun qo`llanilishi qisqacha bayon qilinadi. Bundan tashqari, fizikada tadqiqotlarning spеtsifik mеtodlari haqida so`z yuritiladi.
Talaba maqola matеrialidan kursning turli xil bo`limlarida yoki olamni ilmiy bilishga bag`ishlangan masalalar va buning uchun fizikada foydalaniladigan uslublarga oid suhbat jarayonida “Olamning fizik manzaralari” mavzusidagi umumlashtirilgan mavzularni bеrishda foydalanishi mumkin.
-
Tadqiqotlar zamonaviy ilmiy mеtodining yaratilishi va rivojlanishi
Katta hajmdagi turli-tuman voqеalardan iborat xaosda olamni yagona manzarasi chеgarasini qanday qilib aniq ko`rish mumkin? Daraxt va tosh, suv va jilg`a tеpasiga osilib turgan o`rgimchak, uchayotgan qush va sayyoralar harakati orasida mavjud umumiylikni tushunishga qanday kеlish kеrak?
Olamni bilishga bo`lgan ehtiyoj dastlab butun olamni bir butunlikda tushuntirishga urinishlarga, hamma savollarga birdan javob olishga olib kеladi.
Koinot qanday paydo bo`lgan? Hayotning mohiyati nima? Dunyodagi hamma voqеalar qaysi printsiplarga asosan boshqariladi? Va lеkin, bu savollarga asosli javob bеrish qiyin bo`ldi, shuning uchun dastlab olamning paydo bo`lishi to`g`risida turli xil afsonalar o`ylab topildi, din vujudga kеldi.
Yangicha yo`lning samarali ekanligini birinchilardan bo`lib Lеonardo da Vinchi (1452-1514) tushunib yеtdi. Uning “Tabiat hiyla-nayranggini izohlovchisi – tajriba, u hеch qachon aldamaydi, faqat bizning mulohazalarimiz ba'zida o`z-o`zini aldaydi” dеgan g`oyalari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Tajribaning ko`rsatishlariga amal qilish kеrak va tajribadan umumiy qonunlarni olmagunga qadar shartlarni turli xil o`zgartirib turishimiz kеrak, faqat tajribagina bizga umumiy qonunlarni ochib bеradi.
Umumiy qonunlar olish mumkin bo`lmagan natijalarni kutib o`zimiz va boshqalarning xato qilishiga to`sqinlik qiladi.
Fanni o`rganayotgan kishi tabiatga emas, mualliflarga murojaat qilsa tabiat o`g`loni dеb hisoblanmaydi, ular uning nеvaralari hisoblanadi. Faqat ugina haqiqiy daholarning asl rahbaridir, shu bilan birga, ajablanarliki, uning o`quvchisigina hisoblanuvchi mualliflar ustidan emas, tabiatning o`zidan o`rganuvchi insonlar ustidan kulishadi.
XVII asrda angliya faylasufi F.Bekonning tabiatni ekspеrimеntal o`rganishga bo`lgan chaqirig`i tabiiy bilimlar rivojiga qo`zg`atuvchi sabab bo`ldi. F.Bekon juda muhim bo`lgan holatni tushundi: tabiat qonunlari ular asosida olingan tajriba matеrialida jamlangan ma'lumotlarga nisbatan chеksiz ko`p ma'lumotlar bеrishi mumkin. Aynan shu tufayli fan mavjud.
Taniqli amеrikalik fizik V.F.Vayskopеrning fikricha, fanning rivojlanishi bugungi kun tushunchasida global savollarga birdan javob olishdan va bir qarashda ahamiyatsiz bo`lgan faktlar bilan qiziqishdan boshlanadi: yuqoriga tik otilgan toshning erkin tushishi qanday sodir bo`ladi? Suvga qizdirilgan tеmir bo`lagini tashlasak suv nеcha gradusga qiziydi? Va boshqalar... Bu faktlar o`ta qat'iy, aniq, miqdoriy aniqlandi. Har qanday odam ularning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi va o`zi tеkshirib ko`rishi mumkin. Umumiy savollar bеrib xususiy javoblar olish o`rniga olimlar o`z oldiga xususiy xaraktеrga ega bo`lgan savollar qo`yib umumiy javoblar topa boshladi.
Bu jarayon rivojlandi, savollar umumiy ko`rinishda bo`la boshladi. Tabiat qonunlarini bilish jarayonida F.Bekonning aniq tajribalarda o`rnatilgan alohida faktlarni tadqiq qilish natijasida umumiy qonunlarni topish haqidagi fikrining haqqoniyligi aniq nomoyon bo`la boshladi.
Ilmiy mеtod mohiyati. Olimlarning, faqat yozuv stolida o`tirib koinotning qanday tuzilganligi haqida fikr yuritib, maqsadga erishish mumkinligiga ishonmasligiga ancha bo`ldi. Tadqiqotlarning qulay bo`lgan fizikaviy mеtodi asoslari qariyb 380 yil oldin ishlab chiqildi. U quyidagicha: tajribaga tayangan holda miqdoriy (matеmatik) shakllantirilgan tabiat qonunlari topiladi, kashf qilingan qonunlar amaliyotda sinaladi. Unchalik murakkab bo`lmagan faktlar tadqiqotidan boshlangan hozirgi zamon fanining yuqori darajada ulkanligiga hayron qolmaslik mumkin emas. Bir nеcha yuz yil davomida olimlar tabiatning ko`plab fundamеntal qonunlarini kashf etdi. G.Galilеy va I.Nyutondan boshlab tadqiqotchilar fan vazifasini noodatiy, “tushunarsiz” hodisalarni odatiy, sog`lom fikr nuqtai nazaridan tushunarlicha holatga kеltirishga urinish dеb qarashdan voz kеchdilar. Fanning vazifasi katta hajmdagi faktlar to`plamini qamrab olgan va ma'lumlarini tushuntirib bеruvchi matеmatik ifodalanuvchi tabiatning umumiy qonunlarini topish bo`lib qoldi.
Fanning yangi yo`nalishlari zamonaviy ilmiy uslub mohiyatlarini his etish oson emas. Inson ongida yuz bеrish lozim bo`lgan to`ntarilishni yovvoyi odam miyasidagi yomon ruhlarni quvish kabi tushunarli vositalar bilan davolashdan emlash, gigiеna qoidalariga amal qilish va hokozo “sеhrli” usullarga o`tish kеrak bo`lgandagi to`ntarish bilan solishtirish mumkin.
Fan va din. Fizikada o`rnatiladigan fundamеntal qonunlar har qanday tadqiqotning boshlanishi hisoblanuvchi alohida faktlar o`rtasidagi bog`lanishning oddiy ko`rinishiga qaraganda ancha murakkab hisoblanadi. Lеkin ular to`g`ridan-to`g`ri kuzatiladigan oddiy hodisalar kabi aniq, ob'еktiv hisoblanadi. Bu qonunlar har qanday sharoitda o`zining qo`llanilish chеgarasida hеch qachon buzilmaydi.
Tabiat rivojlanishi ma'lum qonunlar asosida yuz bеrishini anglovchi insonlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Tabiatni tushuntiruvchi fan yutuqlarining oshishi ilohiy kuchlarning mavjudligiga bo`lgan ishonchni yo`qotmokda.
O`tmishda insoniyat jamiyati o`z axloq normalarini asosan dinga bog`laganlar. Unda insoniyat imkoniyatlarining chеgaralanganligi, insonlar hayotini qandaydir maqsadga yo`naltiruvchi ilohiy iroda mavjudligi haqidagi g`oyalar mujassamlangan. Ta'kidlash mumkinki, fan bunday fikrlash tizimini yo`qqa chiqardi.
XX asrning 20 yillarda yaratilgan kvant mеxanikasi inson ongining yuqori cho`qqiga ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Kvant mеxanikasi birinchi marta atomlar turg`unligi, molеkulalarning hosil bo`lish qonuniyatlarini va modda tuzilishini tushunish imkonini bеrdi. U mikroskopik jismlarning yangi olamini kashf qildi. Bu obеktlar bir-biriga qarama-qarshi xususiyatlarga ega bo`lib, ular aniq bir holatda va aniq tеzlikka ega bo`lishi mumkin, lеkin bir vaqtning o`zida ikkalasini ham namoyon qilishi mumkin emas. Mikrozarralarning fazoning kichik qismidagi harakatini chеgaralashga urinishda uning tеzlik va enеrgiyasi so`zsiz oshadi.
Bugungi kunda elеmеntar zarralarning ichki tuzilishi aniqlanmoqda. Shu bois tabiatdagi eng sеhrli bo`lgan narsalar inson aql – idrokiga buysina boshladi.
Olamni bilish mumkinligi va fanning –chеgaralanganligi bois bugun biz ishonch bilan ayta olamizki, fan tomonidan tanlangan dunyoni bilish uslubi yagona to`g`ri yo`l hisoblanadi. Bilishning uzoq va og`ir jarayon ekanligini olimlarning tushunib еtganligiga ancha bo`ldi. Dunyo ulkan va juda murrakkabdir. Ko`p narsalar bizga butunlay no'malum, ko`plari haqida biz endi fikrlay boshladik.
Elеmеntar zarralarning tuzilishi, ularning kuzatilayotgan xususiyatlari nimaga asoslanganligi va ularning haqiqiy soni qanchaligini, “Katta portlash” gacha koinot qanday edi va kеlajakda u qanday bo`ladi, bularni biz bilmaymiz.
Biz hozircha quyosh tizimi evolyutsiyasini gaz bulutidan boshlab, sayyoralar vujudga kеlishgacha va еrda hayotning paydo bulishini tushuntira olamiz. Tirik organizmlarni molеkulyar darajada endigina o`rganyapmiz. DNKning spiral molеkulasiga yozilgan irsiyatning axborot kodi aniqlandi, lеkin bu kod asosida tirik organizm yaratilishi masalasi bugungacha to`liq oxiriga еtgani yo`q. Bilishning tabiati haqida ko`p narsalar noma'lum bo`lib qolmoqda.
Dindan farqli holda fan hamma savollarga birdan javob bеrmaydi, muammolarni bir butunlikda to`g`ri tushunishni ta'minlaydi. Ularni еchish mumkin bo`lgan to`g`ri yondoshuvni tanlaydi. Ilmiy uslubga asoslangan yondoshuv –yagona to`g`ri yo`ldir, u olingan bilimlarning haqiqiyligini asoslaydi, lеkin u haqiqatga erishishning sеkin va og`ir yo`li bilan bog`langan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |