Umumiy fizika



Download 266,5 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2017
Hajmi266,5 Kb.
#7559
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


  1. QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

UMUMIY FIZIKA” KAFEDRASI

Himoya qilishga ruxsat beraman”

Fizika – matematika fakulteti dekani

________________dots. B. Ergashev

«_______» ______________2012 y

5140200- Fizika-astronomiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha

bakalavr darajasini olish uchun
Mavzu: Zamonaviy tabiiy fanlar kontsеptsiyasi kursining didaktik ta’minoti



Bajaruvchi: Hayitova Gulandom
Ilmiy rahbar: O’qituvchi F.Q.Tugalov
Ishni himoyaga tavsiya etaman: __________ O’qituvchi F.Q.Tugalov

(imzo) (ilmiy rahbar ismi va sharifi)

BMI “Umumiy fizika ” kafedrasi ________ sonli

Yig’ilish qarori bilan himayaga tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: dots SH Doniyorov _____

(Ismi va sharifi) (imzo)

Jizzax- 2012y

M U N D A R I J A
KIRISH …………………………………………………………………..
I BOB GUMANITAR TA’LIMNING TABIIY-ILMIY MUAMMOLARI

1.1§ Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi kursi oily ta’lim tizimining fundamental fani…………………………………………...

1.2§ Zamonaviy tabiiy fanlar kosepsiyasi kursida fizik modellar………...………………………………………………………

1.3§ Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi kursida transdissiplinar konsepsiya………………………………………………………………
I1-BOB. FIZIK TADQIQOTLAR MЕTODINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

2.1§ Tadqiqotlar zamonaviy ilmiy mеtodining yaratilishi va rivojlanishi ……………………………………………………………….

2.2§ Fizik tadqiqot mеtodining asosiy xususiyatlari ………………….

2.3§ Hodisalar modеllari, rеal jarayonlarni

soddalashtirish zaruriyati ………………………………………………

2.4§ Konkrеt hodisalarni tushuntirishda

ekspеrimеntlarga tayanish …………………………………………….

2.5§ Tabiatdagi jarayonlarning bir-biri bilan

o`zaro bog’liqligi ………………………………………………………
XULOSA ………………………………………………………………
ADABIYOTLAR ……………………………………………………..
Kirish
Tabiiy bilimlar - bu insonga empirik yo’l bilan isbotlangan xulosalarga asoslangan dunyoning tuzilishi haqida bilim bеruvchi komplеks fanlar yig’indisidir. Tabiiy bilimlar fani asosini bir nеcha marta tajriba o’tkazish yo’li bilan aniqlangan natijalar tashkil qiladi. Bunga vеrifikatsiya prinsipi dеyiladi. Tabiiy fanlar yordamida o’rganiluvchi fakt va hodisalar insonlarning sеzish organlari orqali turli tеxnik qurilmalar yordamida bеvosita va bilvosita yo’l bilan qabul qilinishi lozim hamda bu hodisalar aniq tabiat qonunlariga asoslanganligi tufayli o’zgarmasdan qoladi.

Fan rivojlanishining turli xil bosqichida aynan bir xil hodisa turli xil yo’llar bilan tushuntirilishi mumkin. Lеkin bu turli xil tushuntirishlar hodisaning mohiyatiga zarracha ta'sir qilmaydi. Tabiiy fanlar o’z ichiga fizika, matеmatika, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqa shu kabi fanlarni oladi. Bu fanlarning gumanitar fanlardan farqi shundaki, bu fanlarning diqqat markazida matеriya (borliq)ning tuzilishi turadi. Gumanitar bilimlar asosi insoniyatning o’z-o’zini bilishini tashkil qiladi. Bеlgili tizimlarni o’rganuvchi aniq fanlardan farqli ravishda tabiiy fanlar tabiat tizimini o’rganadi. Tabiiy fanlar olamdagi mavjud qonuniyatlarni tushunish uchun bеlgi tizimidan ham foydalanadi.

Tabiatni bilish insoniyat ma'naviy madaniyatining ajralmas va juda muhim qismidir. Uning fundamеntal ilmiy asoslariga dunyoni anglash, tushunish bo’yicha mеtodologik xulosalarni bilish, har qanday faoliyat sohasida yuqori bilimli, madaniyatli, ma'naviy dunyosi boy, dunyoqarashi kеng mutaxassislarni tayyorlash jarayonining ajratib bo’lmas shartidir. Ta'limning ayrim tabiiy, tеxnik, ijtimoiy gumanitar sohalarga mansub fanlar bir-biridan ajralgan holda tabiat, jamiyat va ijtimoiy-tabiiy taraqqiyot maxsuli hisoblangan inson to’g’risida to’liq va yaxlit tasavvur bеra olmaydi.

Dunyoni bilishning falsafiy yondashuvi tabiatni bilish bo’yicha aniq va Lo’nda xulosalar bilan asoslanishi va to’ldirishi lozim. Chunki aynan tabiatshunoslikda tabiat to’g’risida bilimlar jamlanadi, erishilgan eng prinsipial va o’ziga xos yutuqlar yaxlit bir guruhga to’planadi va baholanadi. Ma'lumki, diffеrеnsatsiya ham intеgratsiya ham ilmiy bilish rivojining qonuniy, zaruriy yo’nalishlaridir.

Diffеrеnsatsiya va intеgratsiya jarayonlarining yaxlitligi tabiiy ijtimoiy gumanitar fanlarning uchrashadigan, bir-biri bilan «to’qnashadigan» joyida o’zining yaqqol ifodasini topadi. Tabiatni bilish borgan sari ko’proq «inson va tabiat» tizimini bilish bilan bog’lanib, chirmashib kеtmoqda.

«Hozirgi zamon tabiiy bilimlar kontsеpsiyalari» o’quv fanining prеdmеti va mazmuni O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat ta'lim standartlarida quyidagicha aniqlangan: tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlar; ilmiy uslub; tabiatni bilish tarixi; tabiat bilimlarining rivojlanishi; tabiatda tartib va bеtartiblik; matеriyani tashkil qilinishini tarkibiy darajalari; mikro- makro va mеga dunyolar; makon va zamon; nisbiylik prinsiplari; simmеtriya prinsiplari; saqlanish va aylanish qonunlari; o’zaro va aks ta'sir; holat; supеrpozitsiya, noma'lumlik, qo’shimchalik prinsiplari; tabiatda statik va dinamik qonuniyatlar; enеrgiyaning saqlanish qonunlari; entropiyaning kuchayish prinsipi; kimyoviy tizimlar; kimyoviy jarayonlarning enеrgеtikasi, moddalarning rеaksiyaga kirish xususiyati; jonli tizimlarning evolyutsiyasi, takror barpo etilishi va rivojlanishi prinsiplari; tirik organizmlarning xilma-xilligi biosfеrani tashkil etilishi va barqarorligini asosi; gеnеtika va evolyutsiya; inson fiziologiyasi, sog’ligi, ruhiyati, mеhnatsеvarligi, bioetika, inson, biosfеra va kosmik sikllar; noosfеra; vaqtni to’xtatib bo’lmasligi; jonli va jonsiz tabiatda o’z-o’zini tashkil etish; univеrsal evolyutsionizmni prinsiplari; yagona, yaxlit madaniyatga yo’l.

Ma'lumki, ilmiy tadqiqotlarning natijasi – bu nazariyalar, qonunlar, modеllar, gipotеzalar; empirik xulosalardir. Ushbu tushunchalarning barchasini bir umumiy «kontsеpsiyalar» tеrmini bilan umumlashtirish mumkin.

«Tabiatshunoslik» fanning bir bo’limi, yo’nalishi bo’lib, olamni o’z holicha, insonga bog’lanmagan tarzda o’zgarishga undaydi.

Hozirgi zamon tabiiy bilimlar konsеpsiyalarining asosiy qismini XX asrda aniqlangan, topilgan, sinalgan konsеpsiyalar tashkil etadi, ma'lumki, XX asrda ilm-fan juda tеz sur'atlar bilan taraqqiy etdi, ilmiy faraz va kashfiyotlar ko’z o’ngimizda qayd qilinadi. XXI asrda ham ilm-fan sohasida yangi kashfiyotlar bo’lib o’tishiga hеch qanday shubha yo’q.

Bizni o’rаb turuvchi tаbiаt hаqidаgi bilimlаr mаjmuаsigа tаbiiy bilimlаr dеb аytilаdi.

Tаbiiy bilimlаr dunyoviy muаmmоlаr bilаn bоg’liqdir. Insоn o’zini o’rаb turgаn аtrоf-оlаmni, eng аvvаlо, undаgi o’z o’rnini аnglаsh uchun o’rgаnаdi.

Biz yashаb turgаn Yer, insоn, аtrоfimizdа yoyilgаn Kоinоt, sеzgilаrimiz оrqаli o’rgаnаdigаn jоnli vа jоnsiz mаtеriyalаrning bаrchаsini tаbiiy bilimlаr o’rgаnаdi.

Tаbiiy bilimlаrning аsоsiy mаqsаdi оlаmni butunlikdа, ya’ni uning butun murаkkаbligi vа ko’p qirrаligidа bilish hisоblаnаdi.

Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаrigа аsоsаn “Zаmоnаviy tаbiiy bilimlаr kоnsеpsiyalаri” fаni tа’limiy dаsturlаr tаrkibigа kiritilgаn.

Оliy tа’lim dаsturigа ushbu fаnning kiritilishigа sаbаb hоzirgi zаmоn sivilizаsiyasini sаqlаb qоlish tаlаbi vа insоniyatning butun biоlоgik evоlyusiya nаtijаsidа erishgаn o’zining gеnеtik ахbоrоtlаrini himоya qilishdir. Bu muhim muаmmоlаrni yеchish uchun tаbiаtni himоya qiluvchi tехnоlоgiyalаrni ishlаb chiqish, biоsfеrаni ushlаb turishgа yo’nаltirilgаn tаdbirlаrni o’tkаzish kеrаk.

Tаbiаt sistеmаlаrini sаqlаsh yеtаrli dаrаjаdа murаkkаb muаmmо bo’lib, u o’z ichigа jаmiyat hаyotining hаmmа sоhаlаrini, fаnni, siyosаtni, huquqni, iqtisоdni, хаlqаrо munоsаbаtlаrni, tа’limni, mаdаniyatni, etikаni vа аlbаttа ishlаb chiqаrishni оlаdi. Bu muаmmоni hоzirgi zаmоn sivilizаsiyasining bоshqа muаmmоlаridаn аlоhidа аjrаtib оlib qаrаsh mumkin emаs.

Hozirgi zamon kishisi har tamonlama bilimli bo’lishi kerak. Talab qaysi mutaxasislik bo’yicha bo’lishidan qat’iy nazar, u o’z zamonasining ilmiy dunyoqarashi bilan yaxshi tanish bo’lishi lozim.

Afsonaviy va diniy dunyoqarash o’rnini ilmiy dunyoqarash egalladi. Hozirgi zamon tabiiy bilimlari galaktika va elementar zarralar harakatini o’rganib olam tuzilishining turli xil burchaklariga kirib bormoqda. Tadqiqotlarning har bir sohasida qonuniyatlar va o’zaro bog’liqliklarni kashf qilmoqda.

Bu bitiruv ishida fizika, kimyo, biologiya fanlarining konsepsiyalari qarab chiqiladi, bu bo’limlar materiyaning mikroolam, makroolam va megaolam kabi uchta sathni hisobga olgan holda o’rganadi.

Hozirgi zamon tabiiy fanlari konsepsiyasini tushunish va bilish insonga dunyoda yo’nalish tanlash erkinligini beradi.Shuning uchun ham bizning institutimizda ushbu fan uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha quyidagicha dars soatlari ajratilgan.




O’quv yuklamalarining hajmi.


Yo’nalishlar

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Seminar

Laboratoriya ishi

Mustaqil ish

Xorijiy filologiyasi

70

20

20







30


Rus filologiyasi

70

20

20







30

O’zbek filologiyasi

68

20

18







30


Tarix

68

18

20







30

Huquq

68

18

20







30

Musiqa

68

18

20







30


I BOB Gumanitar ta’limning tabiiy-ilmiy muammolari

1.1§ Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi kursi oily ta’lim tizimining fundamental fani

Insoniyat rivojlanishining hozirgi davri – zamonaviy texnogen taraqqiyot davri bo’lib, o’ziga xos bir qator xususiyatlarga egadir. Bu eng avvalo, ilm-fanga tegishlidir, chunki, ilm-fan olamni bilish va inson faoliyatining barcha sohalaridagi yutuq va muvaffaqiyatlarini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun bu, bugungi kunga xos bo’lgan texnogen taraqqiyot davridagi insoniyat rivojlanishining muhim jihati hisoblanadi.

Bugungi kunda fan, madaniyatning barcha jihatlari bilan o’zaro bog’liqlik va aloqadorlikda bo’lgan bo’lagi sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatning birligi e’tirof etilib, barcha gumanitar hodisalar o’z davriga xos bo’lgan dunyoqarash, dunyoni his qilish, anglash orqali o’zida tabiiy-ilmiy madaniyat “muhri” ni aks ettiradi, chunki, tabiiy bilimlar sohasidagi har qanday kashfiyot – aniq bir tarixiy davrning “debochasi” hisoblanadi. XX asr fan va madaniyatining buyuk namoyondasi E. Shryodinger 1932 yildayoq o’zining “Ilm jamiyatga bog’liqmi?” degan asarida “... barcha tabiiy fanlar umuminsoniy madaniyat bilan bog’liq” deb ta’kidlagan edi.

Fanning bugungi kundagi alohida o’rni va o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilganda quyidagilar nazarda tutiladi:

- fan – madaniyatning tarkibiy qismidir;

-ilmiy natijalar,fanning xususiyatlari va uning rivojlanish istiqbollari faqat madaniy-tarixiy bir butunligi orqaligina tushunarli bo’ladi;

- fan – texnikaning asosi, zamonaviy taraqqiyotning texnologik tayanchidir;

- fanni gumanitarlashtirish, bu fanning insoniyat jamiyati hayoti rivojlanishi hamda saqlab qolishdagi o’rnini anglashdir;

- ilmiy bilimning yaxlit bir butunligi, olamning yagona manzarasini ishlab chiqish va yaratish;

- fanlarning o’zaro ta’siri va uzviy aloqadorligi, tor sohaga kirib qolmaslik, ilmiy bilish integrasiyasi;

- tabiiy-ilmiy va gumanitar bilimlar hamkorligi va bir-biriga qo’shilib borishi, ular orasidagi uzilishni bartaraf qilish tendensiyasi;

- tabiiy fanlarning bugungi kundagi alohida o’rni. Chunki ular nafaqat zamonaviy texnologiyaning asosi bo’lib qolmasdan, ulkan umummadaniy ahamiyatga ham egadir.

Ilmiy bilish (ilmiy rasionallik turiga o’xshash) strategiyasi va xususiyatlarining ochib berilishi, ilmiy rasionallikning yangi turini anglash va joriy etilishiga olib keldi. Bu biluvchi subyekt va tadqiqot qilinayotgan obyekt (sistemaning) munosabatlarini farqlab bayon qilishga, shuningdek obyektni “sof holda” ko’rib chiqish yoki unga tashqi muhitni, ilmiy rasionallikni klassik, noklassik, postnoklassik turini nazorat qilinmaydigan ta’sirlarini hisobga olishga asoslangandir. Bugun–olam va undagi jarayonlar ochiq dissipativ tizimlar rivojlanishi (o’z-o’zini tashkillashtiruvchi) nuqtai - nazardan qarab, ilmiy fikrlashning zamonaviy usuli bilan belgilanuvchi evolyusion-sinergetik paradigma orqali ilmiy rasionallik va yangi paradigmaning klassik holatidan klassik bo’lmagan turiga o’tishi kuzatilmoqda.

Bulardan tashqari ilmiy bilish jarayoni uchun quyidagilar xarakterlidir:

- bilish metodi va bilish jarayonining umumiyligi;

- bilishning turli bosqichlarida hissiy tuyg’u, obrazlar formal mantiqli va intuitiv fikrlash munosabatlari orqali namoyon bo’luvchi tafakkurning serqirraligi va egiluvchanligi; dissipativ tuzilishlar – muvozanat holatidan uzoqdagi tuzilishlar, oqimlar yo’qotilishga emas, o’z-o’zidan tashkillanishga olib keladigan tuzilishlar, olamni anglash va bilishda o’ng va chap miya yarim sharlarning o’zaro bog’liqligi va ta’siri;

- anglab yetish muammolariga yangicha yondoshuvlar;

- inson va insoniyatning barcha yo’nalishlaridagi faoliyatini amalga oshirish va olamni bilishga integrativ - muammoli yondoshuv.

Zamonaviy olamning o’ziga xos xususiyatlari, uni anglash va bilishning asosiy xususiyatlari inson va insoniyat oldiga quyidagi yangi masala va talablarni qo’ymoqda:

1.Olam rivojlanishini murakkab bo’lgan nochiziqli jarayonli tizim sifatida tushunish;

2.Olam qanday tushunilsa, madaniyatni ham xuddi shunday bir butun va yaxlitlikda tushunish;

3. Tafakkur doirasini ilmiy bilishning zamonaviy metodlarini o’zlashtirish orqali boyitish;

4. Zamonaviy taraqqiyot xususiyatlari va xaqiqatni anglash, texnokratizmdan yiroqlashish, inson va insoniyatni o’z faoliyatining natijalari uchun ma’suliyatni his qilishi;

5. Insonning integral tabiati va madaniyatdagi alohida o’rnini, uning taqdirini, hayotini tushinish.

Qadriyatlarga yangicha yondoshish va anglash - insoniyat jamiyati rivojlanishining bugungi bosqichida o’ziga xos xususiyat. Bu eng avvalo xozirgi zamonda insonni o’z-o’zini boshqarishda bilimning ahamiyatini, ta’lim va fanning qadrini tushunib yetishdir. B.M Bim-Bad va A.V.Petrovskiylar ta’limning zamonaviy muammolari haqida gapirib, “Ta’lim - shaxs va jamiyatning oliy qadriyatlaridan biri bo’lib, ularning mavjudligi va taraqqiyotining asosi sifatida namoyon bo’ladi”, deb ta’kidlashadi.

Ta’lim zamonaviy texnogen taraqqiyot madaniyatiga muvofiq bo’lib, yaxlit, bir butun olam va madaniyatda yashovchi to’laqonli shaxsga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. U shaxsning to’laqonli rivojlanishini ta’minlashi kerak. Ta’limda asosiy masalalar deb quyidagilarni hisoblash zarur:



  1. Zamonaviy ta’limning umummadaniy tayanchini o’rnatish;

  2. Mavjud madaniy muhitga “singish orqali” insonning ijtimoiylashuvi uchun sharoit yaratib berish;

  3. Umuminsoniy, ijtimoiy – madaniy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarga e’tiborni kuchaytirish;

  4. Insonning olam bilan munosabatlari uyg’unlashuviga ko’maklashish;

  5. Qimmatli ma’noga ega bo’lgan axborotlarni o’rganish va tushunishga e’tiborni kuchaytirib, keraksizlaridan voz kechish;

  6. Tor sohada bilim olishdan uzoqlashib, ta’limning to’laqonliligini taminlash;

  7. Zamonaviy tafakkurning o’ziga xos xususiyatlarini tushungan holda to’laqonli fikrlashni rivojlantirish;

  8. Ta’limning shaxsning manfaatlariga yo’naltirib, “shaxsiy”, “jonli” bilimga o’tish.

Jamiyatda ta’limga bo’lgan talablarning o’zgarishi, ta’lim mazmunini yangilash, o’quv jarayonini tashkil qilishda yangicha yondoshuvlarni izlash metodlari, ta’lim zaruriyati shakl va vositalarini takomillashtirishni talab qilmoqda.

Ta’limni modernizasiyalashtirish va uni shaxs va insoniyat rivojining istiqbolli manfaatlariga moslashtirish yo’lidagi muhim qadam yangi ta’lim paradigmasi bo’ldi. U 1990-1994 yillar davomida bir qator tadqiqotchilar jamoasi (O.N. Golubeva, A.D. Suxanov, Ye. N. Knyazeva, S P Kurdyumov va boshqalar) tomonidan oliy maktab yo’nalishlarini takomillashtirish borasida shakllantirildi. Yangi ta’lim paradigmasining komponentalari - ta’limni fundamentallashtirish va yaxlit “Fundamental ta’lim o’quv faoliyatining ontologik va gnoseologik jihatlari birligini amalga oshiradi. Ontologik jihat atrofimizdagi muhitni anglash, gnoseologik jihat esa bilish-ko’nikmalarini egallash va metodologiyalarini o’zlashtirish bilan bog’liq”.

Yangi ta’lim paradigmasi doirasida “pragmatik bilimlar ustunligidan tafakkurni to’laqonli shakllari va ummumiy madaniyatni rivojlantirishiga, ilmiy bilimni vujudga kelishini tarixiy tahlilidan fanlar tizimi mazmunini yaxlitligi to’g’risidagi zamonaviy tushunchalarga o’tish va qayta ko’rib chiqilmoqda”. Yangi ta’lim paradigmasi “jamiyat rivojlanishining zamonaviy an’analarga moslashtirib, shaxs manfaatlariga yo’naltirishini” ustuvor deb qaraydi. Fundamental ta’lim – bu, to’laqonli, yaxlit bir butun ta’limdir. Ta’limning yaxlit, bir butunligi va fundamentallashganligi tabiiy-ilmiy va gumanitar bilimlarning organik birligini ta’minlab, fanlararo “ikki madaniyat” dioligi asosida olamni yaxlit tizimli ko’ra olish imkonini yaratib, shaxsni har tomonlama kamol topishiga ko’maklashadi. Fundamental ta’lim, olamni mohiyatli asoslari va xilma-xil jarayonlari orasidagi bog’liqlikni yanada chuqurroq anglab, bir-birini to’ldiruvchi ilmiy bilimlar tarkibiy qismlarini egallab, ilmiy bilimlarni keng ko’lamda rivojlantirishga yo’naltirilgandir.

Bugungi kunda umumta’lim fanlarining majmuaviy o’rganilishi, ta’limning ma’lum bir tor mutaxassisligiga qaratilmasdan, balki keng yo’nalishlariga qaratilgan bo’lishi kerak. Z.Ya.Gelmanning fikriga ko’ra “faqat nodongina tor doirali mutaxassis bo’ladi”.

Ta’limni fundamentallashuvi va umumiyligining farqlanuvchi uch xil bosqichi haqida gapirish mumkin:

- Kasbiy-ta’lim dasturi (KTD) darajasida, ya’ni, bu yerda oliy ta’lim tizimida yangi paradigmani amalga oshirish haqida so’z yuritish mumkin;

- Turdosh fanlar majmuasi darajasida, ya’ni (KTD) o’quv fanlarining ma’lum bir blokida;

- Aloxida o’quv fanlari darajasida.

O’quv fanlari “bugungi kun nuqtai-nazaridan muayyan fanlarning fundamental g’oya va tasavvurlarini mantiqi va tarkibiy tuzilishini keng va aynan ifodalab bersagina” fundamental bo’ladi.

Shunday qilib, 20 asrda hukmronlik rolini o’ynagan ta’lim paradigmasi o’rniga ta’limning yangi paradigmasi vujudga keldi. Uning maqsadi “atrofimizdagi real borliqga bo’lgan konseptual qarashlarni shakllantirish”, “erudisiya”, “layoqatlilik” va “umummadaniyat” rivojlantirishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Ushbu ta’lim paradigmasi doirasida bir qator olimlar (O.Golubeva, A.Savelyev, A.Suxanov, D.Rudoy va boshqalar) tomonidan tabiiy-ilmiy bilimlar konsepsiyasi ishlab chiqilgan va oliy ta’lim tizimi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Tabiiy-ilmiy ta’limning asosiy maqsadi yangi bilimlarni egallashgina emas, balki bizni o’rab turgan olam haqida aniq tabiiy-ilmiy fikr va tasavvurlarni, olamni tabiiy-ilmiy manzarasini to’laqonli ochib berib, rasional tabiiy ilmiy tafakkurni shakllantirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. Umumiy tabiiy-ilmiy bilimlarning zamonaviy konsepsiyasi, zamonaviy tabiiy – ilmiy bilimlarga tarixiy-falsafiy, madaniy va evolyusion-sinergetik tarzda yondoshuv asosida fanlararo sintez mahsuli bo’lgan “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursida amalga oshirilishi kerak. Bugungi kunda ushbu kurs Respublikamizda mavjud barcha oliy o’quv yurtlarining gumanitar va ijtimoiy – iqtisodiy yo’nalishlarida o’tilmoqda.

“Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” ning fundamental kursi olamni bir butunligi va uni bilishning murakkab tizimlarini ochib beradi. Ushbu kurs - zamonaviy oliy ta’limning eng muhim bo’lgan tarkibiy qismini tashkil etadi.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida zamonaviy tabiiy bilim asoslarini o’qitilishi bo’yicha ayrim xulosalarni chiqarish mumkin. Bugungi kunda:

-“Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursining Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan va unda kursning asosiy bo’limlari ko’rsatilgan. Hozirgi standartlar – birinchi avlod standartlar bo’lib, albatta bir qator kamchiliklardan xoli emas, shuning uchun ham uni mukammallashtirishga qaratilgan ishlarni olib borish zarur;

- mavjud standartlarga asoslanib kursning mazmuni, tuzilishi, o’rganishga ajratilgan soatlar hajmiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi o’quv dasturlari ishlab chiqarilgan;

- oxirgi yillarda mualliflar taxliliy qarashlarini hisobga olingan holda zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasiga oid bir qancha darslik va o’quv qo’llanmalar yaratilgan;

- kursning mazmuniy jihatlari, o’quv materialini ochib berishga yondoshuvlar, ta’limning tashkiliy shakllari kabi masalalar respublikamizdagi ilmiy jurnallarda va o’tkazilayotgan bir qator xalqaro konferensiyalarda muhokama qilinayapti.

“Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursi bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan bugungi kunda qilingan ishlardan ko’ra muammolar ko’proq. Buni tushinish mumkin, chunki ushbu kurs oliy ta’lim tizimida mutaxasislar tayyorlash maxsus ta’lim dasturiga 1990 yillar o’rtalarida kiritilgan. Bizning fikrimizcha, bugungi oliy ta’limda kursning hozirgi sharoitdagi o’rni va ahamiyatini aniqlash; uning shakli va mazmunini ifodalovchi minimum darajani aniqlashtirish; o’quv materialini tanlash; kursning tarkibiy tuzilishi, o’quv jarayonini va talabalarning bilish faoliyatini tashkillashtirishning optimal metodlarini, shakl va vositalarini izlash asosiy muammo bo’lib turibdi.

Umumiy tabiiy-ilmiy ta’limni takomillashtirish bo’yicha olib borilayotgan turli xil yo’nalishdagi ishlardan asosiysi deb, bu ta’limning axborotini tashkil etuvchilarini aniqlash bo’yicha qilinadigan ishlarni hisoblash kerak. Umumiy tabiiy-ilmiy ta’lim axborotini tashkil etuvchisi bo’lgan axborot maydonini «Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi» kursining muammoli-predmet maydoni (MPM) ko’rinishida taqdim etamiz. MPM ining kiritilishi kurs mazmunini bo’linishidan xalos etib, uning mazmunini bayon qilishda barcha tashkil etuvchilarini birgalikda qarash imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, didaktikada ham yaxlitlik va to’ldiruvchi kabi umummetodologik prinsipni qo’llash mumkin.

«Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi» kursining muammoli predmet maydoni (MPM)- bu, bir-biri bilan bog’langan, bir-birini to’ldiruvchi uchta soha: umumilmiy, umummadaniy, maxsus –ilmiy bo’lib, ularning har biri boshqasining mavjudligiga «vositachilik» qilib, olam va madaniyatning birligini aks ettiradi. MPM aniq bir o’quv predmetining axborotini tashkil etuvchilarining umumiy chegaralarini aniqlab beribgina qolmay, balki, kursda ochib beriladigan asosiy muammolar guruhi orqali mazmunini, tasavvur qilish imkonini beradi, va kelgusida bularga asoslanib ta’lim tashkil etishning xususiyatlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazmunning ma’lum bir ko’rinishini tanlash imkonini beradi. MPM sifatida mazmunning aniqlanishi – inson faoliyatining hamma soxalarida ustivor xisoblanuvchi integrativ – muammoviy yondashuvni amalga oshirishdir.

«Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi» kursining muammoli – predmetli maydonining (MPM) har bir sohasi uchun asosiy muammolar guruhini ajratamiz.

Umumilmiy soha bo’yicha:



  • fan tizim sifatida;

  • ilmiy bilimlar tizimi;

  • tabiiy-ilmiy bilimlar tizim sifatida;

  • ilmiy bilishning metodlari, bosqich va darajalari;

  • ilmiy bilish metodlari birligi;

  • olamni aks ettirish va bilish jarayonlari birligi;

  • tafakkurning serqirraligi va ko’pjihatliligi;

  • ilmiy bilish strategiyasi va xususiyatlari, ilmiy rasionallik turlari;

  • evolyusion sinergetik paradigma- fikrlashning yangi uslubi sifatida;

  • olamning yaxlitligi, materiyani tashkillanishuvining ko’lamli va tarkibiy darajalari;

  • olam modellari va uning rivojlanish qonuniyatlari;

  • umumilmiy tushunchalar: materiya, fazo, vaqt, o’zaro ta’sirlashuv, rivojlanish, o’z-o’zidan tashkillanish va boshqalar;

  • umumilmiy va umummetodologik tamoyillar, simmetriya, saqlanish, to’ldiruvchilik, muofiqlik, sababiylik va shunga o’xshashlar;

  • olamning ilmiy (mazmuni, asosiy elementlari) va tabiiy-ilmiy manzarasi;

  • fanlarning rivojlanish qonuniyatlari, ilmiy inqiloblar bifurkasiya nuqtasi sifatida;

  • insonning integral tabiati;

  • sivilizasiya inqirozlari;

  • transdissiplinar bog’lanishlar;

Maxsus - ilmiy soha bo’yicha:



  • fundamental tabiiy fanlarning(fizika, ximiya, biologiya) bugungi kundagi holati, yutuqlari va xususiyatlari;

  • fanlararo (fanlar ichidagi) bog’lanishlar;

  • tabiiy fanlar tizimi;

  • tabiiy fanlarda fanlararo bog’anishlar;

  • tabiiy bilimlar va alohidagi tabiiy fanlar («Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi» kursida fizika, ximiya va biologiya);

  • fizika – zamonaviy tabiiy bilimlarning asosi;

  • olamning xususiy-ilmiy manzarasi;

  • olamning fizik va biologik manzaralari – olam tabiiy –ilmiy manzarasining yetakchi elementlari;

  • aniq tabiiy fanlar olamning zamonaviy tabiiy-ilmiy manzarasi nuqtai nazarida;

  • inson – tabiiy fanlarni o’rganish obyekti sifatida.

Umummadaniy soha bo’yicha:

  • fan va madaniyat, fan va san’at: o’zaro bog’liqlik va hamkorligi;

  • ilmiy va badiiy ijod: umumiy va farqli jihatlari;

  • tabiiy - ilmiy va gumanitar bilimlar – qarama-qarshi emas, yaxlit bir butunni to’ldiruvchi bo’laklari;

  • materiya, fazo, vaqt, harakat, hayot, madaniyatining asosiy universal kategoriyalari sifatida;

  • dunyo madaniyatida tabiiy bilimlar, tabiiy-ilmiy bilimlarning umummadaniy qimmati;

  • fundamental tabiiy-ilmiy tushunchalarning umummadaniy ildizlari; fanda va ilmiy bilishda estetik mezonlar;

  • madaniyat rivojidagi ilmiy inqiloblar, fan va texnika tarixi; fanni madaniy-tarixiy asoslari;

  • buyuk allomalar ijodida fan va madaniyatning o’zaro bir-biriga aloqadorligi va bir-birini to’ldirishi;

  • san’atda tabiiy-ilmiy bilimlar va ilmiy bilish muammolari; fanning badiiy ijoddagi ta’siri; ilm-fan va madaniyat namoyondalari;

  • ekologiya va ekomadaniyat; fikrlashning planetar uslubi; tabiatni, insonni, ilmiy va madaniy merosni asrash;

  • olamni tabiiy-ilmiy va yagona manzarasi;

Demak, o’quv predmetining axborot maydoni kurs dasturini an’anaviy tushunish tarzida emas, balki kursning muammoli predmet maydoni va mantiqiy tarkibi orqali taqdim etilishi mumkin. Aks ettirishning bunday xolati bizning fikrimizcha o’quv predmeti haqida yetarlicha ma’lumot beradi (mazmuni, qaralayotgan masalalarning xarakteri, mazmun bo’laklarining biri-biri bilan bog’liqligi va b.,). Bunday holatda muammoli – predmet maydonini alohida sohalariga tegishli muammolar guruhini anglash yoki qo’shimcha sifatida ko’rinishi variativ qismining minimum mazmunini kengaytirish imkoniyatlari aniq ko’rsatadi. Variativ qism tayyorlov yo’nalishi va aniq mutaxasislikning o’ziga xos xususiyatlarini, hamda talabalarning qiziqishi va imkoniyatlarini aks ettiradi.

“Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursining biz qarab chiqqan MPM ushbu kursning fundamentalligini ta’kidlab, “yaxlit umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida bir butun tabiiy-ilmiy madaniyatni shakllantirish” imkoniyatini yaratib beradi.

V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, o’qituvchi jamiyatga kerak bo’lgan qadriyatlarni saqlovchi va targ’ib qiluvchi bo’lganligi uchun oliy pedagogik ta’lim oldida o’ziga xos bo’lgan masalalar turadi. Shu sababli “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursi pedagogik ta’lim uchun o’zgacha ahamiyatga ega.

A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti barcha gumanitar yo’nalishlarida o’tqazilgan talabalarning “Men va zamonoviy tabiiy bilimlar” nomli insholarida “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” kursi ularning bilim doirasi, ilmiy dunyoqarashi, barcha fanlarning bir-biriga o’zaro aloqadorligi haqidagi fikrlarining o’zgarganligi, tabiiy-ilmiy bilim qadriyatlarini tushunish imkonini berganligi va umuman yaxlit, bir butun deb qaraluvchi tabiat, jamiyat va insonga bo’lgan munosobatlarini keskin o’zgartirganligi haqida ta’kidlashdi. Bu kursni o’rganish natijasida talabalar boshqa fanlarni ham yaxshi o’zlashtirishlari hamda ularni yaxshiroq tushunishlari va kelgusida pedagoklarni tayyorlovchi bo’lajak “Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi” o’qituvchisini tayyorlashda bu kursning ahamiyati muhimligini ta’kidlashadi.



Download 266,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish