Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.
Barcha tengqanotlilar o’simlixo’r hasharotlar bo’lib hujayra shirasini so’rib oziqlanadi. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtzorlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi.
Ularning zarari tanasidan ajraladigan shirin ekskrementlari barg yuzasini qoplab olishi va qorayib, fotosintezga to’sqinlik qilishi oqibatida kuchayadi.
Samarqand tumani begona o’tlarida uchraydigan tengqanotlilarning ko’pchiligi shiralar (Aphidoidea) kenja turkumiga mansub.
Shiralar to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi va ko’pincha xo’jayinini o’zgartirib turadi.
1.2. No’xot donxo’rining morfologiyasi va biologiyasi
Morfologiya — tananing tuzilishi hamda ichki tuzilishini o‘rgatadi. Bu qismda hasharotlarning tashqi tuzilishi yoki eydonomiyasini ko‘rib chiqamiz.
Hasharot tanasi va uning o‘simtalarini qoplab turgan teri q o p l a g‘ i ch i— kutikula o‘zaro elastik parda vositasi bilan tutashgan qattiq parchalardan tashqil topgan. Terining bu tartibda tuzilishi hasharot tanasining ust tomonidan bo‘g‘imlarga ajralishini ta’minlaydi. Teri tuzilishidagi bu xususiyat hasharotga muskullari vositasida tananing turli qismlarini egishga va uning o‘simtalarini harakatga keltirishga imkon beradi.
Terining kata qismlari tashqi skelet rolini o‘ynaydi, chunki unga tananing hamma harakat muskullari tutashgan. Shu bilan hasharot umurtqali hayvondan farq qiladi.
Hasharot tanasi harakatchan bo‘lib, qator bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Ularning bo‘g‘imlari o‘zining boshlang‘ich ketma-ket takrorlanishi yoki metamerligini yo‘qotgan va tanasi uch qismga bo‘lingan. Bular bosh, va qorin qismlardir (34- rasm).
Bosh qism i 5—6, ko‘krak qismi 3 va qorin qismi 11 bo‘g‘imdan iborat. Demaq hasharotlar tanasidagi bo‘g‘imlarning umumiy soni 19 tadan kam emas. Lekin evolyusion taraqqiyot natijasida o‘zaro o‘xshash bo‘g‘imlar sonining kamayganligini yoki to‘la taraqqiy etmagan bo‘g‘imlari vazifalari almashinish tufayli birlashib ketganligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun bo‘lsa kerak hasharotlarda bo‘g‘imlar soni 14 tadan oshmaydi, ba’zilarida undan ham kam.
Hasharotning qattiq tashqi skelet umurtqalilarnikiga nisbatan birmuncha afzal, u tanani tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Hasharotning tana pishiqligi umurtqalilarga nisbatan uch baravar yuqori. Kutikula ichki a`zolarni himoya qiladi, organizmdagi suvni bug‘lanishdan saqlaydi va ichki muskullarni birlashish joyi bo‘lib hisoblanadi.
4, 6 — daraxt zararkunandalari; 5— no‘xat qo‘ng‘izi
Do'stlaringiz bilan baham: |