Uchinchi firmalarning ishlab chiqishlari
Ko‘pgina kompaniyalar SCADA- tizimlar uchun drayverlar, Active X- ob’ektlar
va boshqa dasturiy ta’minotni ishlab tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bu faktni
SCADA paketi tanlashda baholash juda muhimdir, chunki bu tizimning mutaxassis
bo‘lmagan dasturchilar (programmistlar) tomonidan qo‘llanish sohasini kengaytradi
(S yoki Basic tillaridan foydalanib dasturlar ishlab chiqishning zarurati yo‘q).
SCADA- tizimning qiymatini baholashda quyidagi omillarni hisobga olish
kerak:
•
dasturiy- apparat platformasi qiymatini;
•
tizimning qiymatini;
•
tizimni o‘zlashtirish qiymatini;
•
kuzatib borish qiymatini.
Mezonlarning bu guruhi ko‘rsatkichlari juda ham sub’ektivdir. Bu etti marta
eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi, degan holatning o‘zidir. Bu guruhga
quyidagilarni kiritish mumkin:
•
«Windows- o‘xshash interfeys» ishlanmasi muhiti interfeysining qulayligi,
instrumentariy va tizim vazifalarining to‘laligi;
•
xujjatlashtirishning sifati- uning to‘liqligi, ruslashtirish darajasi;
•
yaratuvchilar tomonidan ko‘llab-quvvatlanishi- installyasiya mikdori, dilermen
tarmog‘i, ta’lim, versiyalarni yangilash shartlari va h.k.
Agar foydalanuvchi bu vazifani ham uddaladi, deb faraz qilinsa, ya’ni u aniq
bir SCADA- tizimni tanlagan bo‘lsa, u holda keyin nazorat qilish va boshqarish
tizimini ishlab tayyorlash boshlanadi, unga quyidagi bosqichlar qiradi:
•
Umuman avtomatlashtirish tizimining arxitekturasini ishlab tayyorlash. Bu
bosqichda avtomatlashtirish sitemasining har bir uzelining funksional vazifasi
aniqlanadi.
•
Taqsimlangan arxitekturani qo‘llab-quvvatlash mumkinligi bilan bog‘liq,
«kaynoq zaxiralash» bilan uzellarni kiritish bilan va h.k. lar bilan bog‘liq
masalalarni hal qilish.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
603
•
Har bir uzel uchun boshqarishning amaliy (tatbiqiy) tizimini yaratish. Bu
bosqichda avtomatlashtiruvchi jarayonlar sohasidagi mutaxassis arxitektura
uzellarini algoritmlar bilan to‘ldiradi, ularning yig‘indisi avtomatlashtirish
masalalarini hal qilishga imkon beradi.
•
Tatbiqiy (amaliy) tizim parametrlarining quyi sath qurilmalari (masalan,
dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar- DMK) tashqi dunyo bilan (texnologik
parametrlar datchiklari, ijrochi qurilmalar va b.) almashinadigan axborotga
muvofiq keltirish.
•
Emulyasiya rejimida yaratilgan amaliy dasturni sozlash.
20- BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1.
Membrana
2.
Krivoship
3.
SHatun
4.
Futer
5.
Gietilen
6.
Ftoroplast
7.
Flones
8.
Proosedura
9.
Kontroller
10.
Interfeys
11.
Vizual
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Ijro qurilmalarni tasnifini keltiring.
2.
To‘g‘ri harakatdagi porshenli ijro qurilmasining harakat prinsipi
(tamoyili).
3.
Bir va ikki tomonlama harakatlanuvchi ijro qurilmalarideganda nimani
tushunasiz?
4.
Membranali ijro qurilmasini harakati tamoyilini gapiring.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
604
5.
Membranali yuritmani statik tavsifi.
6.
Aylanma harakat ijro qurilmasi .
7.
Laplast ijro qurilmasining harakat tamoyili.
8.
Pozisioner tarkibi va ishlashi.
9.
Ikki o‘zakli rostlanuvchi klapan va uninig ish tavsifi.
10.
Buriluvchi zaslonka va uning kanstruktiv tavsifi.
11.
Dasturlanadigan kontroller o‘zida nimani aks ettiradi? Uning asosiy
vazifasi va funksiyalari.
12.
Dasturlanadigan kontrollerlar qanday begilari bo‘yicha sinflanadi?
13.
Dasturlanadigan ko‘pfunksiyali kontrollerlar asosga qanday tamoyillar
joylangan?
14.
SHaxsiy kompyuter bazasidgi kontrollerlar o‘zida nimani aks ettiradi?
15.
Lokal dasturlanadigan kontrollerlarning qanday asosiy tavsiflari bor?
16.
Kontrollerlarning tarmoq komplesi qanday asosiy uzellardan tashkil
topgan.
17.
Taqsimlangan to‘liqmas shtabli boshqarish tizimi nima?
18.
Dasturiy- texnik kompleks qanday funksional elementlardan tashkil
topgan.
19.
Dasturiy- texnik kompleks arxitekturasi.
20.
Injenerlik stansiyasi o‘zida nimani aks ettiradi?
21.
Kommunikasion server nima va uning funksiyalari?
22.
Sanoat tarmog‘ining asosiy funsiyalari va vazifalari?
23.
O‘zaro bog‘lanishli ochiq tizimlar modeli (OSI modeli) haqida
tushuncha
24.
Ijro qurimalar va datchiklar (AS interfeys) interfeysining asosiy
funksiyalari.
25.
HART protokolning asosiy texnik parametrlarini sanab o‘ting.
26.
HART qurimalarini ulashning tuzilish sxemasining standart varianti.
27.
PROFIBUS sanoat tarmog‘i tarkibiy vazifasi.
28.
EtherNet sanoat tarmog‘i asosiy vasifasi va funksiyasining bajarilishi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
605
29.
TJABT ning rivojlanishining asosiy bosqichlari?
30.
SCADA- tizimi o‘zida nimani aks ettiradi
31.
SCADA- tizimi sinflanishi
32.
SCADA- tizimi umumiy sxemasi
33.
SCADA- tizimni baholash mezoni.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
606
Do'stlaringiz bilan baham: |