21.3 – §. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH
SXEMALARI
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy hujjati
bo‘lib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini
ko‘rsatadi. Bunda boshqarish tizimini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
613
barcha prinsipial echimlar o‘z ifodasini topadi. CHizma boshqarish ob’ekti,
nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizasiya, blokirovka, himoya va
avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda
signalizasiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi.
Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikasiyalar bilan birga
texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik
agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishlarni sxematik ko‘rsatiladi.
Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan foydalanib hal etiladi, bu
vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi vositalar,
axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi
vositalar kiradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda
qo‘yidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning
xarakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini; atrof muhitning
zaharliligini va agressivligini; o‘lchanayotgan muhitning fizik – kimyoviy
xossalarini va parametrlarini; o‘lchov o‘zgartkichlarining o‘rnatilgan joyidan
nazorat va boshqaruv punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini
(masofasini), boshqarish tizimiga ishonchliligi aniqligi va tez ta’sir kursatishi
xususidagi talablarni hisobga olish zarur;
2) TJAS avtomatlashtirishning HT ning seriyalab ishlab chiqariladigan
vositalari asosida qurilishi kerak; bunda qo‘shilishi (birikmasi) soddaligi, o‘zaro
bog‘lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv pultlarida joylanishi qulayligi bilan
ifodalanuvchi birxillashtirilgan tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
3) avtomatlashtirish tizimlari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura
asosidagina yasalishi mumkin bo‘lmagan hollarda loyihalash jarayonida yangi
avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi;
4) yordamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) foydalanuvchi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
614
avtomatlashtirish vositalarini tanlash avtomatlashtiriladigan ob’ektning yong‘in
chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va boshqarish
signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‘yiladigan talablar bilan
belgilanadi;
5) dispetcherlik shchitlari va pultlarida o‘rnatiladigan signalizasiya va
boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo‘lishi kerak.
Apparaturaning ortiqcha (ko‘p) bo‘lishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning diqtat
e’tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish
vositalaridan chetga tortadi, qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning
tannarxini oshirib yuboradi;
6) TJASini ishlab chiqishda tizimdagi boshqarish vazifalarini orttira
borish imkonini hisobga olish kerak.
Avtomatlashtirish sxemasining yuqori qismida texnologik sxema tasvirlanadi,
u TBO ning ishlash prinsipi haqida tasavvur berishi kerak. Prinsipial chizmalarda
datchiklarning sezgir elementlari, rostlash organlari va ijro etuvchi mexanizmlari
texnologik chizmaning taxminan montaj qilinishi lozim bo‘lgan nuqtalarida
ifodalanadi.
Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan
ko‘rinishda agregatlar soddalashtirib ko‘rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor
berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxminan o‘xshash bulishi kerak.
Texnologik chizmalar, odatda, chapdan o‘ngga qarab o‘qiladi. Apparatlarni
ifodalaydigan chiziqlarning qalinligi 0,2 ... 0,3 mm bo‘lishi kerak. CHizmada har
bir apparat belgilanib ko‘rsatiladi. Agar apparatlar raqamlar bilan belgilangan
bo‘lsa, u holda uskunalarni ko‘rsatuvchi jadval (eksplikasiya) beriladi.
Texnologik quruvlarni avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida suyuqlik,
bug‘ va gaz uchun mo‘ljallangan quruvlar shartli belgilar asosida ifodalanadi.
Ularning ba’zilari 21.1-jadvalda keltirilgan. quruv chiziqlarining uzilishida yonma
– yon raqamlar orasidagi masofa 50 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar
texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuq yoki gazsimon muhitlarning
belgilari uchrasa, boshqa raqamlardan foydalanish mumkin, faqat bu holda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
615
chizmaning bir chetida qabul qilingan shartli belgilarga izoh berilishi kerak.
CHizmlarni o‘qishni osonlashtirish maqsadida truboprovod belgilariga modda
yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar qo‘yiladi, shuningdek, chizmada prinsipial
vazifaga ega bo‘lgan to‘suvchi moslamalarning belgilari ham beriladi. Trubopro-
vod belgi chiziqlarining kengligi 0,6... 1 mm bulishi kerak.
21.1 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |