14.7-§. INTEGRAL ROSTLAGICHLAR
Integral (astatik) rostlagichlar
deb rostlanayotgan parametri topshirilgan
qiymatdan chetga chiqqanda rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga
chiqishiga mutanosib tezlikda harakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar
ishlatilganda rostlanuvchi parametrning muvozanat qiymati yukga bog‘liq emas va
statik xato nolga teng bo‘ladi. Agar rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatidan
chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organni rostlanuvchi kattalik qiymati
topshirilgan darajaga etguncha harakatga keltirib turadi.
O‘zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg‘un emas,
shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |