263
ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik
qovushoqligi qancha
katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali
detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi.
Qovushoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi
impulslar intervalining
o‘rtacha qiymatini o‘lchaydi. Asbobning o‘lchashdagi xatoligi ±1%.
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi
turli suyuqliklarni
uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash
chegarasi
0,0001...100 Pa
∙
s
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish
sohasi
Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning
qovushoqligi
mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda
ular kamaytirib
ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik
indikatorlari sifatidagina
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: