Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi
— o‘lchash axboroti signallarini masofadan
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
— kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun
mo‘ljallangan o‘zgartkich.
Istagan vazifani bajaruvchi o‘lchash o‘zgartkichi o‘lchash asbobi bilan
konstruktiv birlashtirilgan bo‘lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin.
O‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarga mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur
yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv
to‘plamini
datchik
deb atash qabul qilingan.
CHiqish signalining turiga qarab bir xillashtirilgan, tabiiy yoki diskret
(kontaktli) signallar farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |