21.11 – §. AVTOMATLASHTNRISH TIZIMLARINING TEXNIK-
IQTISODIY SAMARADORLIGI
Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish ularning texnik – iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini 3 – 5% ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda ko‘p
mehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30 – 40% ga) olib keladi.
Ikkinchi tomondan uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar
talab qilinadi. Masalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat tarmoqlarida
avtomatlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari tannarxining 35% ini
tashkil etadi.
Avtomatik tizimlar (AT) ni joriy qilish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi
ularning o‘zini qoplay olish muddati hisoblanadi:
T =(K +A)/E,
(21.18)
bu erda T – o‘zini qoplash muddati, yil; K – AS ni joriy qilish uchun
sarflanadigan kapital mablag‘lar (harajatlar), so‘m; A – joriy qilingan
avtomatlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizasion to‘lovlar, so‘m; E
– shartli – yillik iqtisodiy samara, so‘m/yil.
Iqtisodiy samara avtomatlashtirish bo‘yicha aniqlanadi:
E =(S
1
- S
2
)/P (21.19)
bu erda, S
1
,S
2
– maqsadga qaratilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan oldingi va keyingi tannarxi, so‘m;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
681
P – maqsadga qaratilgan mahsulotning avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish.
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50 – 80%) xom ashyo
tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e’tiborni maqsadga qaratilgan mahsulot
birligiga
to‘g‘ri
keladigan
xomashyo
solishtirma
sarfini
pasaytiruvchi
avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur.
O‘zini qoplash muddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik koeffisienti
E hisoblanadi:
E = 1/T =(S
1
– S
2
)*P/(K + A) (21.20)
Keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichining
qiymatlari normativ qiymtlar bilan taqqoslanadi va natijaga asoslanib, AT ni joriy
qilishning
maqsadga
muvofiqligi
haqida
xulosa chiqariladi.
Kimyoviy
korxonalarda AT ning o‘zini qoplashining normadagi muddati taxminan uch yilni
tashkil etadi.
Iqtisodiy samaradorlikning AT ni joriy qilishga ketadigan kapital xarajatlarga
bog‘liqligi 21.19-rasmda keltirilgan.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqichda (K
0
– K
1
)
iqtisodiy vositalar kompleksiga ozgina harajatlar qilinganda iqtisodiy samaradorlik
S
1
tannarxning ortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining (nazorat, signalizasiya
va hokazo) avtomatlashtirilishining samaradorligi juda kichik bo‘lganidan iqtisodiy
samaradorlik manfaydir. Kapital mablag‘larning ma’lum qiymatidan boshlab (K
1
)
boshqarish vazifalari va masalalarini kengaytirish AT ning samaradorligini keskin
o‘sishiga olib keladi, demak yanada takomillashgan texnik vositalar kompleksidan
foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani ham oshiradi. Takomillashtirishning bu
bosqichida AT eng katta samara beradi. Bu bosqich uzoq davom etmaydi. U
kapital harajatlarning K
2
qiymatigacha davom etadi. Qapital harajatlarning bundan
keyingi ortishi (K
2
– Kz) AT ni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini bunchalik
keskin oshirmaydi; kapital harajatlarning ma’lum qiymatidan boshlab (Kz),
boshqarishning funksiya va vazifalarini bundan keyingi kengaytirish juda oz
darajada samara beradiki, natijada tizimining iqtisodiy samaradorligi tusha
boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifalarining takrorlanishi,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
682
texnologik xodimlarga beriladigan axborotning haddan tashqari ko‘pligi, AT ning
murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish funksiyalarini avtomatlashtirish
bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika rivojining erishilgan darajasida texnik
personalga qoldirish maqsadga muvofiqdir. K
4
qiymatdan boshlab, texnik vositalar
majmuasini murakkablashtirish ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra iqtisodiy samaraning
manfiy qiymatiga olib keladi.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, har bir BTO uchun eng ko‘p
iqtisodiy samara beradigan AT tanlab olish mumkin. Bunda kapital harajatlar K
3
ni
tashkil etadi.
21- BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1.
Texnik loyiha
2.
Texno-ishchi loyiha
3.
Ishchi hujjat
4.
Ishchi chizma
5.
Prinsipial elektrik sxema
6.
Prinsipial pnevmatik sxema
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi.
2.
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichlari.
3.
Ishchi chizma nima?
4.
Texnalogik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash.
5.
Prinsipial elektrik sxemalar.
6.
Prinsipial pnevmatik sxemalar.
7.
TJABTni yaratish prinsiplari.
8.
TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘onalari.
9.
Texnik topshiriq.
10.
Texnik loyiha.
11.
Ishchi hujjatlar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
683
12.
Moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish.
13.
Avtomatik loyihalash tizimlari.
14.
ALT ni ta’minlash vositalari.
15.
ALT ni ishlash rejimlari.
16.
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi
Do'stlaringiz bilan baham: |