676
ekspluatasion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan
saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘xtovligi, ta’sirlanuvchanligi va
uzoq muddat ishlashi orqali belgilanadi.
Beto‘xtovligi – tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida (ishlab
chiqarish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan tashqari)
to‘xtashlARTiz ish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir.
U ayrim vazifalar, qism
tizimlar va umuman tizimlarni inkor qilishga ishlab qo‘yish bilan xarakterlanadi.
Ta’mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilishlarning oldini olish, aniqlash va
inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich mumkin
bo‘ladigan inkorlardan (to‘xtashlardan) so‘ng ish qobiliyatini ko‘p
marta tiklab
uzoq vaqt foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o‘rta
tiklanish vaqti bilan xarakterlanadi.
Uzoq muddatlilik – bu tizimining ish qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlay olish
xossasidir (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur uzulishlar bilan). U
tabiiy va ma’naviy eskirish omillari. bilan belgilanadi va tizimining xizmat qilish
muddati bilan aniqlanadi.
Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish,
loyihalash, joriy qilish va sanoat
ekspluatasiyasi jarayonida uning ishonchliligining optimal darajasi belgilanishi va
o‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari texnologik rejimning buzilishi, brak,
maqsadga qaratilgan mahsulotni to‘la
ishlab chiqarmaslik, avariyalar, portlashlar,
shuningdek tizimni ta’mirlashga harajatlarning ortishi.
Ayrim hollarda tizim
ishonchliligi darajasining past bo‘lishi uning samaradorligini nolga keltirishi yoki
hatto manfiy qilib qo‘yish mumkin (ya’ni xarajatlar iqtisodiy samaradan ham
yuqori bo‘ladi). Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining
ortishi ham xarajatlarning
ortishiga olib keladi.
Tizim ishonchliligining optimal darajasini o‘rnatish va ta’minlash – murakkab
va masuliyatli vazifa, chunki kimyo va oziq – ovqat texnologiyasi ob’ektlarini
boshqarish (TOB) ni avtomatlashtirish ko‘p funksiyali (vazifali)
tizimga kiradi,
uning tarkibida juda ko‘p texnik qurilmalar va operativ xodim bo‘ladi. Bunda, bir
tomondan, ayrim vazifani (ishni) bajarishda bir nechta texnik qurilmalar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
677
foydalanilishi mumkin, ikkinchi tomondan – ayni bir qurilmani bir nechta vazifani
bajaruvchi o‘rnida foydalanish mumkin. Tizimlarning ko‘pligi (ortiqchaligi) ham
katta ahamiyatga ega (apparatli, informasion, vaqtiy, funksional tizimlar), bu
umuman tizimining ishonchliligini ayrim
qism tizimlar va qurilmalar
ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ xodimlarning bo‘lishi
berilgan vazifalarni bajarish umumiy ishonchliligini oshirishi ham mumkin (agar
xodimlar boshqaruvning zaxira bo‘g‘ini bo‘lsa), xodimlar texnik qurilmalar bilan
izchil ishlagan holda ishonchlilikni kamaytirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: