Umumiy doc


 – §. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   603
Bog'liq
resources-1

21.3 – §. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH 
SXEMALARI 
Avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi loyihaning asosiy texnikaviy hujjati 
bo‘lib, u texnologik qurilmaning avtomatlashtirilish darajasi va prinsipini 
ko‘rsatadi. Bunda boshqarish tizimini tuzishning bosh bosqichida qabul qilingan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


613 
barcha prinsipial echimlar o‘z ifodasini topadi. CHizma boshqarish ob’ekti, 
nazorat, rostlash, dasturli boshqarish, signalizasiya, blokirovka, himoya va 
avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida tushuncha berishi lozim. Odatda 
signalizasiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda kengaytirib beriladi. 
Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikasiyalar bilan birga 
texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik 
agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘lanishlarni sxematik ko‘rsatiladi. 
Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan foydalanib hal etiladi, bu 
vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi vositalar, 
axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi 
vositalar kiradi. 
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda 
qo‘yidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
1) avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning 
xarakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini; atrof muhitning 
zaharliligini va agressivligini; o‘lchanayotgan muhitning fizik – kimyoviy 
xossalarini va parametrlarini; o‘lchov o‘zgartkichlarining o‘rnatilgan joyidan 
nazorat va boshqaruv punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini
(masofasini), boshqarish tizimiga ishonchliligi aniqligi va tez ta’sir kursatishi 
xususidagi talablarni hisobga olish zarur; 
2) TJAS avtomatlashtirishning HT ning seriyalab ishlab chiqariladigan 
vositalari asosida qurilishi kerak; bunda qo‘shilishi (birikmasi) soddaligi, o‘zaro 
bog‘lanuvchanligi, shchitlarda va boshqaruv pultlarida joylanishi qulayligi bilan 
ifodalanuvchi birxillashtirilgan tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir; 
3) avtomatlashtirish tizimlari faqat seriyalab chiqarilgan apparatura 
asosidagina yasalishi mumkin bo‘lmagan hollarda loyihalash jarayonida yangi 
avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi; 
4) yordamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) foydalanuvchi
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


614 
avtomatlashtirish vositalarini tanlash avtomatlashtiriladigan ob’ektning yong‘in 
chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan, axborot va boshqarish 
signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‘yiladigan talablar bilan 
belgilanadi; 
5) dispetcherlik shchitlari va pultlarida o‘rnatiladigan signalizasiya va 
boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo‘lishi kerak. 
Apparaturaning ortiqcha (ko‘p) bo‘lishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning diqtat 
e’tiborini texnologik jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish 
vositalaridan chetga tortadi, qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning
tannarxini oshirib yuboradi; 
6) TJASini ishlab chiqishda tizimdagi boshqarish vazifalarini orttira 
borish imkonini hisobga olish kerak. 
Avtomatlashtirish sxemasining yuqori qismida texnologik sxema tasvirlanadi, 
u TBO ning ishlash prinsipi haqida tasavvur berishi kerak. Prinsipial chizmalarda 
datchiklarning sezgir elementlari, rostlash organlari va ijro etuvchi mexanizmlari 
texnologik chizmaning taxminan montaj qilinishi lozim bo‘lgan nuqtalarida 
ifodalanadi. 
Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan 
ko‘rinishda agregatlar soddalashtirib ko‘rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor 
berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxminan o‘xshash bulishi kerak. 
Texnologik chizmalar, odatda, chapdan o‘ngga qarab o‘qiladi. Apparatlarni 
ifodalaydigan chiziqlarning qalinligi 0,2 ... 0,3 mm bo‘lishi kerak. CHizmada har 
bir apparat belgilanib ko‘rsatiladi. Agar apparatlar raqamlar bilan belgilangan 
bo‘lsa, u holda uskunalarni ko‘rsatuvchi jadval (eksplikasiya) beriladi. 
Texnologik quruvlarni avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida suyuqlik, 
bug‘ va gaz uchun mo‘ljallangan quruvlar shartli belgilar asosida ifodalanadi. 
Ularning ba’zilari 21.1-jadvalda keltirilgan. quruv chiziqlarining uzilishida yonma 
– yon raqamlar orasidagi masofa 50 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 
texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuq yoki gazsimon muhitlarning 
belgilari uchrasa, boshqa raqamlardan foydalanish mumkin, faqat bu holda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


615 
chizmaning bir chetida qabul qilingan shartli belgilarga izoh berilishi kerak. 
CHizmlarni o‘qishni osonlashtirish maqsadida truboprovod belgilariga modda 
yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar qo‘yiladi, shuningdek, chizmada prinsipial 
vazifaga ega bo‘lgan to‘suvchi moslamalarning belgilari ham beriladi. Trubopro-
vod belgi chiziqlarining kengligi 0,6... 1 mm bulishi kerak. 
21.1 – jadval. 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish