Qo‘llab quvvatlanadigan ma’lumotlar ba’zasi
Dispetcherlik nazorati va boshqaruvi tizimining asosiy vazifalaridan biri
axborotga ishlov berish hisoblanadi: axborotni to‘plash, operativ tahlil qilish, saqlash,
siqish, jo‘natish va h.k. SHunday qilib, yaratilayotgan tizim doirasida ma’lumotlar
bazasi ishlab turish kerak.
Amalda hamma SCADA tizimlar, xususan, Genisis, InTouch, Citect ANSI
SQL sintaksisdan foydalanadi, u ma’lumotlar bazasining turiga bog‘liq emas.
SHunday qilib, ilovalar virtual izolyasiyalangan bo‘lib, bu ma’lumotlar bazasini
amaliy masalaning o‘zini jiddiy o‘zgartirmasdan turib o‘zgartirishga, axborotni tahlil
qilish uchun mustaqil dasturlar yaratishga, ma’lumotlarga ishlov berishga
yo‘naltirilgan, ancha ishlangan dasturiy ta’minotdan foydalanishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |