Umumiy doc


§. AGREGATLASHTIRISH-ZAMONAVIY BOSHQARISH



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   603
Bog'liq
resources-1

 
15.2§. AGREGATLASHTIRISH-ZAMONAVIY BOSHQARISH 
TIZIMI TUZILISHINING ASOSIDIR 
U yoki bu aniq tizimlar uchun foydalaniladigan dastlabki boshqaruvchi 
hisoblash mashinalari ma’lum masalani hal qilishi uchun, yoki eng yaxshi hollarda, 
boshqarishning cheklangan sinflari uchun loyihalangan edi. Bu mashinalarning 
tuzilishi juda bikr bo‘lib, hatto biroz o‘zgarishlarni ham kiritib bo‘lmasdi, 
mashinalarning xarakteristikasi aniq tayinlangan edi. 
Lekin vaqt o‘tishi bilan boshqarish tizimlari uchun BHM larni individual 
loyihalash yo‘li ishlab chiqarishga joriy qilish nuqtai nazaridan istiqboli kamligi aniq 
bo‘ldi. Hozir tizimlarni ishlab chiqishda tuzilmalarni agregatlashtirish prinsipi keng 
foydalanilmoqda. 
Tuzilmani agregatlashtirish - bu xarakteristikalari tayinlangan BHM dan turli 
vazifali avtonom bloklar to‘plamiga o‘tish bo‘lib, ulardan boshqaruvchi mashinalarni 
ham, ixtiyoriy tuzilmadagi tizimlarni ham yig‘ish mumkin. Bunday har bir blok 
o‘zining maxsus vazifasini mustaqil bajarishi mumkin, lekin u shunday tarzda 
tuzilgan va qurilganki, uni hisoblash texnikasi vositalari agregat tizimlarining boshqa 
funksional bloklari bilan tutashtirish oson. Biz bundan keyin agregatli vositalarning 
ba’zi to‘plamlarini va ularni umumiy tizim doirasida tutashtirish usullarini 
mufassalroq qarab chiqamiz. Buyurtmachi nuqtai nazaridan agregatlashtirish 
prinsipini ham o‘shanda qarab chiqamiz. 
Tizimga yuklanadigan vazifalarni aniqlash bosqichida buyurtmachi biror 
vazifani bajarishda uning ishlash algoritmini ta’riflab berishi, ya’ni tizimning aniq 
masalani echish tartibi va qoidasini aniqlashi kerak. Biroq ishlash algoritmlari ularni 
ishlab chiqish bosqichida ham, tizimni joriy qilish jarayonida ham va tizim ishlatish 
uchun topshirilgandan so‘ng ham deyarli muqarrar o‘zgaradi. Bu birinchidan, 
boshqarish sifatini yaxshilash maqsadida algoritmlarni takomillashtirish zarurati 
tufayli 
vujudga 
kelishi; 
ikkinchidan, 
boshqarish 
tizimining 
ob’ektda 
«barqarorlashishi» darajasiga qarab ishlatish sharoitlari ham o‘zgaradi; uchinchidan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


435 
tizimning ba’zi vazifalari bundan keyin rivojlanishi mumkin, boshqalari esa, 
aksincha, o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin va nihoyat, to‘rtinchidan, texnologik 
jarayonning, o‘zi o‘zgarishi mumkin, bu esa tizimning ishlash dasturining, kirish va 
chiqish axboroti hajmining va hokazoning juda katta o‘zgarishini anglatadi. SHunday 
qilib, buyurtmachi tizimning strukturasini o‘zgartirishi, kerak bo‘lganda ayrim 
qurilmalarni ko‘paytirishi, ularning informatik yoki hisoblash quvvatini oshirish, 
chetki qurilmalar nomenklaturasini va BHM bilan muloqot usullarini o‘zgartirishda 
ma’lum erkinlikka ega bo‘lishi kerak 
Bu imkoniyatlarning hammasi ma’lum chegarada hisoblash texnikasini 
agregat vositalaridan foydalanishni ifodalaydi. 
Endi bunday vositalar asosida qurilgan tizimning dasturlari va tuzilmasini nima 
tufayli va qanday qilib o‘zgartirishmumkinligini qarab chiqamiz. Hamma funksional 
bloklar quyidagi parametrlar bo‘yicha moslama oladigan qilib ishlanadi: 
- axborot va boshqaruvchi signallarning fizik parametrlari; 
- foydalanilayotgan elementlarning tuzilishlari va agregat tizim uzellari (bo‘g‘inlari) 
bo‘yicha;
- funksional bloklar orasida o‘zaro almashinuvda axborot jo‘natmalari ko‘rinishida; 
- turli ish rejimlarida bloklar orasidagi axborot almashinish (aloqa algoritmi 
bo‘yicha) tartibini tashkil etish. 
Agregat qurilmalar funksional vazifasiga ko‘ra, odatda, quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 

markaziy boshqarish va axborotga ishlov berish qurilmalari (prosessorlar); 

tizimning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan axborot va boshqaruv aloqasini 
ta’minlovchi qurilmalar; 

tizimning ob’ekt bilan axborot va boshqaruv aloqasini (axborotni to‘plash va 
chiqarishni) ta’minlovchi qurilmalar; 

axborotni saqlash (xotirlash) qurilmalari (HQ) ular ichki (operativ va doimiy 
xotira) va tashqi (magnitli barabanlar, lentalar, disklardagi katta sig‘imli operativ 
xotira) xotiralarga bo‘linadi; 

tashqi (tizimdan tashqari) aloqa liniyalariga chiqish qurilmalari; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


436 

tizimning funksional bloklari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi 
qurilmalar; 

tashqi eltuvchilardan (perfolenta, perfokartalar, bosish qurilmalaridan) axborotni 
kiritish va ularga chiqarish qurilmalari. 
Prosessor va xotirlovchi qurilmalardan boshqa hamma jixozlar kiritish-
chiqarish qurilmalari (KCHQ) deyiladi. 
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini qurishning agregat prinsipi
quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

tizimning ko‘p prosessorli tuzilmasidan, masalan, uning ishonchliligini yoki 
unumdorligini oshirish maqsadida foidalanish; 

boshqarish va nazorat qilishning qo‘shimcha vazifalarini amalga oshirish yoki 
mavjud vazifalarini murakkablashtirish uchun xotira hajmini oshirish; 

tizimning argegat vositalar to‘plamiga kiruvchi kiritish-chiqarish qurilmalari soni 
va tarkibini almashtirish; 

boshqarish tizimi ishlov beruvchi va shakllantiruvchi kirish va chiqish axborotlari 
hajmini o‘zgartirish. 
Pirovardida, hisoblash texnikasining zamonaviy agregat vositalari tarkibiga 
axborotga ishlov berishni kiritish va chiqarishni tashkil etuvchi dasturlar komplekti 
ham (ichki matematik ta’minot), shuningdek, funksional bloklarning o‘zaro ishlashi 
ham kiradi.

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish