Kontaktsiz va kontaktli datchiklarning tizim bilan bog‘lanish sxemalari
.
a - kontaktsiz datchikning tizim chiqishi bilan bog‘lanishining sxematik ko‘rsatilishi,
b
, v - datchiklariing kontaktli
o‘zgartkich bilan ulangan ikki usuliniig sxematik ko‘rsatilishi.
15.1-rasm, a da kontaktsiz datchikning chiqishi bilan bog‘lanishi sxematik
ko‘rsatilgan. 15.1-rasm b, v da esa datchiklarning kontaktli o‘zgartkich bilan
ulanishining ikki usuli sxematik ko‘rsatilgan.
15.1-rasmda quyidagilar shartli ravishda tasvirlangan: 1-boshqarish ob’ekti; 2-
datchikning o‘lchash elementi; 3-kontaktsiz ikkilamchi asbob (datchik o‘zgartkichi);
3-kontaktli o‘zgartkich; 4-tizimning kirish signallarini qabul qilish bo‘g‘ini; 5-
boshqarish tizimi; U-datchikni ta’minlovchi kuchlanish.
Ijro etuvchi mexanizmlarga talablar asosan boshqarish ob’ekti tomonidan va
biroz darajada boshqaruvchi tizim tomonidan belgnlanadi. Haqiqatdan, agar,
masalan, ijro etuvchi organ biror kontaktor bo‘lsa, u holda uning xarakteristikalari
birinchi navbatda bu kontakt ulaydigan zanjirlarning quvvati bilan belgilanadi.
Ikkinchi tomonidan, tizim tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining
nomenklaturasi, odatda, ancha cheklangan va boshqaruv ob’ekti turli ijro etuvchi
mexanizmlarining katta spektrlarini har doim ham «qoplab» ololmaydi.
Buyurtmachining vazifasi shundan iboratki, ijro etuvchi organlarni, asosan,
tizimning kuchaytirgichlariga bo‘ladigan yuklanishlarning qiymati va xarakteri
bo‘yicha imkoni boricha maksimal darajada bir xillashtirishga erishishdir. Bundan
tashqari, agar ob’ekt uchun noelektrik tabiatdagi boqaruvchi signal talab qilinsa, u
holda ishlab chiquvchi tegishl o‘zgartkichni tanlab olishi kerak.
Ijro etuvchi mexanizmlar nomenklaturasi va qiymati aniqlangandan so‘ng
buyurtmachi boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining
xarakteristikalari va nomenklaturasiga qo‘yiladigan asoslangan talablarni ta’riflab
berishi kerak.
Ba’zi ijro etuvchi mexanizmlar shunday tuzilganki, ularda kiruvchi boshqaruv
signali turli xil mexanik va elektr moslamalar hisobiga boshqaruvchi kirish signalini
xotiraga olish amalga oshiriladi. Bunday mexanizmni ishga tushirish uchun uning
kirishiga impuls tarzidagi boshqaruvchi signal berish etarli. Bu signal olingandan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
432
so‘ng mexanizm unga o‘chirish haqidagi maxsus signal berilmaguncha ulangan holda
turadi. Bunday mexanizmga misol tarzida xonadagi oddiy elektr o‘chirgich
(viklyuchatel) ni keltirish mumkin.
Boshqa turdagi ijro etuvchi mexanizmlar kirishda ulanishga signal bor ekan,
ulangan holda turadi va agar boshqaruvchi signal bo‘lmasa, uziladi. Bunday ijro
etuvchi mexanizmga misol tarzida uyga kiraverishdagi elektr qo‘ng‘irog‘i tugmachasi
xizmat qilishi mumkin.
Ijro etuvchi mexanizmning biror turini tanlash texnologik jarayonning o‘ziga
xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, tizimning kirish qurilmalari strukturasiga va
axborotni chiqarish dasturiga katta ta’sir qiladi. Bu ta’sir xotirali mexanizmlarni
boshqarish uchun ikkita boshqaruvchi buyruqni - ulashga va uzishga alohida
buyruqni shakllantirish zarurligi (xotirasiz ijro etuvchi mexanizmlarda buning
zarurati yo‘q) bilan belgilanadi. Ayrim hollarda biror sababga ko‘ra ikki
boshqaruvchi kirishli mexanizmlardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda, lekin tizim
chiqishida
xotirlash
talab
qilinganda,
bu
xotirani
tizimning
chiqish
kuchaytirgichlariga «ko‘chirishga» to‘g‘ri keladi, ya’ni ulash va uzish uchun
kirishlari alohida bo‘lgan ijro etuvchi mexanizmlarni boshqarishga o‘xshash maxsus
xotirali kuchaytirgichlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha ijro etuvchi mexanizmning quvvati eki boshqa xarakteristikalari uni
bevosita tizimning kirish kuchaytirgichlari orqali boshqarishga imkon bermaydi. By
holda moslovchi element o‘rnatishga to‘g‘ri keladi (odatda bu rele bilan ishlaydigan
dastlabki kuchaytiruvchi oraliq blokidir), u o‘z kirish parametrlari bo‘yicha tizim
kuchaytirichlariga to‘g‘ri kelishi, chiqish parametrlari bo‘yicha esa ijr etuvchi
mexanizmlarga to‘g‘ri kelishi lozim.
SHunday qilib, boshqarish ob’ekti bilan tizim o‘rtasidagi aloqani ta’minlash
uchun buyurtmachi quyidagilarni bajarishi kerak:
1)
boshqarish tizimining kirish va chiqish axborotlari hajmini analogli (uzluksiz)
va diskret signallari bo‘yicha alohida-alohida ishlab chiquvchi bilan aniqlashi
va kelishib olishi;
2)
diskret va analogli kirish signallarining ma’qul bo‘ladigan (boshqarish tizimi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
433
bilan tutashish nuqtai nazaridan) parametrlarini ishlab chiquvchi bilan
aniqlashi va kelishib olishi;
3)
tizimning datchiklar zanjirlari bilan galvaniq ajralishini talab qiluvchi hamma
kirishlarini sanab chiqishi va tizimni ishlab chiquvchi bilan bunday ajralishni
amalga oshirish usullarini kelishib olishi (kontaktli kirishdan yoki tizimning
kirish qurilmalaridagi sxemali echimlardan foydalanish);
4)
diskretli va analogli signallar datchiklarini talab qilingan xarakteristikalarni
(chiqish kuchlanishi amplitudasi, yuklanish toki, datchik turi, ishonchlilik va
hokazo) hisobga olgan holda tanlashi;
5)
boshqarish ob’ekti ijro etuvchi mexanizmlarini imkoni boricha tizimning
chiqish kuchaytirgichlari nomenklaturasini hisobga olgan holda tanlash;
6)
ijro etuvchi mexanizmlarning chiqish kuchaytirgichlari va kirish zanjirlari
parametrlari mos kelmagan holda tegishli moslovchi o‘tish qurilmalarini
tanlash, shuningdek, ularni ob’ektda joylashtirish o‘rnini aniqlashi;
7)
tizimdan ob’ektga chiquvchi va boshqaruvchi signalni xotirlashni talab
qiluvchi hamma chiqishlarni sanab chiqishi (bunda xotirali ijro etuvchi
mexanizmlar bilan ta’minlanganlarni ajratish kerak);
8)
boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi analogli-rakamli va raqamli-analogli
o‘zgartkichlarga qo‘yiladigan zarur talablarni (aniqlik almashtirish tezligi,
chiqish signalining shakli va xarakteri) aniqlashi;
9)
datchiklar va kirish qurilmalari orasidagi aloqa liniyalarini ta’minlash,
shuningdek, tizimning chiqish tizimlari va ijro etuvchi mexanizmlar orasidagi
aloqani mazkur ob’ekt uchun kabel aloqasi (o‘tkazish usullari, xalaqit
berishlarga bardoshliligi va boshqalar) talablariga o‘ziga hoslikni hisobga
olgan holdagi aloqa liniyasini va ishlab chiquvchining talablarini (aloqalarning
yo‘l qo‘yilgan uzunligi, biriktirish usullari, halaqit berishning ta’sirini
pasaytirish va boshqalar) ta’minlashi.
Buyurtmachining sanab o‘tilgan ishlarni bajarishi (albatta, tizimni ishlab
chiquvchi ishtirokida) tizimni boshqarish ob’ektiga yanada ishonchli bog‘lashga va
keyinchalik mumkin bo‘ladigan o‘zgartirishlar va qayta ishlashlarni ancha
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
434
qisqartirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |