Umumiy doc


-§. OB’EKTLARDA KECHIKISH



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   603
Bog'liq
resources-1

12.5
-§. OB’EKTLARDA KECHIKISH 
Agar rostlanuvchi ob’ektga g‘alayonlanuvchi yoki boshqariluvchi ta’sir 
ko‘rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas balki 
birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zgaradi ya’ni ob’ektda jarayonning kechikishi 
hosil bo‘ladi. Modda (energiya) ning yaqinlashish yoki sarf o‘zgarishi bo‘yicha oniy 
(pog‘onali)g‘alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. SHuning uchun,
rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayonlanish uchun mos hisoblanadi.
Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionaligi bilan 
izohlanadi. Sof (transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud. 
G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan paytdan boshlab 
rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan vaqt 
sof 
kechikish
deyiladi. Bu vaqt ta’sir ko‘rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning 
modda
yoki energiya oqimining harakat tezligi va g‘alayonlovchi hozirgi 
qiymati o‘lchanadigan nuqta orasidagi masofada aniqlanadi. Sof kechikish tashqi 
ta’sirning shakl va qiymatiga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani vaqt 
mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo‘lsa, ob’ekt sof 
kechikishi mavjudligi chiqish signalining faza bo‘yicha kechikishiga olib keladi: 
.
2
m
T
m
τ
ω
τ
π
ϕ
=
=
Agar ob’ektdagi modda yoki energiya harakatining tezligini cheksiz 
kattalikkacha etkazish mumkin bo‘lsa, sof kechikishni nolga tenglashtirish mumkin 
bo‘lar edi. Sof kechikishni minimumga etkazish uchun datchik sezgir elementini va 
ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini bir-biriga hamda rostlovchi ob’ektga 
mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim.
Oraliq kechikish
rostlanuvchi ob’ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari bilan 
ajratilgan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan 
izohlanadi. Bu qarshiliklar ob’ektda modda yoki energiya harakatiga to‘sqinlik qilib, 
tarqalish egri chizig‘ining transformasiyasiga sabab bo‘ladi. Oraliq kechikishni 
ob’ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi kattaliknnng 
o‘zgarishi boshlangan paytdan tarqalish egri chiziriga o‘tkazilgan urinmaning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


386 
abssissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan aniqlash mumkin. 
Oraliq kechikish o‘tish jarayonining, ayniqsa, dastlabki davrida ob’ekt tarqalish egri 
chizig‘ining transformasiyasiga olib keladi. Oraliq kechikishning qiymati qancha 
katta bo‘lsa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi 
shuncha past bo‘ladi. SHunday qilib, kichik o‘zgarishli o‘tish jarayonlarida oraliq 
kechikish avtomatik rostlash vazifalarini engillashtiradi. 
Oraliq kechikish ob’ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar qiymati bilan 
aniqlanadi. Oraliq karshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq kechikish 
qiymatining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob’ektning 
t
o‘
liq kechikish vaqti
τ
sof kechikish vaqti 
m
τ
bilan oraliq kechikish vaqti 
n
τ
ning yig‘indisidan iborat: 
n
m
τ
τ
τ
+
=
Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, tizimning 
turg‘unlik koeffisientini kamaytiradi. Tuliq kechikish vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, 
ob’ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning haddan tashqari 
kattaligi ob’ektda rostlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun, to‘liq kechikish 
qiymatini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 
12-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1.
O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish 
2.
Sig‘im koeffisienti 
3.
Tarqalish vaqti 
4.
Inersionlik o‘lchovi 
5.
Sof kechikish 
6.
Sig‘im o‘lchovi 
7.
Oraliq kechikish 
8.
To‘liq kechikish vaqti 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Rostlanuvchi ob’ekt deganda nimani tushunasiz? 
2.
Tarqalish vaqti nima? 
3.
Ob’ektning qanday xususiyati o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish deyiladi? 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


387 
4.
Bir va ko‘p sig‘imli ob’ektlar deganda nimani tushunasiz? 
5.
YUklama nima va u qanday aniqlanadi. 
6.
Ob’ektlarda kechikishlar qay xolatda bo‘lishi mumkin? 
7.
To‘liq kechikish vaqti deganda nimani tushunasiz? 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish