Umumiy doc



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   603
Bog'liq
resources-1

 
 
 
 
 
IX bob. TEXNOLOGIK O‘LCHASH VOSITALARIDA
MIKROPROSESSORLARNING Q O‘LLANILISHI 
9.1- §. UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Texnologik o‘lchashlarni bajarishda bir qator hollarda o‘lchanayotgan 
kattaliklarning qiymatlarini va o‘lchash xatoliklarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan 
turli hisoblash ishlarini (operasiyalarini) bajarish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, 
texnologik parametrlarni avtomatik nazorat qilishni samarali tashkil etish uchun turli 
xil mantiqiy operasiyalarni bajarish talab qilinadi. Bu masalalar mikroprosessor 
qurilmalar yordamida hal qilinadi. 
O‘lchov asboblarida, o‘zgartkichlarda va texnologik o‘lchashlar uchun 
foydalaniladigan tizimlarda mikro EHM va mikroprosessorlar qo‘llaniladi. Bu 
qurilmalarning texnik aso-si bitta kristallda 10
3
—10
6
ta elementi bo‘lgan katta va o‘ta 
katta integral sxema (KIS va O‘KIS)lar hisoblanadi. 
Keyingi paytlarda mikroelektronika va hisoblash texnikasining eng muhim 
yutug‘i KIS asosidagi mikroprosessorlarni yaratish hisoblanadi. 
Dastlabki mikroprosessorli KIS 1971 yilda chet elda yaratildi va hisoblash 
texnikasi va raqamli avtomatika vositalarini ishlab chiqaruvchi — mutaxassislarni 
uning dasturiy boshqarishning imkoniyatlari bilan ta’minlanuvchi keng qo‘llanish 
istiqbollari bilan o‘ziga jalb qildi. Hozir mikroprosessorlarning paydo bo‘lishini 
elektronika va hisoblash texnikasi sohasidagi ekspertlar inqilobiy hodisa sifatida 
baholab, uni XX asrning 50-yillardagi birinchi yarim o‘tkazgichli elementlar va 
qurilmalar bilan taqqoslashadi. 
Mikroprosessor
— funksional tugallangan, bitta yoki bir nechta KIS yoki 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


323 
O‘KIS ko‘rinishida bajarilgan, raqamli axborotni ishlovchi, xotirada saqlovchi dastur 
bilan boshqariluvchi qurilmadir. Bu qurilmani mikroprosessor deyiladi, chunki u 
vazifalari va tuzilishiga ko‘ra odatdagi EHM prosessorining soddalashtirilgan xilini 
eslatadi. Ixchamligi, og‘irligi kamligi va kam energiya iste’mol qilishi 
mikroprosessorni o‘lchov qurilmalarining, avtomatik rostlash va boshqarish 
vositalarining 
elektron 
sxemasiga 
bevosita 
ulash 
imkonini 
beradi. 
Mikroprointegrasiyalashning kichik va o‘rtacha darajasidagi integral sxemalarda 
qurilgan prosessorlarga qaraganda ancha arzon, ishlatishda tejamliroq va 
ishonchliroqdir. Mikropressor dasturlanuvchi mantiqli KIS yoki O‘KIS ga 
asoslangani uchun u qat’iy qayd etilgan mantiqli integral sxemalarning ko‘pchilik 
turlarining o‘rnini bosdi. Mikroprosessorning dasturini o‘zgartirib, uning yordamida 
ko‘pgina turli xil masalalarni echish imkoni yaratilishi mumkin. 
Mikroprosessor odatda maxsus ishlab chiqilgan o‘zining konstruktiv-
texnologik qiymatlariga ko‘ra bir xil va yagona butun yig‘ilishi mumkin bo‘lgan 
alohida mikroprosessorli va boshqa integral sxemalarning yig‘indisidan iborat 
bo‘lgan mikroprosessor komplekti (to‘plami) tarkibida foydalaniladi. Komplekt 
tarkibiga: mikroprosessorlar, xotirlovchi qurilmalar, axborotni kiritish, chiqarish, 
mikrodasturli boshqaruv va hokazolarning integral sxemalari kiradi. 
Mikroprosessor komplektlari mikroprosessorli tizimlar, mikro EHMlar, 
mikrokontrollerlar va boshqalar kabi keng funksional imkoniyatlarga va yagona 
matematik ta’minotga ega bo‘lgan raqamli boshqariluvchi hisoblash qurilmalarini 
qurish uchun mo‘ljallangan. 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish