Termokimyoviy gaz analizatorlari Bu gaz analizatorlarining ishlashi kislorodning boshqa gazlar bilan
katalizatorlar ishtirokida o‘tadigan reaksiyasining issiqlik samarasini o‘lchashga
asoslangan. Mazkur asboblarning ikki guruhi keng tarqalgan.
Asboblarning birinchi guruhida yonish katalitik aktiv bo‘lgan platina tolada
sodir bo‘ladi, bu tola ayni bir vaqtda sezgir element — o‘lchash ko‘prigining elkasi
hisoblanadi. Bu guruhdagi asboblarda tahlil qilish aniqlanadigan komponent
yonganida haroratning ortishini o‘lchashga asoslangan.
Ikkinchi guruh asboblarda oksidlanish reaksiyasi katalizator qatlamida sodir
bo‘ladi, reaksiyaning issiqlik samarai esa qarshilik termometri yoki shu katalizatorda
joylashtirilgan termobatareya bilan o‘lchanadi.
Birinchi
guruh
termokimyoviy
gaz
analizatorlarining prinsipial sxemasi 6.9-rasmda
keltirilgan. Gaz analizatorining o‘lchash sxemasi
o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan
6.9 – расм .