204
kanallar xizmat qiladi. Indikator kamerasiga kameraning
ish hajmini termostatlash
uchun qizdirish elementi II va harorat indikatori 9 o‘rnatilgan.
Indikatorli va yordamchi elektrodlar
oltindan tayyorlangan,
taqqoslash
elektrodi sifatida esa to‘yintirilgan kalomel yoki
kumush yugurtirilgan xlor
elektrodlardan foydalaniladi. YAcheykada elektrolit yordamida kislorodni aniqlashda
NaOH ning 0.1 i eritmasi yoki NHCO
3
ning 0,1 i eritmasi ishlatilishi mumkin.
Gaz analizatoriga beriladigan gaz namunani mexanik qo‘shilmalardan
tozalaydigan filtr 1 orqali yuboriladi. Namunani berish
tezligi sarf rostlagichi
yordamida rostlanadi. SHundan
keyin gaz yacheykaga keladi, elektrolitda o‘z
bosimiga mutanosib ravishda eriydi. Tahlil qilinayotgan gaz elektrolit ustida yig‘ilib,
elektrolitni indikatorli
kameradan siqib chiqaradi, kanal a
ning pastki kesigi sathiga
qadar, so‘ngra zahira elektorlit bilan
kamera orqali barbotirlanib,
atmosferaga
chiqarib tashlanadi.
Gaz analizatori kislorodning beshta o‘lchash diapazoniga ega: 0—0,1; 0—0,2;
0—0,5; 0—1; 0—2. Asosiy xatolik o‘lchash diapazonining ±5% iga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: