Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari
Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni va bug‘larni uzluksiz tarzda avtomatik
tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa bu usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning
mikrokonsentrasiyasini, toza gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar
konsentrasiyasini, shuningdek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentrasiyasini aniqlash
uchun keng qo‘llaniladi.
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida
biror komponentning konsentrasiyasi
aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralashmasining elektr-
kimyoviy xossalarining o‘zarishiga qarab aniqlanadi. Quyida eng ko‘p tarqalgan
asboblar ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |