Umumiy biologiya


II.5. Tuproq sharoitiga ko’ra  begona o’tlar  guruhlari



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#210073
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri

II.5. Tuproq sharoitiga ko’ra  begona o’tlar  guruhlari. 

Qishloq xo’jalik yerlarida begona o’tlar madaniy o’simliklar bilan birgalikda 

hamda    tuproqda  uchraydigan    boshqa    tirik  organizmlar  bilan    hamjihadlikda 

tuproq  yuzasida    murakkab  biogeotsenoz  hosil  qiladi.  O’stiriladigan  ekinlarga 

beriladigan  agrotexnik  ishlov  begona  o’tlarning  o’sish  va  rivojlanishini  hamda 

tarqalishini  tezlashtiradi.  Bunday  sharoit  begona  o’tlarning  bir  va  ko’p  yillik  

turlari uchin juda qulay hisoblanadi.  

Begona  o’tlarning  ko’pchiligi    asosan  urug’  bilan  ko’payadi.    Ammo  ular 

ichida vegetative yo’l bilan ko’payadigan turlar ham oz emas. Shuning uchun ular 

ekologik jahatdan  urug’li va vegetativ begona o’tlar guruhi deyiladi.  

Urug’  bilan  ko’pyadigan  begona  o’tlar  madaniy  o’simliklarga  qaraganda  

yuz  ming  marta  ko’p  urug’  hosil  qiladi.  Shunday  begona  o’tlarga  babuna, 

moychechak  (Matricaria),  qoqi  (Taraxakum  officinale),  achambiti  (Caapsella  

bursa-pastoris), yulduz o’ti (Stellaria neglecta, S media) itizum (Solanum  nigrum), 

lolaqizg’aldoq(Papaver  pavoninum  p.rhoaes),  otquloq  (rumex),  zubturum 

(Plontago), yovvoyi sabzi (Daucas careta), rango’t (sinapis Arvensis) kabilar 1000 

dan ortiq urug’ hosil qiladi,  madaniy o’simliklardan  boshoqlilar 200-250  atrofida 

don hosil qiladi.  Bir  gektar haydaladigan yerdan olinadigan  tuproq namunalarida 

o’rtacha 25 mln, maksimum 100 mln  begona o’tlar urug’i uchraydi.  

Begona o’tlar urug’i turli yo’llar bilan ( shamol, suv, hayvonlar, qush,  inson 

yordamida)  tarqaladi.  Shamol,  suv  urug’ni  bir  joydan  ikkinchi  joyga,  qushlar, 

hayvonlar,  hatto chumolilar ham urug’ni bir joydan boshqa yerga  borishiga sabab 

bo’ladi.  



 

41 


Begona o’tlar ildizi, bo’g’ini yerga, tuproqqa  tushishi bilan  o’sa boshlaydi.  

Ularga  ajriq,  g’umay,  g’ozpanja,  qirqbo’g’in,  oddiy  oqqaldirmoq,  o’rmalovchi 

ayiqtovon, agrostis, otquloq, chirmovuq va boshqalar misol bo’ladi.  

Ko’pchilik  begona  o’tlar  urug’i  ona  o’simlik  atrofiga  tushadi,  to’kiladi  va  

ma’lum muddatdan keyin shu yerdan o’sib chiqadi.  Ularning urug’i tuproqda uzoq 

vaqt  saqlanish  qobiliyatiga  ega,  qulay  sharoit  kelishi  bilan  ular  unib  chiqadi.    

Undan tashqari ularning urug’i  turli material orqali   tarqaladi va yaxshi  sharoitga 

tushib  tez unib chiqadi.  Urug’li material yaxshi tozalansa,  bu yo’l kuzatilmaydi.  

Tuproqning  namlik  darajasi,  harorat  va  yorug’lik  sharoitiga  qarab  begona 

o’tlar turlari  quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

Loyroq  tuproqlarda  urug’i  unib  chiquvchi  turlar,  ularga  Sagina,  Junkus  

turlari kiradi. 

Urug’i nam tuproqlarda unib chiquvchi turlar.ularga Anagalis, Plantago, Poa 

turlari kiradi. 

Tuproqning  turli  namlik  darajasida  urug’i  unib  chiqadigan  turlarga 

Medicago, Stellaria, Veronica  kabi turkumlar vakillari kiradi. 

Tuproqning  mo’tadil    namligida  urug’i  unib,    tuproqning  yuqori  namlik 

darajasida urug’i nobud bo’ladigan turlar.  

Quruq  tuproqda  urug’i  yaxshi  unib  chiqadigan  turlar  Thlaspi,  Sonchus, 

Avena turkumlariga xosdir.  

Begona  o’tlar  turlari  urug’ning  unib  chiqishidan  tuproqdagi  haroratga 

nisbatan  quyigagi guruhlarga bo’lindi: 

1. Past haroratda urug’i unib chiqadigan turlar  

2. Haroratning keng doirasida  urug’i unib chiqadigan turlar  

3. Urug’lari optimum haroratda unib chiqadigan turlar.  

4. Harorat 25-40 0 C  bo’lganda urug’lari unadigan  turlar  

5. Yuqori haroratda urug’lari unadigan turlar  

6. Haroratga befarq, tinchlik davrini o’tmasdan  urug’lari unadigan turlar   




 

42 


Yuqoridagi  ekologik    guruhlarning  past  haroratga    xoslarining  urug’i    kuz, 

qish va  o’rta bahorda unib chiqadi. 4-5- guruh turlarning  urug’lari esa yoz  fasli 

boshlarida unib, kuzda urug’i pishib yetiladi. 

Begona  o’tlarning  yaxshi  o’sishi  uchun  iqlim  va  tuproqda  yetarli  ekologik 

sharoit bo’lishi kerak. Undan tashqari har bir turning  muhitga nisbatan  ma’lum 

fiziologik potensiali ham bor. Muhitda turning fiziologik va ekologik o’sish hamda   

rivojlanish  uchun  optimum  talabi  bir-biriga  to’g’ri  kelsa  tur  o’sadi.  Ammo 

raqobatli  sharoitda    bir  tur  ikkinchisini  siqib  chiqaradi.  Masalan,  rango’tni  toza  

ekinzorlarda o’sishi uchun  tuproqni vodorod ioni pH=6.5 atrofida, sharoit ozroq 

nordon  bo’lsa,  bu  tur  boshqa  begona  o’tlar  ko’p  nordon  sharoitda  

(pH=4)raqobatlikdan holi bo’lib,  boshqa turlarga nisbatan yaxshi o’sadi.  Bunday 

holatni oqqaldirmoqda ham kuzatish mumkin. Unumli tuproqlarda o’sadigan ayrim 

turlar  ishqorli  loy  tuproqlarda  ham  rivojlanadi.  Ko’p  turlar  nordon  sharoitdan 

nordon, hattoki ishqorli yerlarda ham o’sadi.  

  

Tuproqning  vodorod  ioni  (pH)  omiliga  nisbatan  begoha  o’tlar  quyidagi 



guruhlarga bo’linadi: 

1. Karbonatli tuproqlarni aniqlovchi  va neytral-ishqor sharoitda o’suvchi turlar. 

2. Karbonatli, yengil nordon tuproqlarda o’suvchi  

3. Nordon tuproqlarni aniqlovchi  indikator turlar  

Tuproqning  eritmasi  u  yoki  bu  yerda  uchraydigan  begona  o’tlar  birliklari, 

guruhlari, turlar tarkibi va  tuproq turlarini aniqlashda  katta ahamiyatga egadir.  

Tuproqlarning suv rejimiga qarab begona o’tlar, quyidagi guruhlarga bo’linadi. 

1. Tuproq namligini o’zgarishi  va turib qolgan suvlarga chidamli ko’p yillik  turlar  

2. Tuproq namligiga talabchan bo’lgan bir yillik turlar  

3. Tuproqning o’rta hol namligida yaxshi o’sadigan begona o’tlar  

4. Ma’lum darajada quruq tuproqda o’suvchi turlar  

  

Ma’lumki,  ekin  maydonlarida    madaniy  o’simliklar  bilan  begona  o’tlar 



tuproqdagi  ozuqa  moddalar,  namlik,  yorug’lik,    harorat  kabi  omillarni  ko’proq 

olish uchun  raqobatda bo’ladi va  qaysi tur tezroq va baland o’ssa, unga yorug’lik, 

issiqlik,  ozuqa  moddalar  va  muhitda  kenglik  ko’proq  bo’ladi.    Shu  tur  vakili 



 

43 


raqobatlikda yengib chiqadi. Demak, boshqa turlardan tez o’sib baland bo’lish ham  

raqobatlik  omili  hisoblanadi.    Natijada  tur  o’sadi,  rivojlanadi,  urug’  qoldirib  

kelajakda  naslni ta’minlaydi. 

Ko’pchilik 

begona 

o’tlar 


madaniy 

o’simliklarni 

kasallantiradigan  

zararkunandalarni tarqatuvchi, o’tkazuvchi o’rta pog’ona hisoblanadi. 

O’zbekiston qishloq xo’jalik ekinzorlarida  ko’plab begonao’tlarning turlari 

uchraydi.  Masalan bog’ va uzumzorlarda 79, bedapoyalarda 82,  tutzorlarda 37 ta  

begona  o’tlarning  turlari  uchraydi.    Shu  turlardan  23  tur    fuzarium  zamburug’i 

bilan  zararlanadi.  Ya’ni  paxta  dalalarida  uchraydigan  begona  o’tlarning  32  %,  

bug’doyzorlarda  uchraydigan  begona  o’tlarning  41  %  fuzarium  kasalligi  bilan 

kasallangan va ular kasal tarqatuvchi manba bo’lgan.  

Ko’pchilik  begona  o’tlar  kasal  tarqatuvchi  patogen  organizmlarga  xojayin 

o’simlik  hisoblanadi.  Shunday  o’simliklarga  bedalar,  ituzumlar,  sho’ralar, 

boshoqlilar  vakillari  misol  bo’ladi.  Ma’lumki, ko’pchilik bir  yillik begona o’tlar 

kuzda ekin maydonlaridan yig’ib olinadi.  Ammo ular orqali tarqaladigan potogen 

bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar tuproqda saqlanib qoladi va ular bahorda qulay 

sharoit    kelishi  bilan  xo’jayin  o’simlikka  o’tib  rivojlanishni  boshlaydi  va  ekilgan 

madaniy o’simliklarni kasallantiradi. Masalan, bitta bodringga olachipor (mozaika)  

kasalligini  tarqatuvchi  virusning  200  dan  ortiq  xo’jayin  o’simligi  bor.  Tamaki 

virusning 70 dan ortiq xo’jayin – begona o’ti bor. 


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish