Asalarilar uyadan uchib chiqmasdan erta tongda og‘zi turlar bilan berkitildi,
quyosh endigina botayotganda ochildi. Bunda asalarilarning hammasi baravariga
uyadan uchib chiqishdi, suvdondan suv ichib, oqshomda
dala tomon uchmadilar, balki
uyaga qaytdilar. Asalarilar bilan bunday tajriba olib borish olti kun davom etdi.
Talabalar asalarilar bunday usulda boqilganda deyarli nobud bo‘lmaganligini qayd
qildidar.
Qishloq xo‘jaligi ekinlariga zaxarli ximikatlar bilan ishlov berish vaqtida
asalarilarni bunday boqishga oid olib borilgan tajribalar talabalarga asalarilarning
hayoti va biologik xususiyatlarini yaxshi bilishga yordam berdi. Talabalar bu bilimlar
asosida dalalarga zaxarli ximikatlar bilan ishlov berish vaqtida asalarilar hayoti uchun
qulay sharoit yaratishni o‘rganib oldilar. Bu tajribalar bolalar uchun katta amaliy va
ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Asalarilar ustida ishlab chiqilgan kuzatish va tajribalar talabalari uchun oson
tushuniladi. U asalarichilikda ko‘p marta tekshirish bilangina emas, balki bu
tekshirishlardan kelib chiqadigan pedagogik natijalar bilan ham tasdiqlanadi.
Tajribalarning tushunarliligini aniqlar ekanmiz, biz talabalarning o‘quv jarayonida
olgan bilimlarigagina yondoshmay, balki ularning shaxsiy mehnatlari natijasida
to‘plangan hayotiy taj ribalari, kuzatishlari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni turli
tarmoqlari bilan bo‘ladigan boshqa barcha xilma-xil aloqalarli ham xisobga oldiq.
Kuzatish va tajribalarning bir qismini barcha o‘quvchilar bilan bir vaqtda asalarilar
boqiladigan joyda o‘tkazish (masalan, uyaning tuzilish printsipi, asalarilar oilasi
hayotini o‘rganishdagi asbob-uskunalar bilan tanishish va boshqalar) mumkin.
Kuzatishlarning boshqa qismini kichik gruppalarga yani ayrim talabalariga
topshirish mumkin. Masalan, asalarilarning rivojlanishi ustida kuzatishni 6 ta talabaga
topshirish mumkin. Bunda talabalar gruppalarga bo‘linib, ular yoz davomida kuzatish
olib borishlari, kollektsiya tuzishlari va asalarilarni sinfda o‘rganayotgan darsda
ko‘proq, gullagan vaqtda asalarilar sutkasiga 14 soat va undan ko‘p uchib yuradi.
Kuzatish va tajribalar natijasi asalarilarning rivojlanishi va asalarichilik mahsulotlari
(asal, mum va boshqalar) yetishtirishni .
Aks ettiradigan jadval , grafik, kundalik daftar, maketlar shirali o‘simlik
gerbariylari , kolleksiyalar yordamida rasmiylashtiriladi.
Talabalar asalarilarda hidga nisbatan shartli refleks hosil qilish tajribasini
o‘tkazish bilan ularning barcha faoliyati markaziy nerv sistemasi orqali
Do'stlaringiz bilan baham: