oziq izlab chiqadi. Tabiatda nektar, gulchang ko‘p bo‘lgan vaqtda
ham yosh arilar erta
uchib chiqadi.
Iskab uchishdan keyin asalarilar suv, nektar, gulchang va smola moddalar yig‘ish
uchun uyasidan uchib ketadi. Smola moddalar (qatron) dan asalarilar yelim (propolis)
tayyorlaydi. Suv ishchi asalarilar lichinkalariga va ota arilarning kattaroq avlodiga
asal va pergadan oziq tayyorlash uchun kerak. Ayniqra, bahorda hali tabiatda nektar
kam vaqtda yosh naslni tarbiyalash uchun suv ko‘p sarflanadi. Erta bahorda ob-havo
noqulay vaqtda asalarilar uchib chiqa olmaydi, lekin —6°, —8° da ham suv izlab
chiqishi mumkinligi aniqlangan.
Asalarilar nobud bo‘lishining oldini olish uchun arixona yoniga suv solingan
idishlar qo‘yish tavsiya etiladi. Har bir asalari oilasiga bir sutkada 300 g gacha suv
zarur ekanligi aniqlangan.
Asalarilar ba‘zan tuzli suvga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun sho‘r suv solingan
idishlar ham qo‘yish kerak (bir litr suvga 3—5 g tuz solinadi). Qishda ham agar
arixona oftob joyda joylashgan bo‘lsa, asalarilarning suvga extiyoji ortadi,
bezovtalanadi. Shunday vaqtda ularga suv berish kerak.
Asalarilar oilasi normal rivojlanishi uchun uyaga doim yetarli miqdorda gul
changi keltirilishi va romlarda perga yetarli bo‘lishi kerakligi aniqlangan. Aks holda
tarbiyalanayotgan avlodning soni kamayib ketadi va oxirida nasl tarbiyalash
to‘xtaydi. Agar bitta asalarini tarbiyalash uchun 100 mg gul changi kerak bo‘lsa, 2000
00 ta asalaridan iborat oilani oziqlantirish uchun 20—25 kg gul changi kerak bo‘ladi.
Tajribada bitta oiladan 32 kg gacha chang yig‘ib olingan.
Nektar o‘simlik guli ishlab chiqaradigan shirin modda bo‘lib, asosiy oziq
manbai va asalarilar asal ishlab chiqaradigan modda hisoblanadi. Oiladagi ishchi
asalarilar nasl tarbiyalashdan bo‘sh vaqtida, faqat asal bilan oziqlanadi. Asalarilar
organizmining tuzilishi (og‘iz apparata nektarni shimish uchun, asal jig‘ildoni
nektarni tashib uyaga keltirish uchun, fermentlar ajratish, murakkab shakarlarni oddiy
shakarlarga parchalash yaxshi rivojlangan hidlash organlari esa ovqatni tez topish
uchun va ovqatni g‘amlash instinkti) nektardan asal ishlab chiqarishga moslashgan.
Nektar yig‘uvchi asalarining uchib ketishi tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Ob-havo
qulay kelgan vaqtda va nektar ko‘p bo‘lganda bitta asalari bir kunda o‘rtacha 13,5
marta, noqulay sharoitda esa 7 marta nektarga borib keladi. Asalari bir marta uchib
borib kelishi uchun 45,5 minut, ob-havo noqulay kelganda esa 65 minutgacha vaqt
ketadi. Asalarilarning ish kuni ob-havo sharoitiga qarab 7,5—10 soatgacha davom
etadi. Bir asalari jig‘ildonini nektar bilan to‘ldirish uchun ob-havo yaxshi kelganda 21
minut, ba‘zan bundan ham kuproq vaqt kerak
.(2 - jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: