Umumiy biologiya


asalarining  qorniga  tegishga  harakat  qiladi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana29.07.2021
Hajmi1,51 Mb.
#132266
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
asalari faunasi uchish fenologiyasi va ularning asal tarkibi

asalarining  qorniga  tegishga  harakat  qiladi.  Bu  uyin  bir  necha  sekunddan  bir 
minutgacha  davom  etadi.  O‘yinchi  asalari  bu  o‘yinni  uyaning  boshqa  joyida  ham 
davom ettirishi mumkin. Keyin u uyadan uchib chiqib ketadi. 
Aylanma  o‘yindan  tashqari  asalari  liqillama  o‘yinga    ham  tushadi.  Bunday 
vaqtda u inlar orasida yarim doira yo‘l hosil qilib yuguradi, orqaga qaytishda oldingi 
joyiga  to‘g‘ri  chiziq  bo‘yicha  boradi.  Asalarilar  o‘yini  signalizatsiyaning  o‘ziga  xos 
formasidir.  Nektar  va  chang  topgan  asalari  uyaga  qaytib  kelganda  bu  signal 


yordamida  u  yerdagi  arilarga  oziq  manbai  borligini  xabar  qiladi.  O‘yin  uyadagi 
asalarilarni  hayajonlantiradi,  nektar  yig‘ilgan  o‘simlik  gulining  hidi  esa  «safarbar» 
etilgan  asalarilarga  oziq  manbaini  tez  topishga  yordam  beradi.  Yaqin  vaqtlargacha 
aylanma  o‘yin  nektar  yig‘ishga,  liqillama  o‘yin  chang  yig‘ishga  undaydigan  signal 
deb  hisoblangan.  Ammo  o‘tkazilgan  tajribalar  natijasida  o‘yinlarning  biologik 
ahamiyati to‘g‘risida yangi ma‘lumotlar olindi. Bu ikkala shakldagi o‘yin ham nektar 
va chang yig‘ishga signal bo‘ladi. Faqat oziq manbaining uzoq,yaqinligiga qarab ikki 
xil o‘yin bajariladi. Oziq manbai yaqin masofada (50— 100 m) bo‘lgan taqdirda ular 
birinchi  xil  o‘yinga,  uzoq,  masofada  bo‘lganda  esa  ikkinchi  xil  o‘yinga  tushadi. 
Bundan tapshqari, liqillama o‘yinda oziq manbai joylashgan tomon ham ifodalanadi, 
agar  oziq,  manbai  quyoshga  qaragan  tomonda  bo‘lsa,  asalari  in  bo‘ylab  yuqoriga 
tomon  harakatlanib  o‘ynaydi,  agar  oziq  manbai  quyoshga  qarama-qarshi  tomonda 
bo‘lsa,  ari  in  bo‘ylab  pastga  qarab  harakat  qilib  tushadi.  Oziq  manbai  quyoshning 
o‘ng  tomonida  bo‘lsa,  o‘yin  harakati  ham  ungga  qiyalab  bo‘ladi.  Chap  tomonga 
qiyalab  to‘g‘ri  harakat  qilinsa,  oziq,  manbai  quyoshning  chap  tomonida  ekanligi 
to‘grisida signal berilgan bo‘ladi. O‘yin vaqtida hosil qilingan qiyalik burchagi ikkala 
holatda  quyosh  nuri  yo‘nalishi  o‘rtasidagi  burchakka  teng.  Demak,  signal  berish 
asalarilarda  murakkab  xarakterda  bo‘lib,  ularning  hammasi  yana  tekshirish  va 
aniqlashni talab qiladi. 
Asalarilarni sun‘iy oziqlantirish ustida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
ular qand sharbatini qiyinlik bilan so‘rib oladi (masalan, namlangan filtr qog‘ozdan) 
va  bunday  arilar  uyaga  qaytib  kelganda  o‘yinga  tushmaydi.  Bu  oziqqa  o‘rgangan 
asalarilar  guruhi  kelib  tursa  ham  yangi  asalarilar  uchib  kelmaydi.  Tabiatda 
asalarilarning  bunday  harakatlari  ma‘lum  ma‘noga  ega:  boy  oziq  manbaini  topgan 
asalarilar yukini uyaga olib kelib, o‘yinga tushib boshqa oila a‘zolarini oziq tashishga 
undaydi. Bular ham o‘z navbatida shu jarayonni takrorlaydi. Nektar manbai tugagach, 
uni  yig‘uvchi  asalarilar  o‘yinga tushmaydi  va  yangi guruh  asalarilarni shu  manbaga 


jalb etish to‘xtaydi. Shunday qilib, muayyan vaqtda tabiatda bo‘lgan nektar bilan bu 
o‘simliklarga kelib qo‘nadigan asalarilar soni o‘rtasida ba‘zi muvofiklik saqlanadi. 
Yuqorida keltirilgan misollar bilan asalarilar instinkti turlari tugallanmaydi, lekin 
bu  misollar  asalari  oilasining  instinktiv  harakat  formalarining  xususiyatlarini  yaxshi 
namoyish qiladi. 
Ch.  Darvin  «Turlarning  kelib  chiqishi»  (Происхождение  видов)  nomli  ishida 
murakkab  instinktlar  tabiiy  tanlanish  yo’li  bilan  oddiyroq  harakat  formalaridan 
rivojlanganligini  ta’kidlaydi.  Hasharotlar  instinktining  evolyutsiyasi  ularning 
o’zgaruvchanligi  va  murakkablashgan  yangi  harakat  formalarining  naslga  berilishi 
asosida  borgan.  Qo’lga  o’rgatilgan  hayvonlarda  tabiiy  instinktlarning  yo’qolib 
ketishini  Darvin  misol qilib keltiradi. Uy hayvonlarining yovvoyi ajdodlarida ba’zi 
bir instinktlarning yo’qolib ketishi va qo’lga o’rgatilganlarida yangi instinktlar paydo 
bo’lishini  Darvin odat va tanlash bilan bog’laydi. 
Asalarilar  instinkti  juda  o‘zgaruvchanligi  bilan  farq  qiladi  (yangi  oilaga 
ajraluvchi  va  yangi  oilaga  ajralmaydigan,  ishchan  va  kam  harakat,  mumni  ko‘p 
ajratadigan,  kam  ajratadigan  va  sust  qarshilik  ko‘rsatadigan  va  hakazo).  Bu  sun‘iy 
tanlash uchun asos yaratadi.  
Instinktlarning  harakterli  belgilarini  qisqacha  ta‘kidlab  o‘tamiz:  instinkt 
harakatning  murakkab  formasidir,.  ular  ota-onadan  naslga  beriladi..  Instinktda 
o‘rgatish  yoki  hayot  mobaynida  tajriba  qilish  elementi  yo‘q.    Ma‘lum  bir  sharoitda 
instinkt maqsadga muvofiq bo‘lsa, sharoitning o‘zgarishi bilan u asalari oilasiga zarar 
keltirishi  mumkin.  Tabiiy  sharoitda  asalarilarning  yuqorida  qayd  qilingan  harakat 
formalari  bir-biri  bilan  mustahkam  bog‘langan.  Masalan,  asalarilar  instinkt  tufayli 
nektar  yig‘ishga  uchib  boradi,  bu  instinkt  hosil  bo‘lishi  uchun  esa  ular  oziq 
manbaining  rangi,  hidiga  vaqtincha  aloqalar  ishlab  chiqish,  atrofdagi  muhitga 


yo‘naltirish  hamda  o‘z  uyasidan  nektarli  o‘simliklargacha  va  qaytish  yo‘lini  eslab 
qolish qobiliyatidan foydalanadi. 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish