Reja:
Kirish.
I. Adabiyotlar sharxi.
II. Tadqiqot uslubi va materiallari.
III. Asosiy qism.
3.1. Tuproqdagi chirish jarayoni.
3.2. Tuproq faunasining chirish jarayonidagi
ishtiroki.
3.3. Tadqiqot natijalari va tahlili.
IV. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, o’z oldiga turmush
sharoitini yaxshilash va iqdisodiyotni yuksaltirishni maqsad qilib qo’ydi. Bu
rivojlanish esa bevosita ekologik muommolar, shu jumladan, qoldiqi va uning
holatini yechimi bilan bog’liq. Bu tuproq holatini yechimiga esa yerga xar hil
agrotehnik ishlov berishlar bilan birgalikda bugungi kunda o’simlik qoldiqqlarini
chirish jarayoni va unga tasir qiladigan tuproq mikroorganizmlari va boshqa
faktorlar o’rganilishi ham kiradi. Tuproqdagi o’simlik qoldiqlarini chirishini
o’rganish ekosistemelarda kechayotgan tabiiy o’zgarishlarni to’g’ri tushunub olib,
ularni boshqarish imkonini beradi.
Ma’lumki, tuproq juda uzoq davom etgan va doimiy o’zgarib turadigan
murakkab jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. Tuproq o’simliklarini o’sib
rivojlanishi uchun mineral oziqalar bilan taminlaydigan asosiy obyektdir. Tuproq
tarkibida juda ko’p murakkab o’simlik , hayvon, mayda jonvorlarni qoldiqlari bor
va ular tuproqni organik moddalari tarkibini tashkil qiladi. Bu organik qoldiqlarni
ko’paytirish bilan birga tuproqni unumdorligi ham oshadi.
Hozirgi kunda Xorazm viloyati boshqa viloyatlarga qaraganda ekologik
jihatdan eng yomoni hisoblanadi. Bu esa tuproq tarkibining buzulganligi bilan ham
harakterlanadi. Tuproq normal holatini buzulishini oldini olish uchun sama’rali
malum metodlardan to’g’ri foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Hozirgi kunda
eng qulay va samarali bo’lgan usullardan bu dalaga o’simlik qoldiqlarini yoyishdir.
O’simlik qoldiqlarini yoyish eng qulay yo’l bo’lgani bilan unda chirish jarayoni
ketmasa, bu samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun o’simlik qoldiqlarini yoyish
bilan birgalikda chirish jarayonini ham o’rganib borish kerak bo’ladi. Chirish
jarayoniga nimalar tasir qiladi? Chirish jarayoniga birinchi navbatda, shu joyning
iqlim sharoiti qolaversa, tuproq funasi tasir qiladi. Ma’lum, tuproqda chirish
jarayoni amalga oshirishda mikroorganizmlar muhim o’rin tutadi.
I.A. Karimov (1993) “O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga
hos yo’li” asarida alohida ta’kidlab o’tilganidek, dehqonchilik rivonlantirish
muommolari O’zbekistonning bozor iqdisodiyotiga o’tish strategiyasida hal
qiluvchi bog’in hisoblanadi. Respublika mintaqalar aro mehnat taqsimotida
sabzovot, meva va uzum yetkazib beradigan asosiy o’lka bo’lib keldi va shunday
bo’lib qoladi. O’zbekiston katta eksport imkoniyatiga ega bo’lgan strategik
mahsulot pahta yetishtiruvchi va undan tayorlanadigan mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy o’lkadir. O’zlashtirishga yoroqli
bo’lgan quruq yerlar maydonining tobora kamayib borayotgan va suv resurslari
cheklangan hozirgi davrda tuproqlarning meliorotiv holatini yaxshilash orqali
uning unimdorligini oshirish qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy
omillaridan biri bo’lib qoladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ekologik muammolar, shu
jumladan, tuproq muammosining yechimi qishloq xo’jaligiga va iqtisodiyotga
ijobiy tasir etishi tabiiydir (I.A.Karimov, 1997). Zero, qishloq xo’jaligi ekinlari,
shu jumladan donli va tehnik ekinlar va ularning qayta ishlangan mahsulotlarining
sifatini yaxshilash tuproq muommosining yechimiga bog’liqdir. Bu masalani
yechimi esa iqdisodning yuksalishiga olib keladi. Shuning uchun ham tuproqdagi
o’simlik qoldiqlarini chirishiga tasir qiladigan biotik (hayvonot olami va
o’simliklar) va abiotik (harorat, yog’in, quyosh nuri va boshqalar) o’rganish, biotik
omillardan sanaladigan mikroorganizmlarni foydali turlarini ko’paytirib,
tuproqning ekologik holatini yaxshilash shu bilan birga zararlilarini yo’qatish
bugungi kunda asosiy vazifalaridan biridir.
Dexqonchilik mahsulotlarini yetishtirish va ko’paytirish muommosi,
dexqonchilikni rivjlantirish va qishloq hojaligini mehanizatsiyalash to’la-to’kis
amalga oshirishni, kimyoviy pereparatlardan kengroq foydalanishni talab qiladi.
Bunga esa ko’proq tehnika, yoqilg’i, mehnat resurslari sarf qilinadi. Dalaga
tehnikani tez-tez kirib turishi esa tuproqni ekologik, agrokimyoviy holatini
yomonlashivuga olib kelmoqda. Uni etiborga olgan holda, hozirgi kunda qishloq
hojaligida hosildorlikni oshirishda o’simlik qoldiqlaridan foydalanish borasida
ko’pgina ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shulardan bizi o’simlik qoldiqlarini dalaga
yoyish samarali o’simlikni tanlash va chirish jarayoniga tasir qiluvchi faktorlarning
aniqlanishidir. Bu faktorlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Iqlim, harorat,
shamol, yog’ingarchilik, tuproq faunasi va boshqalar.
Chirish jarayoniga har bir joyni iqlimi ham tasir qilishi aniqlangan. Bundan
ko’rinib turibdiki, chirish bevosita harorat iqlim sharoiti bilan ham bog’liq.
Qishlog hojaligi mahsulotlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish tuproq holatiga
bog’liq. Tuproqda erkin yashovchi mikroorganizmlar o’simlik qoldiqlari
parchalanishida bevosita qatnashadilar. Ular katta miqdordagi oqsilga boy mikrob
biomossasi bilan oziqlanganligi sababli, chirindilar azotga juda boy bo’ladilar.
Shulardan biri nemotoda biomossasi oziq manbai sifatida biroz ahamiyatga ega.
Shuni etiborga olgan holda tuproqqa o’simlik qoldiqlarini yoyish va chirish
jarayonini o’rganish ham maqsadga muofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: