4.16-rasm. Yorug‘lik chiquvchi chig‘i bu obyektiv-linzaning okulyarda shakllangan hosil bo’lgan tasvirdir
Yorug‘lik chiqadigan chig‘i bu obyektiv-linzaning okulyarda shakillangan tasviridir, okulyarda obyektdan kelayotgan nurlar parallelga aylanib, ko‘z chig‘iga uzatiladi. 4.16-rasmdan quyidagini topamiz
Shunday qilib, sharti quyidagini anglatadi:
Tun qorongusida inson ko‘zi qorachigisining diametri tahminan 6 mm tashkil qiladi, shunday qilib, obyektivi 100 mm bo‘lgan teleskopning minimal kattalashtirishi tahminan 17 ga teng bo‘ladi.
|
4.17-rasm. Xromatik aberratsiya. Turli ranglardagi yorug‘lik nurlari turlicha sinib, har xil fokual nuqtalarga yig‘iladi (chapda). Aberratsiya ikkita qismdan iborat axromatik linza yordamida bartaraf etiladi (o‘ngda)
| Refraktorlar. Ilk refraktorlar oddiy obektivga ega bo‘lib, kuzatuvlarda xromatik aberratsiya qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shisha har xil ranglarni har xil qiymatga sindirgani tufayli, ranglar yagona bir fokal nuqtaga yig‘ilmaydi (4.17-rasm), shu bilan birga fokus masofasi to‘lqin uzunligi oshishi bilan birga oshadi. Bunday aberratsiyani yo‘qotish maqsadida 18-asrda ikki qismdan iborat axromatik linzalar ishlab chiqilgan. Yakka linzalarnikiga qaraganda ulardagi rangning fokus masofaga bog‘liqligi pastroq va ma’lum bir qiymatga kelib u ekstremumga erishadi (odatda minimum). Bu nuqta atrofida to‘lqin uzunligi o‘zgarishi bilan fokus masofaning o‘zgarishi juda ham kichik bo‘ladi (4.18-rasm). Agar teleskop vizual kuzatuvlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, biz ko‘zning maksimal sezgirligiga mos kelaigan tanlaymiz. Fotografik refraktorlarning obyektivlari odatda moslab yasaladi, chunki oddiy fotografik plastinkalar spektrning havorang qismida eng katta sezgirlikga ega.
|
4.18-rasm.Vizual kuzatuvlarga mo‘ljallangan tipik axromatik obyektivdagi fokus masofasining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi. Fokus masofasi ko‘z maksimal ravishda sezgir bo‘ladigan atrofida minimumga ega. Ko‘k rangda ( ) yoki undan ham qizilroq rangda ( ) fokus masofasi tahminan 1.002 koeffitsientga oshadi.
| Obyektivda turli shishalardan yasalgan uch yoki undan ham ko‘p linzani birlashtirish yordamida xromotik aberratsiyani yanada ham to‘g‘irlash mumkin bo‘ladi (apoxromatik obektivlar kabi). Ular hozirgi kunga qadar astronomiyada deyarli foydalanilmagan. Bundan tashqari, shunday mahsus shishalar ishlab chiqarilgan-ki, ularda sinish ko‘rsatgichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi shu tarzda yaxshi bartaraf etiladiki, atigi ikkita linzaning o‘zi xromatik aberratsiyani deyarli mutloq bartaraq etiladi. Ammo, shu bilan birga, ular astronomiyada shu paytgacha deyarli ishlatilmaydi.
|
4.19-Rasm. Chikago universitetidagi Yerk observatoriyasining dunyodagi eng yirik refraktori. Uning obektivida diametri 102 sm ga teng linza joylashgan
|
Dunyodagi eng katta refraktorlarning diametrlari taxminan 1 m tashkil qiladi (102 sm Yerk observatoriyasi teleskopi, 1897-yilda qurib bitkazilgan (4.19-rasm), 91 sm Lik observatoriyasi teleskopi (1888)). Ularning yorug‘lik kuchi odatda f/10 ... f/20 teng.
Refraktorlarning ishlatilishi ularning kichik kuzatish maydon hamda murakkab konstruktiv qo‘rilmasi bilan chegaralanadi. Refraktorlar, masalan, qo‘shaloq yulduzlarning vizual kuzatuvlarida yokiturli meridianal teleskoplarda yulduzlarning joylashishini o‘lchashda qo‘llaniladi. Fotografiyada ular aniq joylashishlarnio‘lchashda, masalan, parallakslarni aniqlashda ishlatiladi.
Yanada kattaroq maydonni kuzatish uchun ancha murakkab linza sistemalari ishlatiladi, bunday qurilmalar astrograf deyiladi. Astrograflarlarning obyektivlari odatda 3-5 linzalardan topgan bo‘lib, diametri 60 sm dan kichik bo‘ladi. Ularning yorug‘lik kuchi f/5 ... f/7 bo‘lib, kuzatuv maydoni taxminan ni tashkil etadi. Astrograflar, masalan yulduzlarning hususiy harakatlarini tadqiq etishga yoki ular ravshanliklarining statistik tahlilini olib borish maqsadida osmonning katta maydonlarini fotografik su’ratga olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |