§ 3.3. Sayyoralar konfiguratsiyalari va aylanish davrlari
Sayyoralarning Yerga va Quyoshga nisbatan fazoda egallagan maxsus vaziyatlariga ularning konfiguratsiyalari deyiladi. Bu konfiguratsiyalar quyi va yuqori sayyoralar uchun turlichadir. Quyi sayyoralarga faqat ikkita sayyora – Merkuriy va Venera kiradi. Ular Yerga nisbatan Quyoshga yaqinroq joylashgani uchun Quyosh atrofida kattaroq tezlik bilan harakatlanadilar va aylanish davrlari ancha kichik, Quyosh atrofida biror quyi sayyora bilan Yer orbitasidagi vaziyatlari, shuningdek, osmonning sharqdan g`arbga tomon yo`nalishda sutkalik aylanishi tasvirlangan bo`lsin. Sayyora Quyosh bilan Yer orasidan o`tayotgan vaziyatdagi konfiguratsiya Quyosh bilan quyi qo`shilish deyiladi, bunda sayyoraning geotsentrik uzunlamasi Quyoshning geotsentrik uzunlamasiga teng bo`ladi, uning geliotsentrik uzunlamasi Yerning geliotsentrik uzunlamasi - ga teng, geotsentrik masofa (Yergacha masofa) eng kichik bo`lib, sayyoraning burchak (ko`rinma) diametri esa eng katta bo`ladi. Sayyora quyi qo`shilishi joyi atrofida teskari yo`nalishda (fazoda to`g`ri yo`nalish bilan mos tushuvchi) harakatlanadi, gorizontdan yuqorida faqat kunduzi Quyoshga yaqin joyda bo`lgani uchun ko`rinmaydi.
Sayyora Yerga yoritilmagan tomoni bilan o`girilgan bo`lib, teleskopda o`roq shaklidagi fazasi ko`rinadi. Shundan so`ng Yer T, sayyora esa, ikki vaziyatlariga siljiydilar va g`arbga, Quyoshning o`ng tomoni o`tishadi - g`arbiy uzoqlashish yoki g`arbiy elongatsiya hosil bo`ladi, bunda va l>l0.
Ichki sayyoralar hech qachon qarama-qarshi konfigurasiyada bo’lmaydi. Agar Sayyora Yer hamda Quyoshning o’rtasida joylashsa bunday konfigurasiyaga quyi qo’shilish deyiladi. Yer, Quyosh va Sayyora ketma-ketligida bir chiziqda joylashsa, bu yuqori qo’shilish deb ataladi. Yerdan kuzatilganda sayyoraning Quyoshdan eng katta burchak masofasiga elongatsiya deyiladi.
Elongatsiya sayyoraning Quyoshga nisbatan joylashishiga qarab sharqiy hamda g’arbiy elongatsiyaga bo’linadi. Sharqiy elongatsiyadagi sayyora Quyoshdan keyin botadi hamda g’arbiy elongatsiyada aksincha.
Quyosh atrofida sayyoraning yulduzlarga nisbatan to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan vaqtga uning siderik aylanish davri (T) deyiladi. Sayyoraning sinodik davri (S) deb, uning bir xil konfiguratsion vaziyatlarining biridan ikki marta ketma-ket o‘tishi uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘iga aytiladi. Sayyoraning sinodik davri S Erning harakati bilan bog‘liq bo‘lib, Erning siderik davri T va sayyoraning siderik davri T bilan quyidagicha bog‘liq:
(ichki sayyoralar uchun), (3.1)
(tashqi sayyoralar uchun). (3.2)
Ikkita sayyoraning siderik davrlari P1 va P2 (P1 < P2) bo'lsin. Ularning o'rtacha burchak tezliklari (o'rtacha harakati) 2π/P1 va 2π/P2 bo'ladi. Ichki sayyora bir marta to'la aylanishi uchun ketgan sinodik davr P1,2 tashqi sayyoranikiga nisbatan katta bo'ladi.
yoki (7.1)
Quyosh-sayyora-Yer orasidagi burchak fazaviy burchak deyiladi, odatda u grekcha harf bilan belgilanadi. Merkuriy va Venera uchun fazaviy burchak 0 dan 180 gradus oralig'ida bo'ladi. Bu biz xuddi Oy fazalari kabi “to'lin Venera”, “yarim Venera” va hokazo fazalarni kuzatishimiz mumkin ekanligini bildiradi. Tashqi sayralar uchun fazaviy burchakning o'zgarish diapozoni chegaralangan bo'ladi. Masalan, Mars uchun maksimal faza 41, Yupiter uchun 11 va Neptun uchun atigi 2 gradusga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |