Umumiy astronomiya



Download 23,71 Mb.
bet116/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

5.14- rasm. Venera va uning tuzilishi

Veneraiing bulutlari, tuzilishiga ko‘ra, bir necha ki­lometrgacha ko‘rish mumkin bo‘lgan Erdagi siyrak tumanga juda o‘xshab ketadi.

Sayyoraning o‘rtacha zichligi haqida kosmik apparatlari yordamida olingan ma’lumotlar asosida «tong yulduzi»ning zichligi, Mars va Merkuriynikidan ancha ortiqligi aniqlandi.

Uzoq yillar davomida olimlar «boshini qotirgan» sayyoraning asosiy «tilsimi» uning sirtiga tegishli yuqori harorati bo‘ldi. Darhaqiqat, Erga nisbatan Kuyoshga juda ham yaqin bo‘lmagan va qalin atmosfera bilan qoplangan Venera sirtida haroratining bu qadar yuqori +470°S bo‘lishining sababi nimada? — degan tabiiy savol tug‘iladi.

Gap shundaki, garchi sayyoraning qalin «to‘ni» - atmosferasi ichidan Quyosh nurlanishining juda kam miqdorga uning sirtiga o‘tsa-da, biroq bu «to‘n» sirtidan ajralib, kosmik bo‘shliqni «ko‘zlagan» issiqlik nurlanishiga deyarli yo‘l bermaydi. Natijada, «parnik effekti» deyiluvchi bu effekt sayyora sirtining qattiq qizishiga sabab bo‘lgan.

Garchi Veneraning ichki tuzilishiga doir tadqiqotlar hali etarlicha bo‘lmasada yaratilgan ko‘p metodlarga tayangan holda, hozirdayoq uning ichki tuzilishi haqida bir qancha asosli fikrlarni berish mumkin.

Sayyoraning massasi, o‘lchamlari, o‘rtacha zichligi, orbital tezligi hamda xususiy aylanish tezligi va uning yuqori qatlamining harorati rejimi asosida Rossiya olimi Kozlovskaya S. V. «tong yulduzi»ning modelini ishlab chiqdi. Bu modelga ko‘ra sayyora 16 kilometrgacha qalinlikdagi po‘stloqdan, silikat mantiyadan va temir yadrodan tashkil topgan. Silikat mantiya va temirdan iborat yadroning chegarasi taxminan 3224 kilometrli chuqurlikda joylashgan deyiladi.

Shubhasiz, Venera to‘g‘risidagn bu modelni tugallangan deyishga hali erta. Bunday model haqiqatga yaqinlashsin uchun sayyora sirtida kuzatiladigan tektonik yorilishlar va vulqonlarning izlariga aniq javob topish talab etiladi.

Venerada hayot masalasi, uzoq yillar tortishuvlarga sabab bo‘lgan sayyoramiz «yon qo‘shnisi»ning muammolaridan biridir. Bir vaqtlar amerikalik planetolog olim K. Sagan (sayyoraga kosmik apparatlar «qadam ranjida» qilishlaridan ilgari) Venerani yashash mumkin bo‘lgan osmon jismiga aylantirish maqsadida, uning atmosferasini kislorod bilan boyitishning loyihasini tuzdi. U taklif etgan loyihaga ko‘ra, sayyora sirtida bir necha o‘n yillar davomida yashil maydonlarni ko‘paytirish zarur edi. Biroq kosmik apparatlar yordamida olingan sayyoraning fizik tabiatiga tegishli ma’lumotlar, bu masalani hal etish, olim o‘ylaganchalik oson emasligini ma’lum qildi. Gap shundaki, sayyoraning sirtida harorat eslatilganidek Selsiy shkalasida +470° gradusgacha etadi. Bu esa har qanday bizga ma’lum organik molekulalarning mustahkamlik chegarasini buzish uchun etarlidir. Shuning uchun ham Vene­ra sirtida Erdagiga o‘xshash mikroorganizmlarning bo‘lishi, haqiqatdan juda uzoq bo‘lib, ilmiy asoslanmagan. Shu kungacha Veneraning tabiiy yo‘ldoshlari topilmagan.



Mars. Yer tipidagi to‘rtinchi sayyora Mars (Mirrix)ning orbitasi Ernikidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 228 million kilometr. Mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Erga yaqinlashib turadi. Bunday yaqinlashish qarama-qarshi turish deyiladi. Mars orbitasi ellips shaklida bo‘lganligidan, qarama-qarshi to‘rish paytida uning uzoqligi 55 dan 102 million kilometrgacha o‘zgarib to‘radi. Mars Erga yaqin kelgan hol buyuk qarama-qarshi turish deyiladi. Sayyoraning buyuk qarama-qarshi turshi har 15-17 yilda kuzatilib, oxirgisi 1988 yilda bo‘lgan.

Mars nisbatan kichik sayyora, uning diametri 6775 kilometr, massasi esa 6,441023 kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi. ¡rtacha zichligi ham Ernikidan ancha kam 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi 3,72 m/s2.








Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish