Egizaklar yulduz turkumidagi U tipidagi eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar V va A sinfiga kirib, yorqinliklari nisbatan kam o‘zgaradigan yulduzlardir. Biroq ba’zan bunday yulduzlarning ravshanligi 1-2 kun ichida 2 dan 6 yulduz kattaligigacha ortadi va bir necha kundan so‘ng o‘z holatiga qaytadi.
Kit yulduz turkumidagi UV tipidagi mitti yulduzlar M spektral sinfiga kiruvchi eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar bo‘lib, ba’zan juda qisqa davrli chaqnashlarni boshidan kechiradi. Chaqnash paytida ularning ravshanligi 1 -6 yulduz kattaligigacha o‘zgaradi. Chaqnash bir necha o‘n minutcha davom etgani holda minimal chaqnash boshlanishidan bir necha sekund keyin maksimumga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |