Umumiy astronomiya


§ 6.2. Yulduzlarning spektral sinflari



Download 23,71 Mb.
bet127/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 6.2. Yulduzlarning spektral sinflari

Ma’lumki, yulduzlarning spektri, asosan yutilish spektri bo‘lib, faqat ayrimlarining spektridagina nurlanish (emission) chiziqlar kuzataladi. Yulduzlarning spektrini solishtirish, ularning spektrlari bo‘yicha sinflarga bo‘lishga asos beradi. Yulduzlarning spektridagi asosiy farq, asosan spektral chiziqlarning qanday elementlarga tegishliligi, ularning soni va intensivligi hamda mazkur spektrda energiyaning taqsimlanishi bilan belgilanadi.



Spektrlarda energiyaning taqsimlanishi va ma’lum atomlarning spektral chiziqlarining soni hamda intensivligi bilan bir-biriga o‘xshash yulduzlarni ayrim sinflarga bo‘lish, asrimizning boshlarida Garvard observatoriyasi xodimlari tomonidan boshlanib, hozirgi spektral sinflashtirishning asosini tashkil etadi. Onkirin yo‘l bilan yulduzlarning spektral sinflarda ma’lum ximik elementlarni chiziqlari ravshanligini bilgan holda, boshqa biriniki xiralashib borishi ma’lum ketma-ketlikda joylashtirish imkoni tug‘iladi. Bu esa, o‘z navbatida, bir biriga o‘xshash spektrlarni ma’lum spektral sinflarga birlashtirish imkonini beradi.



6.1- rasm. Spectral chiziqlarnig turlari

Yulduzlarning spektral sinflari lotin alfaviti harflarida quyidagi ketma-ketlik ko‘rinishida beriladi: O, B, A, F, G, K va M. Ma’lum spektral sinfga kiruvchi yulduzlar spektrlari bir-biridan nozik farqlanishlariga ko‘ra 0 dan 9 gacha davom etuvchi sinfchalarga bo‘linadi. Masalan: 00, 01, 02, ,09 yoki A0, A1, A2, ,A9 va hokazo.



6.2- rasm.

O sinf. Temperaturasi 25-50 ming gradusgacha boruvchi ko‘k yulduzlar spektrlari ultrabinafsha oblastning inrensivligi juda yuqori bo‘lib, geliy, karbon, kremniy, azot va kislorod atomlarining ko‘p marta ionlashgan chiziqlari juda intensiv spektrda, normal geliy, vodorod atomlarining xira chiziqlari uchraydi.

V sinf. Ko‘kish-ok rangli yulduzlar, temperaturasi 15-25 ming gradus atrofida bo‘ladi. Neytral geliy chiziqlari eng intensiv, vodorod chiziqlari spektrda aniq ko‘rinib, ayrim ionlashgan atomlarning xira chiziqlari ko‘zga tashlanadi. Sunbulaning  si shu sinfga kiradi.

A sinf. Rangi oq. Sirt temperaturasi 14 ming gradusgacha boradi. Vodorodning chiziqlari maksimal intensivlikka erishadi. Ionlashgan kaliyning N va L chiziqlari ko‘rinadi. Vega, (Liraning alfasi) va Sirius (Katta ayiqning alfasi) shu tipga kiruvchi yulduzlardir.

F sinf. Sarg‘ish-oq rangli yulduzlar temperaturasi taxminan 7,5 ming gradus. Vodorod chiziqlarining intensivligi kamaya boshlagan. Kalsiyning ionlashgan (N va K) va neytral chiziqlari hamda metallarning (temir, titan) chiziqlarining intensivligi orta boshlaydi. Tipik yulduz – Protsion (Kichik ayiqning alfasi).

G sinf. Rangi sariq, temperaturasi 6000oK. Vodorodning chiziqlari xiralashgan. Metal chiziqlari yaqqol ko‘rinadi. Ionlashgan kalsiyning N va K chiziqlari intensivligi maksimumga erishadi. Quyosh shu sinfga kiradi.

K sinf. Rangi qizg‘ish (oranjeviy), temperaturasi 5000o atrofida. Bu sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida metal chiziqlarining intensivligi maksimumga erishadi. Spektrning ultrabinafsha qismiga tegishli nurlanishning intensivligi sezilarli kamayadi. Bu sinfga kiruvchi tipik yulduzlarga Arktur (Ho‘kizboqarning alfasi) va Aldebaran (Sarvning alfasi) lar kiradi.

M sinf. Rangi qizil, temperaturasi 2000-1500oK. Spektrida metall chiziqlari juda kuchsiz bo‘lib, asosan molekulyar polosalar bilan qoplangan. Ayniqsa titan oksidiga tegishli polosalar kuchli. Bu sinfning tipik yulduzi Betelgeyze (Orionning alfasi) hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan yulduz sinflari asosiy sinflar hisoblanib, bo‘lardan tashqari G va K sinflardan tarmoklanuvchi qo‘shimcha sinflar ham mavjud. Bulardan birinchisi G‘ sinfdan tarmoqlanib, uglerodli yulduzlar deyiladi va sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi yulduzlarning spektri K va M sinfga kiruvchi yulduzlarning spektridan atomlarga tegishli yutilish chiziqlari va uglerod molekulalarining yutilish polosalarining borligi bilan farqlanadi. Ikkinchisi esa, K sinfdan tarmoqlanib, sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi yulduzlar M sinfdan titan oksidi (TiO) polosalari o‘rnida sirkoniy oksidi (ZrO) polosalarining borligi bilan farqlanadi.

Agar ma’lum spektral sinfga kiruvchi yulduz qo‘shimcha ba’zi xossalarga ega bo‘lsa, u holda uning bu xossasi biror harfiy ifoda bilan belgilanadi. Xususan, agar yulduz spektrida emission chiziqlar kuzatilsa, uning sinfini ifodalovchi harf yoniga e harfi quyidagicha qo‘shib qo‘yiladi: 06e. Bu spekrida emission chiziqlar bo‘lgan 06 sinfga kiruvchi yulduzni ifodalaydi. O‘tagigant yulduzlar spektrida uchraydigan ingichka timqora chiziqlarda esa spektral sinfi oldiga s harfi qo‘shib qo‘yiladi: sF0. Ma’lum spektral sinf uchun tiniq harakatda bo‘lmagan yulduzning boshqa xossalari r harfi belgilanadi va u, odatda, yulduzning spektral sinfidan keyin, masalan A3r va hokazo.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish