Umumiy astronomiya



Download 23,71 Mb.
bet56/154
Sana15.06.2022
Hajmi23,71 Mb.
#673835
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

4.2 – rasm. Cheksiz kichik fazoviy burchak birlik sferadagi unga mos yuza elementiga teng:

4.3 – rasm. Nuqtaviy manbadan masofada yuza bo‘yicha taqsimlangan energiya oqimi masofada yuza bo‘ylab tarqaladi.

Uni (4.3) ifodaga qo‘ysak, nurlanish oqimi yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin:



Bu degani, qaralayotgan yuzaga kelib tushgan energiya miqdori undan chiqib ketgan energiya miqdoriga teng. Agarda biz yuzani kesib o‘tayotgan nurlanish miqdorini bilmoqchi bo‘lsak, unda, misol uchun, yuzadan chiqib ketayotgan nurlanishni topishimiz mumkin. Izotrop nurlanishi uchunbu

Astronomiyada tengishli adabiyotlarda intensivlik va yorqinlik kabi terminlarda bir qancha noaniqliklar bor. Oqim zichligi hali xech qaerda aynan oqim zichligi deyilmagan, balkim uning o‘rniga intensivlik yoki (omad chopsa) oqim deyilgan, xolos. Shuning uchun o‘quvchi har doim bu atamalarning ma’nosiga diqqat bilan e’tibor berib, nazorat qilishi kerak.
Oqim biron bir yuzadan o‘tuvchi va larda ifodalanadigan quvvatni anglatadi. Yulduzdan fazoviy burchak ostida chiqqan oqim ga teng, esa masofada kuzatilgan oqim zichligi. Umumiy oqim bu manbani o‘rab turuvchi yopiq yuzadan o‘tuvchi oqimdir. Astronomlar odatda yulduzning to‘liq oqimini yorqinlik deb atashadi. Bu borada berilgan chastotadagi yorqinligi haqida gapirishimiz mumkin . (Buni fizikada qo‘llaniladigan yorug‘lik oqimi bilan adashtirmaslik kerak, u ko‘z sezgirligini inobatga oladi).
Agarda manba (masalan oddiy yulduz) izotrop ravishda nurlasa, unda uning nurlanishi masofada yuzasi ga teng bo‘lgan sferik yuza bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi (4.3-rasm). Agarda ushbu yuzadan o‘tuvchi nurlanishning oqim zichiligi bo‘lsa, unda umumiy oqim:

Agarda biz nurlanish hosil bo‘lmaydigan va yo‘qolib ketmaydigan, manbaga nisbatan tashqari fazoda bo‘lsak, unda yorqinlik masofaga bog‘liq bo‘lmaydi. Nurlanio‘ zichiligi esa, boshqa tomondan, ga proporsional ravishda kamayadi.
Qo‘lam (cho‘zilgan) obyektlar (faqat nuqtaviy manba ko‘rinishida kuzatiladigan yulduzlardan farqli) uchun sirtiyravshanlik kattaligini kiritishimiz mumkin, bu birlik fazoviy burchakga to‘g‘ri keladigan zichlik oqimidir (4.4-rasm). Endi kuzatuvchi fazoviy burchakning uchida joylashgan deb faraz qilamiz. Sirtiy ravshanlik masofaga bog‘liq emas, buni quyidagicha tushunishimiz mumkin. sohadan kelayotgan oqim zichligi masofa kvadratiga teskari proporsionaldir. Ammo shu bilan birga sohaga tayangan fazoviy burchak ham proporsional . Shunday qilib, sirtiy ravshanlik doimiy (konstanta) bo‘lib qoladi.




4.4 – rasm. Kuzatuvchi doimiy bo‘lagn fazoviy burchakdan kelayotgan nurlanishni kuzatadi. Manba uzoqlashganda ushbu fazoviy burchak ostida nurlovchi sohaning yuzasi kattalashadi . Shuning uchun siriy ravshanlik yoki birlik fazoviy burchakga to‘g‘ri keladigan oqim zichligi doimiy (konstanta) bo‘lib qoladi.

Nurlanishning energiya zichligi birlik xajmga to‘g‘ri keladigan energiya miqdoridir :






4.5 – rasm. vaqt davomida nurlanish xajmni egallaydi. Bu erda nurlanish tarqalayotgan yo‘nalishga perpendekulyar bo‘lgan sirt elementi.
Buni quyidagicha ko‘rishimiz mumkin. Faraz qilaylik, sirtga perpendekulyar ravishda fazoviy burchak ostida intensivlikga ega bo‘lgan nurlanish kelyapti (4.5-rasm). vaqt davomida nurlanish masofani bosib o‘tadi va xajmni to‘ldiradi. Endi . Shunday qilib, xajmdagi energiya miqdori

Shu sababli, fazoviy burchakdan kelayotgan nurlanishning energiya zichligi

va umumiy energiya zichligi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha integrallash orqali qo‘lga kiritiladi. Izotrop nurlanish uchun biz quyidagiga ega bo‘lamiz:

Gipparxning hali noaniq bo‘lgan klassifikatsiyasi 1856 yilda Norman R. Pogson tomonidan o‘zgartirilgan edi. Yangi, kattaroq aniqlikdagi sinflashtirish oldingiga iloji boricha mos keladi, ammo natijada, astronomiyaga hos bo‘lgan, nomantiqiy ta’riflar bartaraf etildi. Shunday qilib, endi birinchi sinfdagi yulduzlarning ravshanligi oltinchi sinfdagi yulduzlarning ravshanligidan yuz marta kattaroq deb qabul qilindi. Pogson va sinflarning ravshanliklari orasidagi nisbatni deb ta’riflaydi.
Ravshanlik sinfi yoki yulduz kattalik kuzatiladigan oqim zichligi ( ) birligida belgilanishi mumkin. 0 ga teng yulduz kattaligi oldindan tanlangan oqim zichligiga mos keladi deb qabul qildik. Shunda barcha boshqa yulduz kattaliklari quyidagi tenglama orqali topiladi:

Tenglamadagi koeffitsient 2.512 emas, balkim aynan 2.5 ligini yodda tuting! Yulduz katataligi o‘lchovsiz birlik, ammo o‘quvchilarga aynan qasi kattalik haqida gap ketayotigani to‘g‘risida eslatib turish uchun biz buni, masalan 5 mag yoki 5m deb yozishimizz mumkin.
(4.8) tenglamasi Pogson ta’rifiga ekvivalentligini ko‘rishimiz muimkin. Agarla ikkita yulduzning yulduz kattaliklari va va ularning oqim zichliklari mos ravishda va bo‘lsa, unda

bu erdan kelib chiqadi.
Xuddi shu yo‘l bilan ikkita yulduzning va yulduz kattaliklari va ularning va oqim zichliklari quyidagicha bir biri bilan bog‘langanligini ko‘rsatishimiz mumkin:

Yulduz kattaliklar orinilan oltita sinfga nisbatan ikkala tomonga kengaygan.Eng ravshan yulduz Siriusning yulduz kattaligi manfiy bo‘lib, –1.5 ga teng. Quyoshning yulduz kattaligi –26.8, to‘liq Oyniki esa –12.5. Kuzatiladigan eng hira obyektlarning yulduz kattaliklari teleskopning o‘lchamiga, qabul qilgichning sezgirligiga va ekspozitsiya vaqtiga bog‘liq. Bu chegara eng hira tomonga tobora siljib kelmoqda; hozirgi kunda kuzatiladigan eng hira obyektlarning yulduz kattaligi 30mdan oshgan.
Kurinma yulduz kattaliklari yulduzlarning asli yorqinliklari haqida hech narsani bildirmaydi, chunki ular turli masofalarda joylashgan. Yulduzning o‘ziga xos ichki ravshanlikning miqdoriy o‘lchash natijasi absolyut yulduz kattaligi deyiladi. Bu kattalik kuzatuvchiga nisbatan yulduzning 10 parsek masofadagi ko‘rinma yulduz kattaligi deb ta’riflanadi (4.6-rasm).


4.6-rasm.
Hozir biz ko‘rinma yulduz kattaligi , absolyut yulduz kattaligi va masofa larni bog‘lovchi tenglamani eltirib chiqamiz. Yulduzdan fazoviy burchakdan chiquvchioqim, masofada yuzasi bo‘yicha taqsimlanganligi uchun oqim zichligi masofa kvadratiga teskari proporsionaldir. Shuning uchun, masofadagi oqim zichligining 10 parsek masofadagi oqim zichligiga nisbati quyidagicha bo‘ladi:

Shunday qilib, va 10 pk masofalardagi yulduz kattaliklari orasidagi ayirma, yoki boshqacha qilib aytganda masofa moduli:

yoki

Ma’lum bir tarixiy sabablarga ko‘ra bu tenglama deyarli har doim quyidagicha yozilib

faqatgina parsek birligida ifodalangan masofalarga haqiqiydir. (O‘lchamli qiymatning logariflash, asli olganda, fizika nuqtai nazaridan absurddir –mantiqga ega emas). Ba’zi hollarda masofa kiloparsek yoki megaparseklarda berilishi mumkin, bunda (4.12)dagi konstantalar o‘zgarishi kerak albatta. Bundan qochish uchun biz aynan (4.11)dagi formuladan foydalanishni tavsiya etamiz.
Absolyut bolometrik yulduz kattaligini yorqinlik birligida ifodalash mumkin. = 10 pk masofadagi umumiy oqim zichligi bo‘lsin, xuddi shu kattalik Quyosh uchun bo‘lsin. Yorqinlik bo‘lganligi sababli, quyidagiga ega bo‘lamiz:

yoki

Absolyut bolometrik yulduz kattaligi bo‘lgan holati yorqinlik ga mos keladi.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish