Umum ped na amal-O`um 13-14


Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Download 8,91 Mb.
bet660/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   656   657   658   659   660   661   662   663   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari




Ko’rsatkichlar

ON ballari

maks

1-ON

2-ON

3

Birinchi oraliq nazorat. Og’zaki savol-javoblar, o’tilgan mavzular yuzasida savol-javob

15

6







yozma ish va boshqa nazorat turlari natijalari bo’yicha, o’tilgan mavzular yuzasidan 3-ta savolga javob yozish




9







Ikkinchi oraliq nazorat: ikkinchi oraliq nazorat 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, 10 ball-talaba yakka tartibda topshiriqlar oladi va himoya qiladi (mustaqil ish topshiriqlari asosida).

20




10




Ikkinchi bosqich, talabalar test savollariga javob beradi.







10




Jami ON ballari

35

0-15

0-20


Talabalar JN dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari




Ko’rsatkichlar__JN_ballari__maks'>Ko’rsatkichlar

JN ballari

maks

1-JN

2-JN

1

Talabaning seminar va amaliy mashg’ulotlardagi faolligi va o’zlashtirish darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati

15

0-5

0-10

2

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta’lim topshiriqlari)

20

0-10

0-10




Jami JN ballari

35

15

20

Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o’tkaziladi.

Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo’lib fan bo’yicha yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi



Ko’rsatkichlar

YAN ballari

maks

O’zgarish oralig’i

1

Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati

30

0-30




Jami

30

30


Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni

Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variant 5 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar asosida tuzilgan bo’lib, fanning barcha mavzularini o’z ichiga qamrab olgan.

Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-6 ball oralig’ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to’plashi mumkin.

Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.


TARQATMA MATERIALLAR




PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR






















Quyidagi pedagogik vaziyatli masalalarni o’qing, unga javob bering va javobingizni izohlang.


1- masala. Bir ayol shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Тurmush o’rtog’im - muhandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo’lib yetishadi».

Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.
2- masala. Ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o’g’limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o’yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko’p o’tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi va xonada kaltak ko’tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko’radi. Men o’g’limning bu borishida yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.»

Onaning xatosini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.



3- MASALA: Bo’lajak o’qituvchilar o’rtasida «Qanday qilib mohir o’qituvchi bo’lib etishish mumkin» degan mavzuda bahs ketmoqda.

- Buning uchun pedagog bo’lib tug’ilish kerak, - dedi bir talaba.

Ba`zilar uning fikriga qo’shilishmadi. Birinchi talaba o’z fikrini shunday asoslashga harakat qildi:

- Pedagogik qalb va mahorat, bolalarga muhabbat bilan tug’ilmagan kishini 5 yil emas, 20 yil institutda o’qitsa ham, undan haqiqiy o’qituvchi etishib chiqmaydi.

- Mening fikrimcha,- dedi boshqa bir talaba,- pedagog bo’lib tug’ilishgina emas, balki pedagog bo’lib tarbiyalanish ham kerak. Chunki o’qituvchilikka qiziqmay, tasodifiy institutga kirib qolgan ba`zi talabalar ham o’qish davrida bu kasbga mehr qo’yib, mohir o’qituvchi bo’lib etishishlari mumkin.

Bu bahsni Siz davom ettiring. Mohir o’qituvchi bo’lib etishishning yo’llari nimada?


4- MASALA: «Kimyo fani o’qituvchisi mening sevimli o’qituvchim edi. U o’zining fanini juda yaxshi bilar va har bir darsda qandaydir yangilikni etkazishga harakat qilardi. U bizga gapirib berayotgani uning bilimining kichik bir bo’lakchasi ekanligi sezilib turardi. Ilgari kimyo faniga qiziqmagan ko’pgina o’quvchilar ham bu fanga qiziqib qolishdi va kimyo to’garagiga qatnay boshlashdi. U har bir o’quvchiga e`tibor bilan qarardi. Uning sevimli o’quvchilari borligi, ularga qo’yilayotgan talabning kattaligidan sezilib turardi. VIII sinfda biz u bilan fan yuzasidan bahslashish darajasiga etdik. Har qanday holatda ham u g’olib chiqardi. Agar o’quvchilar u bilan teng bahslasha olsalar yoki g’olib chiqsalar o’qitiuvchimiz juda xursand bo’lardilar».

O’quvchining sevimli o’qituvchisi haqidagi hikoyasini tahlil qiling. O’qituvchi muvaffaqiyatining sababi nimada deb bilasiz? Kimyo o’qitish davomida u qanday usullardan foydalangan?


5- MASALA: «IX sinfda bizga yangi o’qituvchi keldi. Birinchi darsidanoq bizga qattiq va qo’pol muomala qila boshladi. U bizni o’zidan uzoqlashtira boshladi, biz ham shunga mos javob qaytardik. Balki biz o’qituvchiga nisbatan noto’g’ri yo’l tutgandirmiz, lekin har bir darsda «Axmoqlar, aqli pastlar» kabi so’zlarni eshitaverganimizdan so’ng boshqa choramiz qolmadi.

Bir kuni o’quvchilardan biri o’zini tuta olmay o’qituvchiga «Asablaringizni davolating» deb yuborganligi uchun uni maktabdan haydashdi. O’qituvchi haq, o’quvchi esa aybdor bo’lib qolaverdi. Agar o’qituvchi bizga «yovvoyi hayvonlarga» emas, balki insonga qilgandek muomala qilganda edi bu hodisa yuz bermas edi. Biz ham uni hurmat qilgan bo’lardik».

IX sinf o’quvchilarining tahririyatga ushbu mazmunda xat yozishiga nima sabab bo’lgan? O’qituvchi darsda qanday yo’l tutishi kerak edi? Darsda ishchan muhitni yaratishning asosida nima yotadi deb o’ylaysiz?
6- MASALA: Bir a¸l shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush o’rtog’im - muxandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo’lib etishadi».

A¸l haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.

7- MASALA: Bir ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o’g’limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o’yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko’p o’tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi va xonada kaltak ko’tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko’radi. Men o’g’limning bu borishida yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.»

Onaga xatosi nimaligini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.



Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   656   657   658   659   660   661   662   663   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish