Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 8,91 Mb.
bet434/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

Brayl alifbosi



А а



B b



• •



D d





E e



• •



F f



• •

• •


G g




• •



H h



I i



• •


J j



K k





L l

• •



M m



• •



N n



O o

• •



P p

• •

• •



Q q

• •




R r



S s

• •




T t


• •

U u

• •




V v

• •

• •



Y y

• •


X x

• •



Z z

• •



O`o`

• • • •



G`g`





Sh sh

• • • •



Ch ch




• •




• •

• •



1

• •

• •


• •

2

• • •

• •



3

• • •

• •


• •

4

• •

• •


• •

5

• • •

• •


• •

6


• • •

• • •


• •

7


• •

• • •


• •

8

• •

• •


• •

9


• •

• • •


• •

0



?

• •



!

ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.

  2. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.

  3. Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b.

  4. Dr Jo Westbrook, Dr Naureen Durrani, Rhona Brown, Dr David Orr, Dr John Pryor, Dr Janet Boddy, Francesca Salvi. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.

  5. Хасанбоев Ж, Тўракулов Х., Хайдаров М., Ҳасанбоева О. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Т.: Фан ва технология, 2008.

  6. Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov, S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil

  7. Maxsus pedagogika. B.S.Raxmonova. -T.: Fan., 2004

  8. Подласый И.П. Педагогика1-2 е. -M.: Владос, 1999.


2-modul. “Pedagogika tarixi”
20-mavzu:

ENG QADIMGI MA’RIFIY YODGORLIKLARDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARINING YORITILISHI.

Reja:

  1. Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.

  2. Xalq og`zaki ijodida ta’lim - tarbiyaning ifodalanishi.

  3. "Urxun - Enasoy yodgorliklari", "Irq bitiklari"ning tarbiyaviy ahamiyati

  4. «Avesto»ning tuzilishi, asosiy g’oyalari.

  5. "Avesto"dagi ta’lim-tarbiya masalalari


MAQSAD: Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar va Xalq og`zaki ijodidadagi i ta’lim-tarbiya masalalarini tushuntirish, "Urxun - Enasoy yodgorliklari", "Irq bitiklari"ning tarbiyaviy ahamiyatini yoritish, «Avesto»dagi asosiy g`oyalar, undagi ta’lim-tarbiyaviy qarashlarni tahlil etish.

Mashg`ulotning borishi

1. Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi. Talabalar eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar va ulardagi ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi bilan tanishadilar. Bunda Eramizdan avvalgi taxminan 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" kitobida berilgan qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim - tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratadilar.

Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deb yozadi olim, - shunga ko`ra ular ko`proq o`g`illarga ega bo`lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o`g`li ko`p bo`lsa, unga sovg`alar yuborib turgan. O`g`il bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to`g`rilikka o`rgatishgan. O`g`il hech qachon ota - onasini behurmat qilmagan.

Gerodotning yozishicha forslar uchun yolg`onchilik va qarzdor bo`lish sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto unda qo`l yuvmaganlar, daryolarni muqaddas sanaganlar.

Yana bir tarixchi Plutarx fors ayollarining qahramonona jasoratlari haqida yozadi. Yana uning yozishicha Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida 30 ming bolani ajratib olib, ularga yunon tili va harbiy san’atini o`rgattiradi. Keyinchalik yunon alifbosi qabul qilinib, maktablarda shu asosida o`qitiladi.

Xitoy tarixchilari, ulardan Syuan Szin Samarqand aholisi axloqi va xulq - odobi bilan boshqalarga o`rnak bo`lganligi haqida yozadilar. Bulardan qadimda bolalar o`qitiladigan savod maktablari bo`lganligi, bundan tashqari harbiy mashqlarga o`rgatilganligi ham ma’lum bo`ladi.

2. Eng qadimgi davrlardagi ta’lim - tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og`zaki ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik eposlari, qo`shiqlar, maqol va iboralarda ham ko`ramiz.

Bulardan tashqari feodal jamiyati boshlarida yaratilgan "Er xubbi", "Chistoniyalik bek", "Siyovush", "Rustam" singari afsona va qahramonlik dostonlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Xalq og`zaki ijodining barcha janrlarida ham ta’lim - tarbiya, yoshlarning axloqiy barkamolligi masalalariga juda katta e’tibor qaratilganki, biz bulardan o`tmish ajdodlarimizda tarbiya ishlari qanday bo`lganligini, qaysi axloqiy xislatlar ulug`langanligi - yu, qaysi sifatlar qoralanganligini ham bilib olishimiz mumkin.

3. Turkiy xalqlarning "Urxun - Enasoy yodgorliklari", "Irq bitiklari" kabi yozma ma’rifiy yodgorliklar ham borki, ularda tarbiyaviy xarakterdagi qarashlarni ko`rishimiz mumkin.

Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan turk - runiy yozuvida bitilgan Urxun - Enasoy bitiklari VI - VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo`lib, ular ta’lim - tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Toshga o`yib yozilgan Urxun - Enasoy yodgorliklari dastlab Yenisey (Enasoy) havzalarida, keyin Mo`g`ulistonning Urxun daryosi bo`yida topilib, daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda uni birinchi bo`lib o`qigan. Ko`plab olimlar bu yozuvlar ustida tadqiqotlar olib borganlar.

VI asrlar o`rtalarida Oltoy, Yettisuv, Markaziy Osiyo hududlarida turk hoqonligi tashkil topgan edi. 604 yili hoqonlik bo`linib ketgan va VIII asr o`rtalarida tugatilgan.

Turk hoqonligi asosan 3 kishi: Bilga hoqon (Mo`g`ulon), sarkarda Qul tegin, vazir Tunyuquqlar qo`lida markazlashgan edi.

Bitigtoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. Masalan, Qo`l tegin bitigida u xalqparvar, tadbirkor, o`z manfaatidan Vatan manaatini yuqori qo`yadigan shaxs sifatida ta’riflanadi. Qo`l tegin Eltarish hoqonning kichik o`g`li, u 731 yil 29 fevralda 47 yoshida vafot etadi. Bitig tosh 732 yili o`rnatilgan. Bitigdagi voqealar Qo`l teginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Bitig muallifi Qul teginning jiyani Yo`llug` tegindir.

Bitigda yana Bilga eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand - nasihat beradi. Xalkni birlashishga chaqiradi, o`zaro do`stlik, ittifoqlik, vatan manfaati uchun kurashga chorlaydi.

Ikkinchi bitig Bilga hoqon haqida. Bu 735 yili o`rnatilgan. Bilga 734 yili o`ldirilgan. Bitig Yo`llig` tegin tomonidan zilgan. Bu bitigad Bilga hoqonning yurishlari ko`rsatiladi. Bilga elparvar hoqon deb taniladi. U turk xalqining vatani abadiy bo`lishi uchun kurashadi. Hoqonga xos bo`lgan hislat va fazilatlar haqida gapiriladi.

Uchinchi - Tunyukuk bitigi 717 - 718 yillarda, Tunyukuk hayotligida yozilgan. Tunyukuk vatanparvar, insonparvar shaxs sifatida namoyon bo`ladi.

Bu bitiglar asosida turklarning turmush tarzi, jamiyat a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim sifatlar haqida ma’lumotlar olish mumkin.

"Irq bitigi"da eng qadimgi ajdodlarimizning xalq og`zaki ijodiga xos, mifologik hamda totemistik ifodalar o`z aksini topgan. Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi.

4. Bu mashg’ulotni talabalar birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning «Avesto»ning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho berib: « Avesto»- ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi»,- degan fikrlari bilan boshlaydilar. «Тarixiy xotirasiz kelajak yo’q» risolasining 10-betidan bu fikrlarni o`rganadilar.

"Avseto"da O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O`rta Sharq xalqlarining eng qadimgi davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik - dehqonchiligi, savdo - sotig`i, qo`shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan. bir qarashda "avesto" sof diniy mazmundagi kitobdek tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og`zaki ijodiyoti, geografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan. Shuningdek, Avestoda keltirilgan ikki kuch: yaxshilik va yamonlik haqidagi fikrlar o’rganiladi, muhokama etiladi.



"Avesto" uzoq asrlar maboynida bolalarga ilm - ma’rifat o`rgatishda va axloq odob fazilatlarini shakllantirishda dasturul amal bulib kelgan. Zardusht ta’lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat berib deydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo`lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o`qishni va so`ngra esa yozishni o`rganishi bilan eng yuksak pog`onaga ko`tarilsin". Avestoda bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari haqida berilgan tavsiyalarga ham to`xtalib o`tiladi. Тalabalar «Avesto»ning asl mohiyati haqida gapirilganda unda insoniy muhabbat, oliyjanoblik, yaxshilikka ishonch va yomonlikka nafratni ulug’lovchi yangi diniy ta’limot olg’a surilganligi va katta e’tibor qozonganligiga ahamiyat qaratilishi lozim.


Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish