Ishontirish va uqtirishning o’zaro bog’liqligi. Ko’p hollarda ishontirish va uqtirish o’zaro shunday bog’liq bo’ladiki, hatto ularni bir-biridan ajratib ham bo’lmaydi. Ishontirish va uqtirishning umumiy belgilari quyidagicha: 1) har ikkalasida ham so’z ta’sir etish vositasidir;
2) ta’sir etish natijasi ishontirish bilan amalga oshirildimi yoki uqtirish bilanmi- buni farqlash nihoyatda qiyin;
3) o’qituvchining nutqi maromi sust, ohangdorligi past bo’lsa va uning yuz ifodasi hayotiy bo’lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz bo’ladi.
SHunday qilib o’qituvchining bolaga kommunikativ ta’sir etishda, ta’sir etish darajasini aniq bilishi va unga meros holda ishontirishni uqtiruvchi, uqtirishni esa ishontiruvchi vositalarini tanlay bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |