Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 8,91 Mb.
bet254/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

Tayanch so`z va iboralar:

Pol Lafarg, “yangi maktablar”, E.Demolen, Avgust Lay, eksperimental pedagogika, K.D.Ushinskiy, Moskva dorilfununi, Yaroslavlg’ litseyi, «Kameral fanlar», «Smolg’niy instituti, sinflar inspektori», «Tarbiya jurnali», «Xalқ maorifi jurnali», «Bolalar dunyosi», «Kishi — tarbiya predmeti sifatida», «Ona tili», «Didaktik қoidalar», «Tarbiyaning xalқchilligi ғoyasi», «Tarbiya tarzi», «Axloқiy tarbiya vositalari», «Pedagogik adabiyotning foydasi».


XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. XIX asrning 2-yarmida G’arbiy yevropa davlatlarida monopolistik kapitalizm o’sib bordi va XX asrning boshlarida moliya kapitalining hukmronligi o’rnatildi. Butun dunyo kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlanib olingan edi. Ammo maktab va maorif taraqqiy etib bordi.

Sotsial demokratlardan fransuz Pol Lafarg (1842-1911) maktab ta’limini to’la ravishda dunyoviylashtirish, oddiy xalq bolalari tahsil oladigan erkin maktab uchun kurashdi.

Nemis sotsial-demokratlaridan Avgust Bebel (1840-1914) ham mehnatkashlarning ilm olish huquqi uchun, xotin-qizlar manfaati uchun kurashdi.

XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida ko’plab pedagogik nazariyalar paydo bo’ldi. Bulardan biri “yangi maktablar” degan pedagogik oqim edm. Jenevada yangi maktablarning xalqaro birlashmasi tuzildi va Angliya, Fransiya, Belgiya, SHveysariya, AQSH kabi davlatlarda ochilgan o’u tipdagi maktabga qo’yilgan umumiy talablarni ta’riflab berdi. Ularda o’qish uchun to’lov yuqori edi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiyaning yangi, erkin va faol metodlari qo’llanildi. Ularning afzalliklari: o’g’il va qiz bolalar birga o’qirdi, mashg’ulotlarni yuksak malakali o’qituvchilar olib borgan, kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, jismoniy va estetik tarbiyaga katta e’tibor berilgan.

Nemis nazariyotchilaridan Georg Kershenshteyner (1854-1932) “Grajdanlik tarbiyasi va mexnat maktabi” g’oyasi bilan maydonga chiqdi. Bunday tarbiya xalq maktabi, ommaviy maktab orqali berilishi lozim edi. Bu davrda Germaniya iqtisodiyoti tez taraqqiy etdi. Siyosiy tarbiya olgan ishchilar talab etildi Kershenshteyner bu talablarni qondiradigan pedagogik tizimni ishlab chiqdiyu Uning fikricha, “ mehnat maktabining mohiyati shundan iborat ediki, bu maktab o’quvchilarga eng oz bilim berib, ularni yetarlicha uquvli, malakali va mehnatsevar qilib, shuningdek, tegishli grajdanlik e’tiqodlariga ega qilib yetishtirishlari kerak.”

YAna bir nemis pedagogik Vilgelm Avgust Lay (1862-1926) “Ish-harakat pedagogikasi” nazariyasini ilgari surdi. Lay pedagogik jarayonda ifodaga , tasvirga katta ahamiyat berdi. Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizatsiya, ashula, raqs, hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, ohzaki va yozma ishlar va shu kabilar “ifodalash” vositalaridir. U o’qitish jarayonini “kuzatish-ashyoviy qism” va “tasviriy-shakliy” qism deb ikki qismga bo’ladi. U pedagogikani biologiyalashtiradi.

XIX asrning oxiridan boshlab Germaniya, Angliya va AQSHda eksperimental pedagogika deba atalgan oqim keng yoyildi. Bu pedagogika bolani eksperiment asosida o’rganishning yangi metodlarini topishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi.

Bu pedagogika bolalarning aqliy iste’dodini tadqiq qilish uchun “testlar metodi” deb atalgan metoddan keng foydalandilar.

Nemis eksperimental pedagogikasining ko’zga ko’ringan namoyondasi bo’lgan Ernst Meyman(1862-1915) “Eksperimental pedagogikasiga kirishdegan darslik yozdi.

AQSHda eksperimental pedagogikaning yirik vakili Eduard Torndayk (1874-1949”) edi. U bixeviorizm ta’limotiga asoslanadi. Bu t’limotga ko’ra, odamning xulq-atvori mexanik stimullar organizmda bevosita tug’diraldigan va ko’plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardir.

Torndayk va uning izdoshlari pedagogika sohasidagi eksperimentlarni testlar asosida javob to’plashdan iborat qilib qo’ydilar. Testlar XX asrning 40-50 yillarida faqat AQSHda emas, Angliya va Fransiyada ham ken yoyildi.

XIX asrning 2-yarmi – XX asrlarda boshqa mamlakatlarda ham turli pedagoglar ilg’or pedagogik g’oyalari bilan chiqib, fan rivojiga katta hissa qo’shdilar.

Xristina Danilovna Alchevskaya (1841-1920) Ukraina maorifini yuksaltirish, kattalarni o’qitishning samarali usullarini izlab topishga harakat qildi.

Ozarbayjon ma’rifatparvari Mirza Fatali Oxundov (1812-1878) yangi asosdagi ancha oson va hammaga tushunarli bo’lgan ozorbayjon alfavitini yaratdi. Adabiy ozorbayjon tilini yaratdi.

Qayum Nosiri (1825-1902) tatar xalqi maorifi rivojiga katta hissa qo’shdi. Qozondagi birinchi rus-tatar maktabida o’qituvchilik qildi. Pedagogika, falsafa, lingvistika va tarixga doir asarlar yozdi.

Ibray Oltinsarin (1841-1889) buyuk qozoq pedagogi, olimi va o’oiri. Qozog’iston ko’chmanchi aholisining bolalariga ta’lim-tarbiya berishga moslashtirilgan maktab-internatlar tizimini tashkil etdi. Xotin-qizlar ta’limini yo’lga qo’ydi. Darsliklar tuzdi.

Abay Qo’shnonboyev (1845-1904) mashhur qozoq shoiri, mutafakkir va pedagogi. Maktablarda qo’llash uchun hikoyalar to’plami yozdi. U ta’limda sxolostikaga qarshi, quruq yodlashga, tayoq intizomiga qarshi chiqdi.

Ahmad Donish (1827-1897) tojik yozuvchi va faylasufi. Buxoroda tug’ilib o’sadi.Maktab ta’limida islohotlarni taklif qilgan. “Bolalarga hunar va mashg’ulotlarning foydasi haqida nasihat” kitobida pedagogik g’oyalari bayon etiladi


Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish