Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 8,91 Mb.
bet505/703
Sana31.12.2021
Hajmi8,91 Mb.
#233727
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   703
Bog'liq
Durdona Umum ped-O`UM InYAZ 18-19 2-kurs

1. Ijtimoiy kompetentlik

1)

ijtimoiy tashkilotlar va sub’ektlar bilan o’zaro munosabatda bo’la olish ko’nikma, malakalariga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2)

kasbiy muloqot va xatti-harakat uslublarini o’zlashtira olganlik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2. SHaxsiy kompetentlik

1)

doimiy ravishda kasbiy o’sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2)

kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3. Maxsus kompetentlik

1)

mustaqil ravishda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2)

odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni to’g’ri hal qilish va o’z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3)

mutaxassisligi bo’yicha yangi bilim va ko’nikmalarni mustaqil ravishda izchil o’zlashtirib borish qobiliyatiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4. Texnologik kompetentlik

1)

kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish qobiliyatiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2)

zamonaviy didaktik vositalar (texnik vositalar, o’quv qurollari)dan foydalanish malakasiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5. Ekstremal kompetentlik

1)

favqulotda holatlarda (tabiiy ofatlar sodir bo’lganda, texnologik jarayon ishdan chiqqanda) oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2)

muammoli vaziyatlarda (pedagogik ziddiyatlar yuzaga kelganda) oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

chizma


Kreativlik” tushunchasi lug’aviy jihatdan (lot.) “creatio” – “yaratish”, “creative” –
yaratuvchi, ijodkor ma’nolarini ifodalaydi, mohiyatiga ko’ra esa “shaxs ijodkorlik
qobiliyatining namoyon bo’lishi” demakdir.

Kreativlik – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Kreativlik negizida aks etuvchi muhim sifatlar

chizma



Bolalarda kreativlikni rivojlantirish shartlari

- ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;

- bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

- bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

- bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish



SHaxs kreativligini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar

- o’zini tavakkal qilishdan olib qochish;

- fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;

- shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;

- boshqalarga tobe bo’lish;

- har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash


SHaxs kreativligi

ning
asosiy belgilari


(E.P.Torrens )

1) savollar, kamchiliklarga yoki bir-biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz bo’lmaslik;

2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning yechimini topishga intilish



chizma
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
Kreativ potensialga ega bo’lish uchun pedagog e’tibor qaratishi zarur bo’lgan jihatlar


  • kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;

  • yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;

  • ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;

  • hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish

Adabiyotlar



  1. Ишмухамедов Р.,Абдуқодиров А., Пардаев А., Таълимда инновацион технологиялар.-Т., “Истеъдод”, 2008 й, -180 б

  2. Ишмухамедов Р.,Абдуқодиров А., Пардаев А., Тарбияда инновацион технологиялар.-Т., “Истеъдод”, 2009 й, -160 б

  3. Сайидаҳмедов Н. Педагогик маҳорат ва педагогик технология. – Т.: ОПИ, 2003.

  4. Холиқов.А. Педагогик маҳорат. – Т.:, 2011.

  5. Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б.
    Педагогик компетентлик ва креативлик асослари – Тошкент, 2015.7.Ғуломов С. Менежмент асослари.-Т.,Ўзбекистон, 2002,368

  1. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича ЎУМ.-Т.,2016


40-mavzu:

PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI.

Reja:

  1. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika.

  2. O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari.

  3. Nutq, uning o`qituvchi faoliyatidagi o`rni.

  4. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari.

  5. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Leksik madaniyat. O`qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo`llari.

Mashg`ulotning borishi


1. Pedagogik texnikaning birinchi guruh komponentlari o’z xulqini, yurish turishini boshqarish malakalari bilan bog’liq.

    • O’z gavdasini boshqara olish (mimika, pontomimika);

    • Hissiyoti va kayfiyatini boshqarish (ortiqcha ruhiy charchashlarni yo’qota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira olishi);

    • ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat «yuzidan uqib olish», kuzatuvchanlik, xayol);

    • nutq texnikasi (nafas, ovozni moslashishi, talaffuz tarzi, nutq sur’ati).

Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari shaxsga va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, ta’lim - tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi:

    • didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, qobiliyatlar;

    • talab qo’yish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish,

    • pedagogik muloqotni boshqarish va boshqalar.

O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi jarayoni. Pedagogning ijodiy hissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil eta olish qobiliyatining samarasi haqida tushuncha hosil qilish.

Pontomimika – bu gavda, qo’l va oyoq harakatidir. O’qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham joyida bo’lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan o’quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og’irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig’iga tayanib turish, boshni qashlash, qo’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur.

Mimika - o’z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir.

2. Pedagogik texnikani egallash yo’llari. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar va mustaqil ishlashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z - o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir o’qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o’ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim rol o’ynashi lozim.

Tashkiliy - metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlari individual, guruhli yoki ketma - ketlikda o’tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o’qishda egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir oddiy harakatlar ketma - ket ko’rsatilishi mumkin. Tegishli kunikmalarni ishlab chiqish individual ishlashni dastlab o’qituvchining nazorati va rahbarligida keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi.

3. Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.

Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.

4. Til va nutq madaniyati

Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksizning taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutqning madaniyati uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq.

Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi. 1-bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlaydigan til vositalarining ma’nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi. YA’ni, tinglovchi tinglash va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o’zining nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum, qoshshoq bo’ladi.

2-bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtiradi, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. 1-bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e’tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi.



Nutq odobi. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.

Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum» ning javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, alik olish uchun ham «salom» so’zi ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir.

Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham bilishi zarur. O’z aybi uchun kechirim so’rash, o’z g’ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi» yoki «Avf eting, bundan so’ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o’zining odobliligini namoyish etadi, xolos.

5. Bugunda nutq texnikasi bo’yicha ishlashning teatrli pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi.

a) Nafas olish. Nafas olish organizmga hayot bag’ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. SHu bilan birga nutqning energiya bazasi bo’lib ham hisoblanadi.

Nutq so’zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi (fono-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo’ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Dars davomida o’qituvchi juda ko’p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o’qiydi. Agar o’qituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan bo’lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo’lishi mumkin.

b) Tovush-chiqarilgan havoni hiqildoqdan o’tish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o’zining quyidagi xususiyatlari bilan harakterlanadi:

- tovush kuchi-tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo’lgan bosimi qancha katta bo’lsa, tovush ham shuncha kuchli bo’ladi;

- tovush pardozi-tovushni uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlay olishini bildiradi;

- tovushning ixchamligi va harakatchanligi- uning mazmuniga, tinglovchilarga moslab o’zgartira olish qobiliyatini bildiradi;

- diapazon-tovush hajmi bo’lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.

- tembr- tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir.

v) Diksiya - so’z, bo’g’in, tovushning aytilishidagi to’g’ri va aniqlik, diksiya- aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o’qituvchi uchun professional zarurat bo’lib, o’qituvchi nutqini o’quvchilar tomonidan to’g’ri tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so’z, bo’g’in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag’, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kyokirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog’liqdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, va pastki jag’ nutqda faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir.

g) Ritmika- bu ayrim so’z va bo’g’inlarning aytilish muddati va to’xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o’z o’rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo’lib, ba’zan intonatsiya va pauza so’zdan ko’ra kuchli emotsional ta’sir qiladi.



Mustaqil ish uchun topshiriqlar

1-topshiriq. «Diqqat qiling», «Bugun siz bilan ... haqida gaplashamiz", "daftaringizni oching va ...... yozing", "Doskaga chiq" kabi o’quvchilarga murojaat qilib aytiladigan jumlalardan birini turlicha ohanglarda ayting.



2-topshiriq. -O’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar nutqining fazilatlari va nutq madaniyatini kuzating, taxlil eting.

- Bo’lajak o’qituvchilar nutqini takomillashtirish bo’yicha mashqlar o’tkazing.

- Nutq va notiqlik haqidagi mutafakkirlarimiz fikrini yig’ib, tahlil eting.

Adabiyotlar



  1. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.

  2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 бет.

  3. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.

  4. M.O.Ochilova, N.Ochilova. O’qituvchi odobi. Т.O’qituvchi 1997y

  5. Ochilova N. O’qituvchi odobining talab qoidalari. «Xalq ta`limi», 1997y,2-son, 27-32- betlar

41-MAVZU:



O`QITUVCHILARNING ILG`OR PEDAGOGIK TAJRIBALARINI TO`PLASH VA AMALIYOTDA QO`LLASH

Reja:

  1. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari.

  2. O’qituvchi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar. Vaqtdan unumli foydalanish va ish kuninini to’g’ri tashkil etish yo’llari.

  3. O’z ustida ishlash va o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslari. Turli mualliflar faoliyatida shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashi va o’z ustida ishlashi.

  4. «OzgaIarni tinglay olasizmi?» mavzusida test yechish

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   703




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish