Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 3,16 Mb.
bet63/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Savol va topshiriq

  1. Ta’limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.

  2. Ta’limni baholash yoki tekshirish va tashhis o’rtasidagi farq nimalarda ko’rinadi?

  3. Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.

  4. O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e’tibor berish lozim?

  5. Ta’lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?

  6. Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?

Tarbiya nazariyasi
9-Mavzu: TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
REJA:

  1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.

  2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari.

  3. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Ijtimоiy tаrbiyaning аsоsiy vаzifаlаri

  4. Tarbiya qonuniyatlari, qoidalari va ularning mohiyati

Tayanch so`z va iboralar
Tarbiya, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni, tarbiya turlari, tarbiyaning jamiyatdagi roli, tarbiyaning tarixiy va sinfiy xususiyati, tarbiya jarayonining xususiyatlari, tarbiyalanganlik, tarbiyaning ob’ektiv qonunlari, tarbiya prinsip (tamoyil)llari.

Talabalar kichik guruhlarga bo’linib, «Tarbiya» yoki «Tarbiyaning tarkibiy qismlari» mavzusiga oid klaster tuzishadi.(Klaster tuzish qoidalari yuqoridagi mavzularda keltirilgan. 37- bet) Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:


Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’nikma ; aql, ong, fahm;
Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.;
Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;
Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan;
Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;
Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar;
Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;
Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.
(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)
Tarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak. Tаrbiya nаzаriyasi pеdаgоgikа fаnining muhim tаrkibiy qismi bo`lib, tаrbiyaviy jаrаyonning mаzmuni, shаkl, mеtоd, vоsitа vа usullаri hаmdа uni tаshkil etish muаmmоlаrini o`rgаnаdi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».
Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish