«3» bаhо qo`yilаdi, аgаr: а) o`quvchi o`rgаnilgаn mаvzuni o`zlаshtirgаn, lеkin mustаqil tushuntirib bеrishdа o`qituvchining аniqlаshtiruvchi sаvоl-lаrigа ehtiyoj sеzsа; b) sаvоllаrning mаntiqiy tuzuilishini o`zgаrtirib bеrgаndа, jаvоb bеrishgа qiynаlsа; v) yozmа ishdа хаtоlаri bоr bo`lsа.
«2» bаhо qo`yilаdi, аgаr: а) o`quvchi o`rgаnilgаn mаvzu hаqidа tushun-chаgа egа, birоq mаvzuni o`zlаshtirmаgаn, b) yozmа ishdа qo`pоl хаtоlаrgа yo`l qo`ysа qo`yilаdi.
O’rganish maqsadlarini belgilash : rubrika
Ko’p holatlarda har qanday o’n yoki undan ko’p tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar o’z faoliyati davomida talabalarni baholash jarayonida ularga baho beradi. Bunda ular varaq tepasiga o’ziga xos qizil chiziq tortadi va 93/100 kabi baholash tizimini ishlatadi. Bu baholash 100 ballik maksimal tizimdan 93 ball yig`ganini ifodalaydi, jumladan bir varaq tagiga “ajoyib ish” degan yozuvlarni yozadi. SHu orqali o’qituvchi talabalarni baholaydi. Baholash jaroyonida ba’zi hollarda sub’ektiv yondashadi, ya’ni bir xil ishni bir o’qtuvchi 93 foiz, bir o’qituvchi esa 89 foiz, boshqa biri esa 97 foiz qilib belgilaydi.
Baholash jarayonida noto’g`ri baho berish bu doim ma’lum bir kelishmovchiliklarni va ikkilanishlarni keltirib chiqaradi.
O’qituvchi va talabalar o’rtasida yaxshi munosabatni yo’lga qo’yishda rubrika muhim ahamiyatga ega. Rubrika - bu har xil darajadagi talabalarni baholashda ishlatiladigan so’zlar va ta’riflardir. Bu tariflar tanqidiy yoki maqtovlardan iborat bo’ladi.
Rubrika bu o’qitish jarayonida o’ta muhim vosita, usul hisoblanadi.
Masalan, rubrika har xil bo’ladi, o’qituvchi 4 ballik rubrika asosida 3, 2, 1 ball qo’yishi mumkin. Bunda talabalarda ba’zi hollarda tushinmovchiliklar kelib chiqadi, ya’ni ular – “nega men”, “5 ball olmadim?” deb o’ylashi mumkin. Aslida esa bu baholashda 4 ballik rubrika yuqori hisoblanadi. Rubrika talabalardan foydali natijalarni olishda juda qulay usul hisoblanadi.
O’qituvchilar o’qitish jarayonida rubrikalardan foydalanayotgan paytda talabalarga rubrikalarning ta’rifi, tushunchalari haqida barcha ma’lumotlarni berishlari shart:
Rubrikalar orqali o’qituvchi talabalarni muvoffaqqiyatli tarzda baholaydilar.
Rubrikalar har xil ko’rinishda bo’ladi, masalan, 4 ballik va boshqa usullar ko’rinishida 4 ballik rubrikalar eng ko’p tarqalgan rubrika baholash tizimi hisoblanadi.
Rubrika 2 xil shaklda bo’lishi mumkin: analitik va xolistik (butun). Davlat tomonidan belgilangan darajada baholash maqsadida, asosan maqbullik uchun , talabalar xolistik rubrikadan foydalanilgan holda baholanadi. Xolistik rubrika tasvirlash uchun xizmat qiladigan kalit xususiyatlarini beradi, lekin 4 baho (ball) bilan baholash uchun barcha tasvirlash uchun xizmat qiladigan narsalar birga jamlanadi. To’liq test javobi, topshiriq yoki loyihaga xolistik 1 baho(ball) beriladi. Quyidagi xolistik rubrika paragrafiga qarang:
4 baho(ball):
* Kirish gap javoblari tushunarli tilda ko’rsatib beriladi (sarlavha va/yoki muallif ko’rsatiladi).
* Kamida 2 ta puxta ishlab chiqilgan, tekstga asoslangan dalil na’munalaridan foydalaniladi.
* Talaba ishining barcha elementlari kirish gapining mazmunini to’ldirishga yordam beradi.
* Kirish gapiga bog`liq bo’lgan qisqartirilgan gap bilan xulosalanadi.
* Har xil uzunlik va strukturadagi gaplar yoki iboralar aniq bir maqsadli rema va ovozning mohiyatini hosil qiladi.
* Maqsadga muvofiq mavjud tanlovlarni ko’rsatish orqali tildan samarali foydalaniladi.
3 baho(ball):
* Kirish gap javoblari umumiy tilda ko’rsatib beriladi (sarlavha va/yoki muallif ko’rsatiladi).
* Kamida 1 ta puxta ishlab chiqilgan, tekstga asoslangan dalil na’munalaridan foydalaniladi.
* Kirish gapiga bog`liq bo’lgan qisqartirilgan gap bilan xulosalanadi.
* Har xil uzunlik va strukturaga to’gri keladigan gaplar yoki iboralarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |