18- MASALA: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat`iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo’ysinib keldi. Lekin keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o’qituvchining xatosini to’g’rilash maqsadida kat`iy chora ko’rdi. Sinfda qayta saylov o’tkazilib, «faollar» o’rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so’ng saylov o’zini oqlamaganligi aniq bo’ldi. Yangi faollarning bir qismi o’z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak edi? Qanday holda aktiv jamaoni jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o’z-o’zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |